Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 66
w www.oriens.uz January 2022 va samarali tashkil etishda vaqtni to’g’ri taqsimlash, aniq ishlab chiqilgan
kunlik rejalar muhim ekanligi o’z tasdiqini topmoqda.
Keyingi yuqori o’rinlarda talabalarda xavotirlanish hissining yuqoriligi
aniqlanmoqda. Bu esa talabalardagi xavotirlanish hissini kamaytirish uchun
ular bilan maxsus treninglar tashkil etish, motivlashtirish, psixoprofilaktik
usullarni qo’llash kerakligini talab qiladi.
Keyingi o’rinlarda talabalarning o’zlaridagi zararli odatlar va ular bilan
kurashish jarayonidagi qiyinchiliklar ko’rsatilmoqda.Bu o’rinda ularga zararli
odatlarning salbiy ta’sirlarni va ularning oqibatlarini ko’rsatib berish, zararli
odatlarga bo’lgan kurashda kishining ruhiy holati va psixokorreksion usullarni
qo’llash muhimdir. Keltirib o’tilgan stressing salbiy ta’sirlari, aniqlangan
diagnostik tahlillar stress moyillikni prognoz qilish, psixodiagnostikasini
amalga oshirish va olingan natija va prognoz bo’yicha korrektsion va profilaktik
ishlarni ishlab chiqish, amalga oshirish muhim ekanligini ta’kidlaydi. Uzoq muddat
davom etuvchi ekstremal holatlar, distressning organizmga ta’sirlari natijasida
o’zida antistress kayfiyatini olmagan insonlarda turli fiziologik tizimlarida salbiy
o’zgarishlarni, kasalliklarni chaqirishi o’z tasdig’ini topgan. Distressning salbiy
oqibatlari:
-yurak –qon tomir kasalliklari;
-nerv tizimi kasalliklari;
-hazm tizimidagi kasalliklar va b.
Psixodiagnostik tahlil natijalari psixokorrektsion va psixoterapevtik ishlarni
tashkil etish zaruratini yuzaga keltiradi, aks holatlarda jiddiy kasalliklarga duch
kelish tabiiy. Bunday holatlarga tushishi mumkin bo’lgan shaxslar sonini bilish va
ular bilan profilaktikani ham tashkil etish muhim.
Stress psixologiyasi va psixofiziologiyasi ustida ko’p ilmiy izlanishlar olib
borgan olim Y.V.Shcherbatyx o’zining ilmiy asarlarida shaxsning stresssga
bo’lgan munosabatini, stress holatiga chidamliligini (labilligini), moyilligini,
stress vaziyatida o’zini o’zi boshqara olish darajasini aniqlashning qator
usullarini keltirib o’tadi. Jumladan :
-birxil stress omillaridan foydalanish, bu o’z navbatida shaxsda stress
jarayonining kechish tarzini va bu vaziyatga shaxsning chidamlilik darajasini
prognoz qilish imkonini beradi;
-labaratoriya sharoitida o’lchangan sinov stressorlaridan foydalanish
( stimullar bilan ta’sirlashga asoslangan);