Mundareja kirish Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 48,14 Kb.
səhifə2/6
tarix10.05.2023
ölçüsü48,14 Kb.
#110719
1   2   3   4   5   6
ergashev referat ishi

Mustaqil ishning maqsadi . Ijtimoiy siyosatda ikki asosiy yo’nalishni ajratib ko’rsatish mumkin: aholini ijtimoiy ta’minlash va davlat ijtimoiy kafolatlari. Ijtimoiy ta’minot pensiya ta’minoti, nafaqalar bilan ta’minlash, aholining ayrim tabaqalari uchun belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalar tizimi va ijtimoiy xizmat ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Ikkinchi yo’nalish esa jamiyatning bir me’yorda rivojlanishini, ya’ni sog’liqni saqlash, ta’lim, madaniyat va sog’lomlashtirish, shuningdek turar joyga ega bo’lish huquqini ta’minlash bilan bog’liq. Davlat ijtimoiy ta’minoti — bu O’zbekiston Respublikasi fuqarolarni keksayganda, kasallik ro’y berganda, mehnatga layoqatini qisman yoki butunlay yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda, shuningdek bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko’rsatish davlat tizimidir.
Oʼzbekistonda shakllantirilayotgan ijtimoiy yoʼnaltirilgan bozor iqtisodiyoti ommaviy farovonlikni moʼljal qilib oladi. Unga erishish uchun bozor mexanizmiga xos vositalar ishlatiladi. Hozirgi zamon iqtisodiyoti yuksak rivojlangan texnika-texnologiya, sifatli ish kuchi va taraqqiy etgan menejmentga asoslangani uchun farovonlikni taʼminlaydigan yuqori mehnat unumdorligiga erishadi. Yuksak ishlab chiqarishga asoslangan iqtisodiyotda insonparvarlik printsiplari amal qilishi uchun zamin yuzaga keladi. Аmmo farovonlikni taʼminlash insoniylik bilan bir qatorda jamiyatning iqtisodiy tizimida ham sifat oʼzgarishlari boʼlishini talab etadi. Hozirgi kunda bunga mulkning demokratlashuvi natijasida – koʼp xil mulkchilik negizida ish tutish bilan erishiladi. Bu yerda asosiy jihat – mulksizlarning mulkdorlarga aylanishidir. Hozirgi kunda ish kuchi sohiblari boshqa mulk egalariga ham aylanmoqdalar. Mehnat va mulk funktsiyalarining oddiy odamlar qoʼlida yigʼilishi iqtisodiyotni insoniylik prinpitslariga boʼysundiradi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan jamiyatda nufuzli iqtisodiy faoliyat qonuni amal qiladi. Bu qonunga koʼra, iqtisodiy faollik negizida pul topib, boy boʼlish emas, balki jamiyatda nufuzli, obroʼ-eʼtiborli boʼlish, oʼz nufuzi bilan nom chiqarish va shu yoʼsinda ijtimoiy hayotda oʼz oʼrnini topa bilishga intilish maqsadi yotadi. Bu hol yuz berishi uchun inson sahiy va olijanob boʼlishi kerak. Nufuzli iqtisodiyot qoidalari qanchalik keng amal qilsa, shunchalik ommaviy farovonlik yuz beradi. Har bir kishi isteʼmol etadigan buyumlarning ekvivalenti boʼlgan pul daromadi taqsimot kategoriyasidir. Bozor iqtisodiyotiga xos taqsimot qonuniga koʼra moddiy neʼmatlar va xizmatlar resurslar bergan pirorvard natijasga qarab, ularning egalari oʼrtasida taqsimlanadi.

Yüklə 48,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin