74
57.
Hamkorlik – bu holat barcha ishtirokchilarning oʻzaro
manfaatlarini hisobga olgan holda muloqotda boʻlish va muammoli
vaziyatni oxirigacha hal etishga intilishdir.
58.
Hissiyot – odamning yuksak ehtiyojlarini
qondirish yoki
qondirmaslik qobiliyatining mavjudligi va psixik obraz yarata olish
natijasida uning tevarak – atrofdagi olamga boʻlgan munosabatlarining
ongda aks ettirilishidan iborat jarayon.
59.
Hulq – atvor normalari – jamiyat
tomonidan qabul qilingan
ahloqiy mehyorlarga asoslangan hulq-atvor.
60.
Egoizm - (lot.
ego – men) – subhektning hayotiy faoliyatda boshqa odamlar
va ijtimoiy guruhlar manfaatlarini hisobga olmagan holda, oʻz shaxsiy
manfaatlari va ehtiyojlarini ustun qoʻyishi bilan
xarakterlanadigan baho
yoʻnalganligi.
61.
Eksperiment – (psixologiyada) (lot.
ex’erimentum – sinov, tajriba) –
tadqiqotchi tomonidan bir va bir necha oʻzgaruvchan faktorlar bilan rejali
manipulyatsiyani va oʻrganilayotgan obhekt xatti-harakatidagi tegishli
oʻzgarishlarni qayd etishni amalga oshiradigan
vaziyatga chetdan faol
aralashishi.
62.
Emotsiyalar – (lot.
emoveo – hayratga tushiraman, hayajonlantiraman) –
hodisa va vaziyatlar hayotiy mazmunini ularning subhekt ehtiyojlarining
obhektiv munosabatlari bilan shartlangan bevosita ehtirosli shaklda psixik aks
ettirilishi.
63.
Empatiya – (yunon.
em’atheia - hamdardlik) – boshqa odamning emotsional
holatini anglash, uning his-tuygʻulari, kechinmalariga kirib borish, his etish.
64.
Etnik steriotiplar - turli etnik guruh vakillariga xos boʻlgan axloqiy, aqliy
va jismoniy sifatlariga nisbatan barqaror tasavvurlar.
Dostları ilə paylaş: