O’zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy siyosat.................................
16
2
Xulosa
21
3
Foydalanilgan adabiyotlar
23
MUNDAREJA
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilib borish siyosiy tizimning turli sub’yektlari harakatida izchillik bo’lishini ta’minlash imkonini beradi. Davlat bosh islohotchi sifatida o’z vazifasidan foydalanar ekan, ijtimoiy manfaatlarni puxta o’ylab tabaqalashtirish hamda bosqichma-bosqich, uyg’un ro’yobga chiqarish maqsadida shakllantirilayotgan demokratik institutlar va fuqarolik jamiyati elementlari imkoniyatlarini oshirishga har jihatdan ko’mak bermoqda. XXI asr kishilik jamiyati tarixida rivojlangan axborot texnologiyalar asri sifatida kirib keldi. Bu yangi asr davlatlar, xalqlar va insonlar hayotida o’zining ulkan o’zgarishlari bilan juda muhim rol o’ynadi. Ma’lumki, biz zamonaviy telekommunikatsiya tizimi hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirishga g’oyat muhim e’tibor qaratmoqdamiz1 . Jumladan, bizning yurtimiz ham bu voqelikdan chetda qolmagan holda islohotlar jarayoniga jadallik bilan kirib bormoqda. Zero, bugun jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb masala « mamlakatimizni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishni, siyosiy-huquqiy va iqtisodiy tizimni demokratik yangilashni, yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirishni davom ettirishdir» .