Ijtimoiy gumanitar fanlar TARIX
818
2022
Konvensiyasi”ga, 1996-yilda “G‘arbiy mojarolar vaqtida madaniy boyliklarni muhofaza qilish
haqida”gi Gaaga konvensiyasiga qo‘shildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 31-avgustdagi “Alohida korxonalar va mol
– mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirshning ba’zi masalalari” to‘g‘risidagi
qaroriga asosan, tarixiy, ma’naviy va madaniy meros obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarilishi,
xususiylashtirilish va sotib olish mumkin bo‘lmagan mol – mulklar qatoriga kiritildi. Ushbu qaror
tarixiy, ma’naviy va madaniy meros obyektlarining doimiy davlat nazoratiga olinishi uchun huquqiy
asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Jinoyat Kodekslarida
ham moddiy va ma’naviy obektlarni muhofaza qilishga doir javobgarlik belgilab qo‘yildi. Xususan,
Ma’muriy javobgarlik kodeksining
64-moddasiga ko‘ra, Moddiy – madaniy meros obektlarini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish qoidalarini buzish fuqarolarga bazaviy hisoblash
miqdorining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jinoyat Kodeksining 132-moddasida esa, davlat muhofazasiga olingan moddiy – madaniy
meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish ancha miqdorda zarar
yetkazilishiga sabab bo‘lsa, bazaviy hisoblash midorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha
miqdorda jarima yoki uch yuz oltimish soatgacha majburiy jamoat ishlari yohud uch yilgacha ahloq
tuzatish ishlari bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.
Qonunlarda bu ko‘rinishdagi javobgarlik choralarining belgilab qo‘yilishi tarixiy, ma’naviy va
moddiy obyektlarni yo‘q bo‘lib ketishi yoki shikast yetishining oldini olishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekturizm” Milliy
kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 20-oktyabrdagi 484-sonli qarori asosida
Milliy kompaniyasining asosiy vazifasi etib, mamlakatda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, xorijiy
sarmoyani jalb qilib, zamonaviy turizm komplekslarini barpo etish, yangi turizm yo‘nalishlarni ishlab
chiqish, xizmatlar doirasini kengaytirish kabi vazifalar belgilandi. Sayyohlar uchun turizm sohasi
rivojlantirishda “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi tomonidan ko‘proq an’anaviy turizm tarmoqlariga
e’tibor berilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sohaning
yangi tarmoqlarni rivojlantirish uchun loyihalar ishlab chiqishda halq xo‘jaligini barcha tarmoqlarini
qamrab ola boshladi. Bu kabi islohotlar ekoturizmni rivojlantirish orqali taraqqiy etgan mamlakatlar
qatorida o‘rin egallashida muhim ahamiyatga ega bo‘la boshladi. O‘zbekiston Respublikasi
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining to‘rt yillik faoliyati davomida turizm sohasini
iqtisodiyotning strategik tarmog‘iga aylantirish maqsadida o‘z vakolatlari doirasida qaror qabul
qilish orqali davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv
organlari bilan hamkorlikda faoliyat olib bordi. Jumladan, mamalakatda ekoturizmni rivojlantirish,
hududlarda ekoturistik obyektlardan samarali foydalanish, ularni asrab – avaylash va saqlash
bo‘yicha tartiblar, yo‘riqnomalar ishlab chiqilib, hamkorlikda doimo nazorat qilib borilgan. Bu borada
ekoturistik obyektlarga kirish-chiqish, transport vositalarining harakati tartibga solingan 2001-yil
30-avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan
foydalanish to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi xalqimizning umummilliy boyligi bo‘lmish
madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu qonun VII bob, 36 moddadan iborat bo‘lib,
qonunning maqsadi, moddiy madaniy meros obyektlarining toifalari, madaniy meros obyektlarini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi, madaniy meros obyektlarini
asrash, moddiy va madaniy meros obyektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf
etish, alohida muhofaza qilinadigan tarixiy – madaniy hududlar va yana bir qancha maslalarni o‘z
ichiga oladi.
Ushbu qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2002-yil 29-iyulda
269-sonli Qarori tasdiqlanib, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi
Madaniy yodgorlikllar ilmiy – ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi “Madaniy meros obyektlarini
muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy – ishlab chiqarish Bosh boshqarmasi”ga aylantirildi.
2018-yil 19-dekabrdagi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini
tubdan takomillashtirsh chora – tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-
4068-son qaroriga muvofiq Madaniyat vazirligi huzurida Madaniy meros departamenti faoliyati
yo‘lga qo‘yildi. Moddiy – madaniy meros departamenti har bir viloyatda o‘z bo‘limlariga ega bo‘lishi