Научный вестник. ФерГУ



Yüklə 204 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix16.03.2023
ölçüsü204 Kb.
#88170
1   2   3   4   5   6   7
Kadirov Shoxrux Musajon o\'g\'li 1

Kalit so‘zlar: ziyoratgoh, maqbara, vasiqa, pir, avliyo, Mashat mozor, Chaqqa mozor, Qirguli, ziyorat turizmi.
Marg‘ilon shahri o‘zining 2000 yildan oshiq tarixi davomida O‘rta Osiyoning fan, madaniyat,
ma’naviyat va ma’rifat markazlaridan bo‘lib keldi. Bu yerda buyuk allomalar, shoir va shoiralar,
san’atkorlar, mohir hunarmandlar yetishib chiqdilar. Ular o‘zlarining qomusiy bilimlari, dilkash
she’riyati, yuqori san’ati va an’anaviy kasb – hunarlari bilan Marg‘ilon shahrini dunyo uzra
tarannum etdilar. Bu shahar mamlakatimizning boy tarixi, milliy davlatchiligimiz hamda koʻhna
qadriyatlarimizning shakllanishi va rivojlanishida alohida oʻrin tutadi.
Sobiq mustabid tuzum davri mafkurasi asosida milliy ma’naviyatni rivojlantirishga, moddiy –
ma’naviy yodgorliklarni keng miqyosda o‘rganishga deyarli umuman yo‘l qo‘yilmagan. Sobiq sovet
ittifoqi davrida ham tarixiy –madaniy yodgorliklarni asrab – avaylashga doir ko‘plab meyoriy –
huquqiy hujjatlar qabul qilingan, ammo ularning deyarli katta qismi amaliyotga tadbiq etilmagan.
Natijada tarixiy va moddiy – madaniy yodgorliklarni asrash o‘rniga ulardan “ishlab chiqarish
vositalari” sifatida foydalanish holatlari ro‘y berdi. Bu esa tarixiy va moddiy – madaniy yodgorlikning
holatining salbiy ko‘rinishga ega bo‘lishiga, tarixiy qadr – qimmati va tarixiylik holatini yo‘q bo‘lib
ketishiga sabab bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasida tarixiy – madaniy yodgorlik va turizm sohasini rivojlantirish
uchun davlat tomonidan kommunikatsiyalar, yangi texnologiyalarni rag‘batlantirish muhim
hisoblanib, bu borada ishlar bosqichma – bosqich olib borilgan.
Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq bu sohadagi ahvolni tubdan o‘zgartirish mamlakatimizda
eng asosiy va hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi. Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish
va
ularning
huquqiy
tizimlari
yaratildi.
O‘zbekiston
Respublikasining
bosh
qomusi
Konstitutsiyasiyaning 49-moddasida Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy
merosini asrab – avaylashga majburdirlar. Madaniyat yodgorliklari davlat muhofazasida ekanligi
belgilab qo‘yildi. Ushbu modda asosida ko‘plab huquqiy normativ hujjatlar qabul qilindi. Tarixiy
madaniy yodgorliklarga doir qonunchilik hujjatlari xalqaro huquq normalariga mos ravishda ishlab
chiqildi va sohaga tegishli ko‘plab xalqaro shartnoma, Konvensiyalar Oliy Majlis tomonidan
ratifikatsiya qilindi. Jumladan, 1993-yilda “Madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish umumjahon



Yüklə 204 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin