bois bo‘lsa kerak, hanuzgacha shu ikki tushuncha ko‘pincha sinonimlarday o‘zaro bog‘liqlikda
ishlatiladi. Shunday bo‘lsada, oilashunoslar bu ikki tushunchaning o‘rtasida nafaqat farq
borligini, balki ular aslida tarixan turli davrlarda paydo bo‘lganligini ham isbot qila oldilar.
Oila esa nikohga nisbatan murakkabroq tabiatli
munosabatlarni ifodalaydi, chunki u
nafaqat er va xotinlarning o‘zaro munosabatlarini, balki ularning farzandlari, qarindosh-urug‘lar,
ikkalalari uchun yaqin bo‘lgan insonlar munosabatlarini ham qamrab oladi.
Oila va nikoh masalalariga tarixiy yondashuv Shveytsariyalik olim I.Baxoven (1815-1887)
ishlarida, ayniqsa, uning “Onalik huquqi” kitobida yoritilgan. Undan tashqari, amerikalik
tadqiqotchi L.Morgan (1818-1881)ning asarlarida ham oilaga nisbatan evolyutsion qarashlar
bayon etilgan bo‘lib, “Qadimgi jamiyat” kitobi buning yaqqol namunasi hisoblanadi. Bu
asarlarda oila institutining bevosita jamiyat tarqqiyoti bilan bog‘liqligi, jamiyatdagi ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning takomili oilaning mustahkamligiga bog‘liq ekanligi g‘oyasi o‘z
isbotini topgan. Bu o‘zgarishlar tarix mobaynida turli jins vakillari o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarga bog‘liq tarzda kechishi ham ta’kidlangan.
Shunday qilib, oilani ijtimoiy institut sifatida idrok etish va uni ilmiy jihatdan o‘rganish
an’analari tarixi XIX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Ayni shu davrdan boshlab jahonning turli
burchaklaridagi taniqli sotsiologlar va antropologlar (L.Morgan, M.Kovalevskiy, B.Malinovkiy,
P.Sorokin, keyinchalik A.Xarchev, S.Golod va boshqalar.) oila muammolarini o‘zlarining aniq
tadqiqot mavzulari sifatida o‘rgana boshladilar.
Bir qarashda yangicha tuyulgan
monogam oiladagi o‘zgarishlar XX asrning boshlaridayoq
kuzatila boshlangan. Olimlarning ta’kidlashicha, oilainstitutining o‘zi
tabiati nuqtai nazaridan
ancha konservativ, ya’ni o‘zgarmas, turg‘un tizim bo‘lgani bois, jamiyat miqyosida ro‘y
beradigan o‘zgarishlar oila doirasida taxminan 10-30-yillardan keyingina aks eta boshlaydi.
Bundan tashqari, rus sotsiologi S.Golodning yozishicha, Yevropa xalqlari hayotida, oilaviy
munosabatlarda kuzatiladigan barcha
ijobiy jarayonlar monogam, patriarxal oilaning saqlanib
qolingani sababli ro‘y bergan bo‘lsa, qolgan barcha salbiy holatlar aksincha, oilada ro‘y
berayotgan salbiy, yomon jarayonlardan kelib chiqadi. Bu kabi talqinlar tabiiyki, ko‘plab
tadqiqotchilarga oila va uning istiqbolini tushunishga, mazkur yo‘nalishda jiddiy tadqiqotlar olib
borishga xalaqit beradi.
Shunga qaramay, oila institutida kuzatilayotgan har qanday o‘zgarishlari odatda eng
avvalo, ayolning – xotin-qizlarning jamiyat va oilada tutgan maqomlarining o‘zgarib
borayotganligi, ular malakalarining oshib borayotganligi va kasb-hunar, lavozim pog‘onalarida
erkaklardan qolishmaslikka intilayotganligi bilan izohlanadi. Qayd
etilgan holat bevosita oila
hayotida ro‘y berayotgan turli xil o‘zgarishlarga, ham salbiy, ham ijobiy hodisalarga sabab
bo‘lmoqda.
Dostları ilə paylaş: