Oila pedagogikasi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

 
 
 
 
 
 
 
 
 


1- Oila pedagogikasi – fan sifatida 
Reja: 
1.Oila pedagogikasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. 
2.Oila pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 
3.Oila pedagogikasining ilmiy-tadqiqot metodlari 
 
Ma’ruza turi: Kirish ma’ruzasi. 
Komil insonni voyaga etkazishda oila va jamiyatni o‘rni uni tarbiyadagi uzviyligi, 
uzluksizlik asosida amalga oshishi bu yaxlit bir qonuniy jarayondir. 
Oila pedagogikasi jamiyatningshaxs tarbiyasiga doir muhim davlat siyosatidagi ustuvor 
vazifalarini mukammal bajarishida xizmat qiladi, ta’lim–tarbiyaga doir bilimlar mushtarak 
holda jamlab farzand tarbiyasiga doir tartib-qoidalarning sinovdan o‘tkazuvchi va amalda 
tadbiq qiluvchi ota – onaning faoliyatidir.
Oila pedagogikasining predmeti:
Oilada ota-ona aniq maqsad qo‘yib, o‘z ustida ishlashi, izlanishi tanlangan vosita 
usullarini qo‘llash natijasini ko‘ra bilishi tarbiyachilik san’atiga ega bo‘lishi lozim. 

Ta’lim–tarbiyaning zamonaviy talab darajasiga va tarbiya qonuniyatlariga amal 
qiladi; 

Oilada beriladigan tarbiya mazmuni;

Oilada farzand tarbiyasida qo‘llanadigan usul va vositalar

Insoniyatni ma’naviy rivojlanishi bilan oilada farzand tarbiyasining uyg‘unligi; 

Oilada farzand tarbiyasidagi mahorat va madaniyatga amal qilish; 
 
Oila pedagogikasining maqsadi
Oila tarbiyasiga doir muammolarning holati, qonuniyatlarini o‘rganishga qaratiladi. 
Oila tarbiyasining vazifalari

Oila tarbiyasiga doir bir butun muammolarni hal qilish; 

Oilaviy tarbiyaning samaradorligini oshirish va uning davlatni ustuvor 
talablariga javob beradigan komil insonni tarbiyalashdir; 

Oila tarbiyasida milliy qadriyatlardan o‘rinli foydalanish, pedagogikqonun – 
qoidalarga rioya qilishdir; 

Fan va texnika yutuqlaridan unumli foydalanish; 

Ilg‘or oilalardagi muvaffaqiyatli ish uslublarini o‘rganish; 

Ota–onalarni pedagog mutaxassislar bilan hamkorligini o‘rnatish kabilarni 
amalga oshirish; 

Barkamol inson tarbiyasiga doir muammolarni hal qilish doimiy va hayotiy 
izlanishlarni talab etadi.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin