A h o L i g e o g r a f I y a s I v a d e m o g r a f I y a a s o s L a r I



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/67
tarix15.03.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#87870
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67
солиев и р . ахоли географияси мажмуа

Ajralish – er-xotinning xayotlik davrida nikohning bekor etilishidir. Ajralish-murakkab sotsial 
jarayon bo’lib, qator omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Ularga jamiyatda nikohning tutgan o’rni, nikoh 
turlari, har bir davlatda nikoh va ajralish haqidagi mavjud qonunlar, davlat tomonidan oila 
mustahkamligi borasida olib borilayotgan siyosat, ayollarning ijtimoiy hayotda tutgan o’rni, 
farzandsizlik, oila turmush tarzi, din, urf odatlar. alkogolizm va narkomaniya kabilarni kiritish 
mumkin. Ushbu omillar ta’sirida jamiyat taraqqiyotining turlicha bosqichlarida, davlatlarda, xalqlarda 
va aholi guruhlarida ajralish darajasi turlicha bo’ladi. Ajralish jarayonini o’rganishda qator 
koeffitsientlardan foydalaniladi. 
Migrtsiya so’zi lotincha “migratio” so’zidan olingan bo’lib, ko’chib yurish, ya’ni bir hududdan 
ikkinchi bir hududga chegaralardan o’tib aholining almashinishini bildiradi. Aholining turli 


maqsadlarda, yangi yerlarni o’zlashtirish, daraomad topish, o’qish, yashash hamda siyosiy nuqtai-
nazardan yashash joyini doimiy yoki vaqtincha o’zgartirishiga uning mexanik harakati deyiladi. 
Aholi migratsiyasi ikki shaklda ichki migratsiya va tashqi migratsiya shaklida ro’y beradi. Agar 
aholi mamlakat ichida hududlar bo’ylab (shahar-qishloq, qishloq-shahar, tuman-viloyat va hokazo) 
ko’chishni amalga oshirsa bunday migratsiya ichki migratsiya deyiladi. Aksincha, aholi o’zi yashab 
turgan mamlakatdan boshqa mamlakatlarga, qit’alarga ko’chib borsa bunday migratsiyani tashqi yoki 
xalqaro migratsiya deb ataymiz. Migratsiyaning har qanday turida ishtirok etgan kishilar migrantlar 
deyiladi. Tashqi migratsiya ikkig bo’linadi: emigratsiya va immigratsiya. 
Emigratsiya- kishilarning doimiy yoki vaqtincha yashash uchun o’z vatanidan boshqa 
mamlakatlarga ko’chib ketishi. Emigratsiyada qatnashgan aholi emigrantlar deb ataladi. 
Immigratsiya- kishilarning uzoq muddatga doimiy yoki vaqtincha yashashi uchun biron bir 
mamlakatga boshqa davlatlardan ko’chib kelishi. Imigratsiyada qatnashgan aholi “immigrantlar” 
deyiladi. 
Reemigratsiya- kishilarning uzoq muddatga doimiy yoki vaqtincha yashash uchun o’z vatnidan 
boshqa mamlakatga ko’chib ketib, muayyan muddatdan so’ng yana kaytib ko’chib kelishidir. 
Reemigratsiyada qatnashgan kishilar “reemigrantlar” deyildi. 
Shuningdek, aholi migratsiyasi o’z mohiyatiga ko’ra uch turga, ya’ni doimiy, vaqtincha 
(mavsumiy) va tebranma (mayatniksimon) migratsiyaga bo’linadi. Sabablariga qarab ixtiyoriy hamda 
majburiy migratsiya turlari ham mavjud. 
Doimiy migratsiya- aholining uzoq muddatga (bir yildan oshiq) bir joydan ikkinchi bir joyga 
ko’chib yana qaytishidir. 
Mavsumiy migratsiya- aholining ma’lum bir vaqtga (mavsumga) bir joydan ikkinchi bir joyga 
ko’chib yana qaytishidir. 
Tebranma migratsiya- aholining bir joydan ikkinchi bir joyga har kuni yoki har haftada borib 
qaytishi. Bunga misol tariqasida Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan aholining poytaxtimiz Toshkent 
shahriga turli maqsadlarda har kuni yoki bir haftaga kelib qatnaydiganlarni keltirish mumkin. Demak, 
tebranma migratsiya urbanizatsiya xarakteriga ega desak hato bo’lmaydi. Sababi, tebranma 
migratsiyada ishtirok etganlarning aksariyati, qishloqdan tuman yoki viloyat markaziga, qishloq-
shahar, kichik shaharlardan yirik shaharlarga tomon harakat qilishadi. Mayatniksimon migratsiyada 
ba’zan aholi bir davlat hududida yashab ikkinchi bir davlat hududiga ishlash, o’qish uchun har kuni 
yoki haftada chegaradan o’tib borib kelishadi. Bu G’arb davlatlarida yaqqol kuzatiladi. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin