G L O S S A R I Y(o‘zb.) Akademiklitsey—o`quvchilarining imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda
ularning jadal intellectual rivojlanishi chuqur,sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga
yo’naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta
maxsus ta’lim beruvchi, yuridik maqomga ega ta’lim muassasasi.
Akademiya-kadirlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo’yicha oily va oily o`quv
yurtidan keyingi talim dasturlarini amalgam oshirishga imkon beruvchi, yuridik maqomga ega
ta’lim muassasi.
Amaliy ishlar metodi-o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotlardaqo’llash ko’nikmalarini
shakillantiruvchi usul.
Anomaliya –(yunonca --anomal)—me’yordan , umumiy qonuniyatlardan chetlanish,
notug’ri rivojlanosh.
Anomal bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish- korriksion pedagogikaning
asosiy tushunchasi bo’lib, nuqsonningdarajasi va tuzilishigamos keladigan metod hamda
vositalar yordamida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga toyyorlash , ularda
fuqorolik sifatlarini sgakillantirish.
Axloq –(lotincha ,,morolis’’ma’nosini bildiradi) –ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti –
harakatini tartibga soluvchi , muayyan jaqmiyat tomonidan tan olinga va rioya qilinishi zarur
bo’lgan xulq-atvorqoyidalari, mezonlari yig’indisi.
Axloqiy ong—shaxsga axloqoy miyyorlar va xulq atvor qoidalari to‘g‘risidagi nazariy
bilimlarni berish asosida hosil qiluvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan
tartib, odob, o‘zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o`quvchilar ongiga
singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari axloqiy madaniyatni
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; Ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi
Aqliy tarbiya – Shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni berish uning
aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkur va dunyoqarashlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayon; Ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi
Baynalminallik-(“inter“- orasida, o‘rtasida, aro, “natio” - xalq)-o‘zga millat va elatning
xaq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning
manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy – axloqiy fazilat.
Bakalavriat – mutuxassisliklar yo‘nalishi bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan
ta’lim olish muddati kamida to‘rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.