Oila pedagogikasi


Oila shajarasini o‘rgatish tahlil qilish metodi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

Oila shajarasini o‘rgatish tahlil qilish metodi – pedagogika hodisalari va faktlarini 
tekshirishda oilaning kelib chiqish tarixini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. Oila 
haqidagi ma’lumotni tahlil qilishda ta’lim qonuniga amal qilinmog‘i lozim. 
Bolalarni oilada ijodiy qobiliyatini o‘rganish metodi – oilada bolalarni ijodini hamda 
ularni turli – tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali 
metodlaridan biridir. Iqtidorli bolalar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik 
didlari, sinchkovliklari va qiziquvchiliklari bilan ajralib turadi. Ta’lim qonunida va milliy 
dasturida pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va faktorlarini chuqur bilishga hamda 
ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning tug`ri yo`llarini kursatib berishga 
qaratilgan. 
Statistika ma’lumotlarini analiz va sintez qilish metodi – pedagogik tadqiqot kerakli 
statistika ma’lumotlarini ma’lum bir maqsad bilan sistemali o‘rganish mustaqil O‘zbekistonda 
Fanmadaniyat, ta’lim – tarbiyani taraqqiy etishga salmoqli hissa qushadi. 
Anketalar metodi – oila a’zolari va bolalarni so‘rash usuli bo‘lib, u oila jamoasining 
ma’lumotlari to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni olish uchun ularning fikrlari va qarashlarini 
aniqlash uchun va kasbga yo‘llashni belgilash uchun maxsus formada ishlangan bo‘lmog‘i 
lozim. Anketada ko‘zlangan maqsadga muvofiq savollari bo‘lib, ularni javoblaridan pedagogik 
natijalar kelib chiqmog‘i lozim. m akatimizda ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-madaniy 
jabhalarda amalga oshirilayotgan tub isloxotlar jarayonida oila masalasiga e’tibor davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarildi. Albatta bu bejiz emas, chunki porloq ertamiznnng tamal toshlari 
oilada qo‘yiladi. Islom Karimov aytganlaridek: «Xaldimiz qadim-qadimdan oilani muqaddas 
deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo‘lsa jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, 
davlatda osoyishtalik va barqarorlik xukm suradi. Oila farovonligi-milliy farovonlik asosidir». 
Demak, mamlakatimizda oila farovonligini ta’minlash davlatimizning asl maqsadidir. 
Mamlakatimizda 1998 yilning «Oila yili» deb e’lon qilinishiva shu munosabat bilan 
«Oila manfaatlarini ta’minlash borasida 1998 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Davlat 
Dasturi» ning qabul qilinishi va amaliyotga tadbiq etilishi, Oliy Majlisning XI sessiyasida keng 
umumxalq muhokamasidan so`ng «Oila Kodeksi» ning bir ovozdan qabul qilinishi, Vazirlar 
Mahkamasining 1998 yil 2-fevraldagi 54-sonli qaroriga binoan Respublika «Oila» ilmiy-
amaliy Markazining tashkil etilganligi hukumatimiz tomonidan oila farovonligi, tinch-totuvligi 
va barqarorligini ta’minlashga bo‘lgan e’tiboridan dalolatdir. 
Mamlakatimizdaoila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish davlatimiz siyosatining 
ustivor o‘nalishlaridan biri ekan, u quyidagi asosiy yunalishlarni o‘z ichiga qamrab oladi: 
-oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish, oila manfaatlari huquqiy 
himoya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalik huquqlarini muhofaza qilish
-oilaning ijtimoiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oila 
a’zolarining sog‘ligini muhofaza qilish va ta’lim darajasini oshirish uchun shart-sharoitlarni 
yaxshilash; 


-oilaning iqtisodiy manfaatlarini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, oilaning 
daromadlarini, oila a’zolarining ish bilan ta’minlash darajasini oshirish, ro‘zg‘or yumushi va 
turmush sharoitlarini yaxshilash, kam ta’minlangan oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash; 
-oilaning ma’naviy-axloqiy asoslarini va madaniymanfaatlarini takomillashtirsh uchun 
shart-sharoitlar yaratish; 
-oilaning sog‘lom, aql-zakovatli yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirish har 
tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalashda oila va jamiyatning vazifalarini 
takomillashtirish; 
- oila muammolarini ilmiy va ijtimoiy tadqiq, etish, oila, xotin-qizlar va bolalarning 
iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini ko‘rsatuvchi statistika hisobotini to‘plash va takomillashtirish. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin