Bilim – shaxsning ongiga tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko‘rinishida aks etuvchi
borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilim olish – borliqni idrok etish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq- atvor va
faoliyat, ko‘nikma
va malakalarni mustahkamlash, mavjud bilimlarni takomillashtirib boyib
borish jarayoni.
Bilish-obyektiv borliqni inson ongiga aks etish shakli; Ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish
jarayoni
Boshlang‘ich ta’lim – o`quvchilarga murakkab bo‘lmagan ilmiy bilimlarni berish asosida
ularga o‘qish, yozish va hisobga oid dastlabki bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish
asosida ularda shaxsiy gigiyena va sog‘lom turmush tarzi elementlarini hosil qilish boqichi.
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi- boshlang‘ich sinf o`quvchilarini tarbiyalash,
ularga
ta’lim berish, ularning o‘ziga xos psixologik va fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish,
shuningdek ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan
kamolotga yetkazish
masalalarini o‘rgandi.
Vatanparvarlik- (Lotincha “patrites”-vatandosh, “patris”-vatan, yurt)-shaxning o‘zi
mansub bo‘lgan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani tarixidan g‘ururlanish, buguni to‘g‘risida
qayg‘urushi hamda uning porloq istiqboliga bolgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy
fazilat.
Verbal- bilim (ma’lumot, axborot)larni so‘z yordamida (og‘zaki) yetkazib berish,
ifoda
yetish.
Genoseologiya (yunon tilidan gnosis-bilim, ong, o‘rganish)- bilish, ilmiy bilimlarning
shakllanti,xususiyatlari,qonunyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakillari, shuningdek insonga xos
bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi
nazariya, ta’limot.
Davlat ramzlari--muayyan millat,elatning etnopsixalogikxususiyatlari,
qarashlari, orzu-
umidlari , intilishlari va maqsadi, hududiy, ishtimoiy -g’oyaviybirlik mohoiytini anglatishga
xizmat qiluvchi tasviriybelgilar majmui.
Dostları ilə paylaş: