Pedagogik mahorat — bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish,
takomillashtirish muammolarini o'rganadi.
Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» — misol, namuna) — pedagogika fani
rivojining ma'lum bosqichida ta'limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli,
standard) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan nazariy hamda
metodologik ko'rsatmalar to'plami; ta'limning konseptual modeli.
Pedagogik talab— turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish
jarayonida o`quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlari.
Pedagogik texnologiya — ta'lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik
texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta'lim va tarbiya jarayonining
samaradorligini oshirish muammolarini o'rganadi.
Pedagog kadrlar tarkibi — o'qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog,defektolog, logoped,
sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot,radiotexnika, sport va boshqa yo'nalishlarda faoliyat
ko'rsatuvchi to'garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar. Pedagogik mahorat — ta'lim-
tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati,
yuksak pedagogik tafakkur.
Pedagogik talab — turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok etishda
o`quvchi amal qilishi zarur bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlarini ifodalovchi vazifa;
tarbiyaning eng muhim usuli.
Rag'batlantirish — tarbiyalanuvchiningxatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish
asosida unga ishonch bildirish, ko'nglini ko'tarish va uni qo'llab-quvvatlash usuli. Rivojlanish —
shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar
mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Reyting(baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) — muayyan hodisani oldindan
belgilangan shkala bo'yicha baholash.
Sinf — yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo'lgan, ma'lum o`quvchilar guruhi.
Surdopedagogika (yunoncha «surdus» — kar) — eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish va
tarbiyalash jarayonini o'rganuvchi fan; korreksion (maxsud) pedagogikaning yana bir muhim
sohasi.