21
dollarini tashkil etgan boʻlsa, shundan salkam 1,8 trillion dollari aynan kichik biznes
sektoriga tegishlidir. Nemis moʻjizasining yana bir yutugʻi – mamlakatda kredit tiz-
imi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganidir. Germaniya kredit tizimi aholini kredit olish orqali
manfaat koʻrishi tamoyiliga asoslanadi. Yaʼni, mamlakatda kichik biznesni yoʻlga
qoʻymoqchi boʻlgan nemis fuqarolari hech qanday muammolarsiz 20 yil muddatga
50 ming yevrogacha imtiyozli davlat kreditini olishi mumkin. Tadbirkor dastlabki 2
yil davomida ushbu kreditdan beminnat foydalanadi. Bu davrda bankdan olingan
qarz uchun toʻlov amalga oshirilmaydi, kredit foizlaritoʻlanmaydi. Keyingi 8 yilda
esa bank kreditlari imtiyozli ravishda yiliga 4-5 foiz miqdorida toʻlab boriladi.
Qarzdorlik summasi 11 yildan keyin qoplana boshlanadi. Bundan tashqari, hukumat
ilmiy izlanishlarga oid loyihalarni 40 ming yevrogacha moliyalashtiradi. Bu, oʻz
navbatida, iqtisodiyotda innovatsion yangiliklardan keng koʻlamda foydalanish im-
konini bermoqda. Biznes uchun yaratilgan erkinlik va imtiyozlar, xorij kapitali
uchun cheklovlar yoʻqligi chet ellik tadbirkorlarning Germaniya iqtisodiyotiga faol
investitsiya kiritishida asosiy omilga aylangan. Ammo bu Germaniyada omad bar-
chaga birdek kulib boqadi, degani emas. Qulay imkoniyatlarga qaramay, koʻpchilik
tadbirkorlar orasida kasodga uchrayotganlari ham bor. Bunday holatga tushib qol-
maslik uchun tadbirkor oldindan qatʼiy reja tuzishi, meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni
puxta oʻrganib, kerak boʻlganda konsalting xizmatidan foydalanishi talab etiladi.
Bundan tashqari, nemis tilini bilish Germaniyada biznes qilishning eng muhim omil-
laridan biridir.
Mamlakat qonunchiligiga koʻra, tadbirkorlik – bu savdo faoliyati boʻlib, u bilan bir
yoki bir necha kishi shugʻullanishi mumkin. Bunday faoliyat koʻchmas mulk va
qimmatli qogʻozlarni sotish va sotib olish, sugʻurta va bank faoliyati, logistika, ek-
speditorlik, rieltorlik, transport xizmati kabilarni oʻz ichiga oladi.
Germaniyada savdo faoliyati bilan shugʻullanish yakka tartibdagi tadbirkorlik sifat-
ida baholanadi. Yuridik shaxslar esa foyda olish maqsadida davomli tarzda ish olib
boruvchi firmalar hisoblanadi. Germaniyada tovarlarni savdo markasi ostida sotish,
xizmat koʻrsatish, mamlakatdan qoʻshimcha qiymat soligʻi yoki bojlarsiz asbob-
uskuna, texnika hamda tovarlarni olib chiqib ketish, shuningdek, qoʻshimcha qiymat
soligʻini qaytarish, banklarda hisob raqam, kredit kartalari va chek daftarlarini
ochish mumkin. Bundan tashqari, mamlakatga kirish uchun koʻp martalik biznes
vizalariga ega boʻlish, imtiyoz asosida sugʻurta olish, turli dotatsiyalar va subsidi-
yalardan sugʻurta olish, turli dotatsiyalar va subsidiyalardan foydalanish mumkin.
Germaniyada kichik biznesning rivojlanishi oʻzaro ishonch asosiga qurilgan boʻlib,
bunda
xalq
bankka,
bank
esa
xalqqa
ishonadi.
Dostları ilə paylaş: