ko’payib bordi. Demak jamiyatni rivojlanishida uch asosiy omil – aholi, tabuy resurslar va xo’jalik
rivojlanishining o’zaro bog’liqligi va undagi hududiy munosabatlar geografiya faruning asosiy ob’ekti
hisoblanadi. Geografiya fani esa o’z navbatida o’rganish predmeti, maqsadi va mohiyatiga qarab bir
nechta qismlarga bo’linadi. Ularga shartli ravishda
tabuy (tabuy geografiya, umumiy yer bilimi,
landshaftshunoslik, paleogeografiya,
geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, biogeografiya,
tuproqshunoslik),
sotsial (umumiy sotsial–iqtisodiy geografiya, aholi va mehnat resurslari
geografiyasi, siyosiy geografiya, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, xizmat ko’rsatish, madaniyat va
boshqalar geografiyasi),
tabuy–sotsial (ijtimoiy ekologiya, geoekologiya, tarixiy, tibbiy, rekreatsion
geografiya, okeanlar geografiyasi, resursshunoslik va tabiatdan foydalanish) va
geografiyaga bilvosita
dahldor fanlar (kartografiya,
geografiya tarixi, toponimika, metageografiya)1 qismlarini kiritish
mumkin.
Aholi geografiyasi geografiya fanlari tasnifidagi sotsial qismiga kiruvchi o’z ob’ekti va
predmetiga ega bo’lgan alohida fandir. Aholi geografiyasining o’rganish ob’ekti aholi va aholi soni,
dinamikasi, tarkibi va takror barpo bo’lishidagi geografik farqlar; aholining hududiy taqsimlanishi va
joylashuvi; madaniyati, turmush tarzidagi hududiy jihatlari; aholi migratsiyasining tarkibi va
yo’nalishlari; mehnat resurslari va ulardan foydalanishning geografik farqlari; aholi manzilgohlari va
ularning hududiy tizimini o’rganish tashkil etadi. Demak aholi geografiyasi tadqiqotlari uning
o’rganish ob’ektiga monand, ikki qismga bo’linadi. Ularning birinchisi dunyo va uning kontinentlari,
davlatlar va ularning ma’muriy–hududiy birliklari bo’yicha aholini o’rganish; ikkinchisi esa aholi
manzilgohlari va ularning joylashuvi tizimining hududiy farqlarini tahlil etish. Aholi geografiyasi aholi
va aholi manzilgohlarni o’rganar ekan qliyidagi yo’nalishlar asosida tadqiqotlar olib boradi:
1. Aholi soni dinamikasi, ijtimoiy, iqtisodiy,
oilaviy va hududuiy tarkibi, takror barpo
bo’lishidagi farqlar va ularning sabablarini o’rganish.
2. Aholi hududiy tarkibidagi mehnat resurslari va bu resurslardan foydalanishdagi geografik
farqlarni o’rganish. Aholi bu yo’nalishda ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaraladi va geografiyaning
xo’jalik bilan va boshqa iqtisodiy fanlar bilan o’zaro aloqagasiga tayanadi.
3. Aholining hududiy taqsirnlanishi va migratsiyasini o’rganish. Aholi zichligi va undagi
farqlarni tahlil qilish, migratsiyani ayniqsa, aholining qo’chib kelib joylasbishini, mamlakatlar
miqyosida aholi joylanishidagi o’zgarishlar, migratsiya tufayli alohida hududlardagi aholi tarkibi va
sonidagi o’zgarishlarni o’rganish shular sirasiga kiradi.
4. Aholi manzilgohlari va ularning hududiy tizimini o’rganish. Bu yo’nalish shahar va qishloq
aholi manzilgohlari, ularning rivojlanish va joylanish xususiyatlarini o’rganishga bag’ishlanadi. Aholi
manzilgohlari joylanishini geografik o’rganishda aholi geografiyasi va xo’jalik geografiyasi o’rtasidagi
aloqa juda mustahkam bo’lishi kerak.
5. Aholining madaniyati va turmush sharoitidagi geografik farqlar va bu farqlar sabablarini
o’rganish. Mazkur bo’limda aholi geografiyasi birinchidan sotsiologiya va etnografiya,
ikkinchidan
aholiga xizmat ko’rsatish geografiyasi, ayniqsa tibbiyot bilan yaqin hamkorlik qiladi. Xalqlar
geografiyasi ularning madaniyati va turmush sharoitidagi milliy xususiyatlar bilan birgalikda
o’rganilsa maqsadga muvofiqdir.
6. Aholi geografiyasining tarixini o’rganish. Ushbu bo’limda tarixiy geografiyaning qismi
hisoblangan o’tgan tarixiy davrlarni olib o’rganadi.
Aholi geografiyasi alohida fan sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan qator
vazifalarni bajaradi:
Nazariy vazifalari: aholi geografiyasining nazariy masalalarini takomillashtirib borish
(aholi takror barpo bo’lishi jarayonlari va qonuniyatlarini o’rganish, tabiat bilan uzviy bog’hqugini
tadqiq etish, aholi joylashuvi va jamiyat rivojlarnshining umumiy qonuniyatlarini o’rganish)
Amaliy vazifalari: dunyo va uning hududlari, chet davlatlar, mamlakatimiz aholisi soni,
tarikibi, takror barpo bo’lishi, hududiy joylashuvi, migratsiyasi, shahar va qishloqlarning rivojlanish
muammolari bilan mutahassislar, davlat tashkilotlari
va kitobxonlami tanishtirish; aholini hisobga
olish, mehnat resurslari balanslarini tuzish; aholi prognozini tuzish; migratsiya jarayonlarivi tadqiq
etish, aholiga xizmat ko’rsatish, bolalar muassasalari joylashuvi va qurilishini ilmiy asosda boshqa
tavsiyalar tayyorlash va h.k.
Aholi geografiyasining eng muhim vazifalaridan biri uni o’rganishda, shu sohada mutahassislar
tayorlashda jahon miqyosidagi dasturlarga amal qilish, ilmiy, tarixiy, mantiqiy yondashishdir.
Shuningdek, O’zbekistonning ijtimoiy–iqtisodiy va demografik taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan
qishloq va shaharlarda xalq xo’jaligi tarmoqlarini to’g’ri, ilmiy joylashtirish; aholiga xizmat
ko’rsatishni takomillashtirish; Respublika demografik vaziyatidan kelib chiqqan holda,
mehnat
resurslaridan mumkin qadar to’g’ri va oqilona foydalanish; yangi avlod uchun kerakli ishlab chiqarish
muassasalarini to’g’ri joylashtirish; (bunda respublikaning har bir hududi geografik va demografik
xususiyatlarini nazarda tutmoq lozim) ham aholi geografiyasining muhim vazifalariga kiradi. Shuni
alohida ta’kidlash joizki, XXI asr boshida, respublikaning mustaqil iqtisodiy taraqqiyoti davrida aholi
migratsiyasida mehnat resurslari tarkibi, shakllanishi va joylashuvida, oila tarkibida keskin
o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ushbu jarayonlarni ularning sabablari, muammolari, kutilayotgan oqibatlarini
hududlar bo’yicha mukammal o’rganish, davriy o’tkaziladigan aholi ro’yxatlarida faol qatnashish aholi
geogi^yasining ham asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ana shulardan kelib chiqqan holda bugungi
kunda aholi geografiyasi qliyidagi aniq vazifalarni bajarishi lozim:
1. Ma’lumki, XX asrning oxirgi choragi va XXI asr boshlariga kelib yer kurrasining qator
hududlarida ekologik nomiltonosiblik muammosi kuchayib bormoqda. Bu muammoning kelib chiqishi
bir tomondan ilmiy–texnik rivojlanishmng avj olishi, tabuy resurslardan ayovsiz foydalanilish
natijasida suv, havo va tuproq tarkibining buzilishi bo’lsa, ikkinchi tomondan 1960 – 1970
yillarda
kuzatilgan «demografik inqilob» natijasida dunyo aholisi sonining keskin ko’payib borishi bilan
bog’liqdir. Bugungi kunga kelib ekologik nomiltonosiblik jarayoni geografiyasi kenganyib, jahondagi
juda ko’p davlatlarda, shujurnladan O’zbekistonda ham aholi salomatligi, tabuy resurslardan
foydalanish borasida muammolar kuchaymoqda, Ushbu muammolarni ijobiy hal etish, respublikaning
har bir viloyati, tumanlarida, ayniqsa hozirgi ekologik holat, uning kelajakda sodir bo’lishi
kutiliyotgan oqibatlarini o’rganish, tegishli chora–tadbirlar ishlab chiqish bo’yicha mukammal ilmiy
tadqiqotlar o’tkazib borishni taqozo etadi. Bunday tadqiqotlarni o’tkazish barcha aholi o’rganuvchi
fanlar qatori aholi geografiyasining ham dolzarb vazifasidir.
2. Sobiq Ittifoqning parchalanishi va bozor iqtisodiyotining shakllanishi tufayli respublika
iqtisodiyotida qator tuzilmaviy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bu esa o’z navbatida mehnat resurslari
bandligiga va tarkibiga ham ta’sir etdi. Bular aholi geografiyasi oldida mehnat resurslarining moddiy
ishlab chiqarishda bandligini o’rganish bilan bir qatorda ularning aholiga xizmat ko’rsatish
sohasida
bandligini, shuningdek o’lkada, rekreatsiya, savdo, yarmarka, bozor, din, ma’lumotlilik, mutahassilar
tayyorlash geografiyasini o’rganishdek muhim vazifalar qo’yadi.
3. Hozirgi kunga kelib O’zbekistonda aholi migratsiyasi jadallashdi. Qishloqdan shaharga
tomon migratsion oqim kuchaydi. Ayniqsa mehnat yoshidagi aholi, yoshlar Rossiya, Koreya, Turkiya,
AQSh, Angliya kabi davlatlarga ishlab kelish, o’qish uchun ketmoqdalar. Shuningdek aholini
respublikaning shahar joylariga, asosan Toshkent shahriga kelib (savdo–sotiq, qurilish, maishiy xizmat
sohalarida) ishlash holatlari keng tus olmoqda. Shunisi e’tiborliki, bugungi kunda ham tashqi, ham
ichki migratsiyada ayollar ishtiroki kuchaymoqda. Yuqorida qayd etilgan jarayonlar aholi ko’chib
ketgan va ko’chib kelgan hududlarda aholi va mehnat resurslari, oila–qishloq tarkibiga, aholi takror
barpo bo’lish jarayonlariga, aholi punktlari shakllanishiga, transport hamda aholiga xizmat ko’rsatish,
umuman moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tizimiga o’ziga hos ta’sir ko’rsatadi, muammolar
tug’diradi. Aholi migratsiyasini juda kichik tuman doirasidan ilmiy, amaliy tahlil etish, o’rganish
ularni
omillari, muammolarini aniqlash ham aholi geografiyasining hozirgi davrdagi muhim
vazifalaridandir. Yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarishga aholi geografiyasi iqtisodiy geografiya,
tabuy geografiya, demografiya, iqtisod, etnogeografiya, tibbiyot, sotsiologiya kabi fanlar natijalaridan,
usullaridan foydalanib, ular bilan uzviy bog’liq holda tadqiqot olib borishi lozim.
Dostları ilə paylaş: