Oila pedagogikasi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

Darhaqiqat, Vatanimiz mustaqilligining qisqa davri ichida oila, onalik va bolalikni 
huquqiy manfaatlarini qonuniy muhofaza qilish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, 
oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash, uy mehnati va madaniy-maishiy turmush 
sharoitini yaxshilash, oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini takomillashtirish, ko‘p bolali, kam 
ta’minlangan, nochor oilalarni, nogironlarni, qarovchisiz keksalar, yolg‘izlarni, yetim-yesirlarni 
ijtimoiy qo‘llab quvvatlash, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol shaxsni shakllantirish 
borasida keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi. 
Darhaqiqat, oila a’zolarining huquqiy savodxonligi va ma’naviy madaniyatini 
shakllantirish; har tomonlama sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish; oilaning ijtimoiy va 
iqtisodiy barqarorligi, farovonligiga erishish; oilada tadbirkorlikni keng yo‘lga qo‘yish; 
nogironlikning turli ko‘rinishlarini oldini olish chora-tadbirlarini belgilash; oilada komil 
insonni tarbiyalash; yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar mushtarakligida mustaqil 
hayotga tayyorlash tizimini yaratish va amalga oshirish zamirida oila masalalari bilan 
shug‘ullanuvchi mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari, oila, mahalla, maktab va jamoatchilik 
hamkorligini mustahkamlash; oilada sog‘lom psixologik muhit yaratish zamirida oilada ba’zan 
uchraydigan jinoyatchilik, nikohning bekor qilinishi, giyohvandlik, nosog‘lom e’tiqod, maishiy 
nopoklik, axloqsizlikning turli ko‘rinishlarga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalar bugungi kunda 
oilalarni jamiyat talablari darajasida shakllanishi uchun zamindir. 
Mamlakatimizda adolatli, huquqiy, demokratik jamiyat qurish jarayoni shaxdam 
qadamlar bilan borayotgan bir sharoitda qonun ustivorligini ta’minlash zamirida oila 
a’zolarining huquqiy madaniyatini shakllantirish oila manfaatlarini ta’minlash borasida amalga 
oshirilayotgan ustivor yo‘nalishlaridan biriga aylanib qoldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinayotgan Qonunlar, Prezident 
Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar va 
bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar va deklaratsiyalar va boshqa huquqiy 
xujjatlarning mohiyatini chuqur anglash hamda o‘z faoliyatlari jarayonida amal qilishga 
erishish jamiyatning huquqiy savodxonligini oshirishning garovidir. Buning uchun oilaning 
turli qatlamli a’zolari huquqiy ongi va dunyoqarashi darajasini o‘stirish mexanizmini yaratish 
va amaliyotga keng tadbiq etish zarur. Chunki, huquqiy madaniyat darajasi yuksak jamiyatda 
oila, ona, ota va bola huquq va burchlari hamma vaqt Konstitutsiya bilan himoya qilinib, oila 
ajrimlariga, oilada uchraydigan sharqona axloq normalariga zid sodir etiladigan ba’zi hatti 
harakatlarga yo‘l quyilmaydi. 
Bu borada davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo tinchliksevar 
xalqlarning diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda. Jumladan, mustaqilligimizning qisqa davri ichida 


respublikamizda inson huquqlari bo‘yicha Milliy Markaz, Oliy Majlis huzuridagi amaldagi 
qonun hujjatlari Monitoringi instituti, Adliya vazirligi qoshidagi huquqiy yordam ko‘rsatish 
Markazi, Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili-Ombudsmanning tashkil etilganligi 
oila, ota, ona va bola huquqiy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim qadamlardir. 
Inson huquqlarini himoya qilish institutlarining asosiy maqsadi oila deb atalmish kichik 
jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirishga, ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilishdan 
iboratdir. 
Mamlakatimizda oila huquqlari xalqaro huquq normalariga mos ravishda muhofaza 
etilmoqda. Mustaqillik yillarida hukumatimiz tomonidan oila-nikoh munosabatlari, xotin-qizlar 
va bolalar huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar va deklaratsiyalarining ratifikatsiya qilinishi 
buning yaqqol namunasidir. Jumladan,Inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi (BMT Bosh 
Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrdagi 217 A(SH) rezolyusiyasi), Xotin-qizlarning siyosiy 
huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya (BMT Bosh Assambleyasining 1952 yil 20 dekabrdagi 640-
son rezolyusiyasi), Bir xil qiymatdagi ish uchun erkaklar va xotin-qizlarga teng haq to‘lash 
to‘g‘risidagi (100) Konvensiya (XMT Bosh Konferensiyasining 34-sessiyasida 1951 yil 29 
iyunda qabul qilingan), Onalikni himoya etishga qaratilgan (103} konvensiya (Jeneva, XMT 
tomonidan 1952 yil 28 iyunda qayta ko‘rib chiqilgan), Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi 
Konvensiya (BMT 43 Bosh Assambleyasi tomonidan 1989 yil 20 noyabrda), 
Fuqarolikhuquqlari va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt (BMT Bosh 
Assambleyasining 1966 yil 16 yanvardagi 2200-rezolyutsiyasi), xotin-qizlarga nisbatan 
kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risidagi Konvensiya (BMT Bosh 
Assambleyasining 1979 yil 18 dekabrdagi 34, 180-son rezolyusiyasi), Bolalarning yashashini, 
himoyalanishini va rivojlanishini ta’minlash to‘g‘risidagi umumjahon Deklaratsiyasi, boshqa 
mamlakatlarga bolalarni ug‘irlab ketishning fuqarolik jixatlari to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyasi 
(Gaaga 1980 yil 25 oktyabr), 1995 yilda Pekinda 4-Butunjahon xotin-qizlar konferensiyasida 
qabul qilingan xotin-qizlarning ahvoli bo‘yicha asosiy harakatlar dasturi mamlakatimizda oila, 
onalik va bolalikni xalqaro huquq normalariga mos holda muhofaza qilish borasidagi dastlabki 
muhim qadamlardir, maqsad har bir fuqaroning, har bir oila a’zosining huquqlarini himoya 
etilishini xalqaro huquq normalari doirasida yo‘lga qo‘yishga erishishdir. 
Oila a’zolarining huquqiy savodxonligi uning huquqiy himoya qilinishi huquqiy jamiyat 
barpo etishning negizidir.
Buning zamirida: 
- aholi, shu jumladan, oila a’zolarining yoshtabaqalarga mos huquqiy bilim berish 
dasturlarini yaratish,huquqiy ong va tafakkurini shakllantirishning samarali shakl va 
metodlarini aniqlash, bu borada noan’anaviy ta’lim-tarbiya usullaridan keng foydalanish; 
-o‘quv yurtlari, idora va tashkilotlarda huquqiy mavzuni yorituvchi burchaklar, xonalar 
tashkil etish, huquqiy bilim kunlari o‘tkazish, radio o‘quvlari uyushtirish
-huquqiy mavzuga bag‘ishlangan ommabop risolalar, gazeta va jurnal maqolalari, 
mutaxassis maslaxatlarini chop etishni kuchaytirish, ruknlar rang-barangligiga erishish; 
-oila huquqi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish; 
-joylarda baxt va nikoh uylari qoshida bo‘lajak kelin- kuyovlar uchun maxsus o‘quv 
kurslari, «Oila» klublari, «huquqiy maslahat» telefonlari tashkil etish va targ‘ibot- tashviqot 
guruxlarini tayyorlash; 


-oilalarda huquqiy bilim berishni takomillashtirishga yordam beruvchi sotsiologik 
tadqiqot ishlari olib borish va uning natijalari asosida metodik tavsiyalar ishlab chiqish va 
amaliyotga keng tadbiq, etish, bu borada huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan boshqa 
mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini mustahkamlash kabi masalalarga 
alohida e’tibor berish yotadi. 
Jamiyatda yuz beradigan barcha o‘zgarishlar oilaga, oiladagi ma’naviy muhit, uning 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy darajasi esa jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy 
taraqqiyotiga ta’sir qiladi. 
Har bir davrning o`z dardi, talabi va ehtiyojlari bo`ladi. Mustaqillik odamlar va jamiyat 
taqdiriga ta’lluqli juda ko`p jumboqlarni yechib tashlash bilan barobar ma’naviyatimizning 
qator muammolarini kundalang qilib qo‘ydi. Ayniqsa, axloq-odob masalalari katta ahamiyat 
kasb etib qoldi. Buning sabablari ko‘p: bir tomondan, inson deb atalmish hayot gultojisiga 
bo‘lgan munosabat o‘zgardi, uni azaliy va abadiy pok ma’naviyat yo`liga qaytarishrejalari 
tuzila boshlandi; katta yoki kichik, yaxshi yoki yomon ilg‘or yoki joxil millat bo‘lmasligi 
yomonliklarning millati-yu, yaxshiliklarning chegarasi yo‘qligiga qanoat hosil qildik. Inson o‘z 
millati an’analari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga erishishi qog‘ozda emas, 
amalda tan olindi; ikkinchidan soxta baynalminalchilik, qog‘ozdagi xalqlar do‘stligi g‘oyalar 
odamlar orasida uzoq zamonlardan buyon shakllanib, rivojlanib kelayotgan birodarlik 
tuyg‘ulariga rahna solib quyganda odamlarning millat ajratmasligi uchun bir-biriga mehr-
oqibatli bo‘lishi uchun urush yoki qahatchilik zilzila yoki tabiiy ofatlarni boshidan kechirishlari 
shart emasligi, ijtimoiy adolat o‘rnatilgan joyda xalqlar va millatlarning chin insoniy fazilatlari 
gurkirab unishiga ishonch hosil qila boshladik. Ayrim odamlarni aldash mumkin bo‘lsa ham 
millatlarni uzoq aldab bo‘lmasligiga endi hamma tushunib yetdi. 



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin