Aholishimoslik haqida ilmiy bilimlar tizimi Aholining umumiy nazariyasi
Aholi iqtisodiyoti
Demografiya
Aholi geografiyasi
(demografik fanlar tizimi)
Aholi ekologiyasi
Aholi sotsiologiyasi
Aholi genetikasi
1-chizma. Aholishimoslik haqida ilmiy bilimlar tizimi 6 Keltirilgan chizmada aholi geografiyasi bevosita aholining umumiy nazariyasi, demografiya va
u orqali barcha demografiyaga tutash fanlar bilan aloqadorligini kuzatish mumkin. Ma’lum bir hudud
yoki davlat aholisi soni, tarkibi va takror barpo bo’lishini, aholi maskanlarining (shahar va qishloqlar)
shakllanishining hududiy xususiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganar ekan, aholi geografiyasi
aholishunoslik bilimlari tizimidagi barcha fanlar tadqiqot natijalaridan foydalanadi. o’z navbatida
tizimdagi qayd etilgan fanlar aholi geografiyasi tadqiqot natijalariga ham asoslanadi.
Aholi geografiyasi aholi soni dinamikasi, tarkibi (demografik, sotsial, etnik va diniy), takror
barpo bo’lishi jarayonlarini o’rganganda aholishunoslik fanlari tizimida namoyon bo’ladi. Qayd
etilgan jarayonlarga geografik omillar ta’sirini – hududiy jihatlarini tadqiq etganda, aholi maskanlari –
shaharlar va qishloqlar shakllanishi va rivojlanishi qominiyatlarini o’rganganda geografik fanlar
tizimida ko’proq namoyon bo’ladi. Aholi geografiyasi hududlar aholisining joylashuvi, aholi
maskanlarining shakllanish xususiyatlarini o’rganar ekan tabuy va iqtisodiy geografiya tadqiqotlaridan
foydalanadi.
Demografiya va etnografiya– aholi geografiyasi bilan chambarchas va har tomonlama
bog’liq bo’lgan fanlar hfeoblanadi. Chunki bu fanlar ham bevosita aholi geografiyasi singari aholini
o’rganadi. Lekin bular aholini har qaysisi o’z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tadqiq etadilar.
Masalan, demografiya aholi soni, takror barpo bo’lish qonuniyatlari va omillarini o’rgansa, etnografiya
– xalqkming turmushi va madaniyati, vujudga kelishi va madaniy tarixiy aloqalarini o’rganadi.
Shunday qilib, aholi geografiyasi va demografiya hamkorlikda hal etishi mumkun bo’lgan
muammolarni birgalikda o’rganadi. Xalqlarning tarqalisluni esa etnogeogcafiya o’rganadi. Aholi
geografiyasini demografiya bilan aloqasi alohida ahamiyat kasb etadi. Xildudlar aholisini o’rganishda
aholi geografiyasi demografik jarayonlarga murojaat etadi. Bunday tadqiqotlar geodemografik
tadqiqotlar deb ataladi
7
.