Oila pedagogikasi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

Pedagogik mahorat — bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, 
takomillashtirish muammolarini o'rganadi. 
Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» — misol, namuna) — pedagogika fani 
rivojining ma'lum bosqichida ta'limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, 
standard) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan nazariy hamda 
metodologik ko'rsatmalar to'plami; ta'limning konseptual modeli. 
Pedagogik talab — turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish 
jarayonida o`quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlari. 
Pedagogik texnologiya — ta'lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni qo'llash, texnologik yondashuv asosida ta'lim va tarbiya jarayonining 
samaradorligini oshirish muammolarini o'rganadi.
Pedagog kadrlar tarkibi — o'qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog,defektolog, logoped, 
sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot,radiotexnika, sport va boshqa yo'nalishlarda faoliyat 
ko'rsatuvchi to'garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar. Pedagogik mahorat — ta'lim-
tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo'llay olish qobiliyati, 
yuksak pedagogik tafakkur.
Pedagogik talab — turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok etishda 
o`quvchi amal qilishi zarur bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor me'yorlarini ifodalovchi vazifa
tarbiyaning eng muhim usuli.
Rag'batlantirish — tarbiyalanuvchiningxatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish 
asosida unga ishonch bildirish, ko'nglini ko'tarish va uni qo'llab-quvvatlash usuli. Rivojlanish — 
shaxsning fiziologik va intellektual o'sishida namoyon bo'ladigan miqdor va sifat o'zgarishlar 
mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Reyting (baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) — muayyan hodisani oldindan 
belgilangan shkala bo'yicha baholash.
Sinf — yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo'lgan, ma'lum o`quvchilar guruhi. 
Surdopedagogika (yunoncha «surdus» — kar) — eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish va 


tarbiyalash jarayonini o'rganuvchi fan; korreksion (maxsud) pedagogikaning yana bir muhim 
sohasi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin