Stress va stressga chidamli hatti-harakatlar psixologiyasi


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 461,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix13.03.2023
ölçüsü461,49 Kb.
#87661
1   2   3   4   5   6
stress-va-stressga-chidamli-hatti-harakatlar-psixologiyasi

 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 1 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
64 
w
www.oriens.uz
January 
2022
 
Stressning kichik miqdori foydali ekanligi, bu shaxs faollanishi uchun muhim
turtki bo’lishi ilmiy tadqiqot natijalariga ko’ra tasdiqlangan. Bunday stress 
inson uchun foydali stresslar –eustress deb nomlanadi, . Zero, ko’p miqdordagi, 
ta’siri kuchli , uzoq vaqt davom etuvchi omillar insonda distress holatini yuzaga
keltiradi. Distress holati esa insonning psixik va tibbiy salomatligiga salbiy ta’sir 
qiladi, shaxs faoliyatida sezilarli o’zgarishlarni vujudga keltiradi.Xususan, yuzaga
kelgan distress holati o’zining bir qancha alomatlari bilan namoyon bo’ladi. Zero, 
shaxsning intelektual faoliyatida bir qancha o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Bu 
holatda: diqqat jamlanishining qiyinlashuvi, e’tiborni muhim narsaga jalb qila 
olmaslik, fikrlar tarqoqligi va bu esa o’z navbatida qaror qabul qilishning 
qiyinlashuviga , natijada ish ko’lamiga, shaxs faoliyati unumdorligining keskin
pastlashuviga sabab bo’ladi. Bundan tashqari distress holati xotira jarayonlariga
ham o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi, natijada esda saqlash , 
saqlangan ma’lumotni qayta esga tushirishning qiyinlashuviga olib keladi. 
Distress holati insonning psixik muvozanatini buzibgina qolmasdan uning 
tibbiy ta’sirlari fiziologik tizimlarda ham sezilarli alomatlari bilan namoyon 
bo’ladi.Stress vaziyatida organizmning yurak-qon tomir, nerv, hazm, nafas, 
endokrin kabi tizimlarida bir qancha o’zgarishlar kuzatiladi. Bu holat: 
-qon bosimining ortib ketishi-gipertoniya
-yurak urishining tezlashuvi- taxikardiya; 
-hazm 
traktidagi 
o’zgarishlar:ishtaxasizlik-anoreksiya, 
oshqozon-ichak 
sekretsiyasining buzulishi; 
-nafas harakatlaridagi o’zgarishlar; 
-asabiy odatlar (qo’llar titrashi, qaltirash, ko’z, qovoqlar uchishi, barmoqlarni 
qirsillatish); 



Yüklə 461,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin