Oila pedagogikasi


Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

Rus pedagoglarining oila pedagogikasiga oid qarashlari.M.V.Lomonosov (1711-1765) 
A.S.Pushkin: "Lomonosov misli ko`rilmagan iroda kuchini misli ko`rilmagan tushunchalari bilan 
birga qo`shib turib, maorifning butun sohalarini qamrab oldi. Tarixchi, ritor, ximik, minerolog, 
rassom va shoir sifatida u hamma sohani chuqur o`rgandi", - degan edi. Lomonosov rus 
grammatikasini yaratdi va Rossiyada badiiy tilni tarkib toptirdi, bu esa adabiyot, poeziya va 
san`atning yana ham o`sishida zo`r ahamiyatga ega bo`ldi. Fanlar akademiyasi qoshidagi 
universitet va gimnaziyaga boshchilik qilib yurgan paytlarida gimnaziya bilan universitet 
ishlarining umumiy qoidalarini belgilab berdi, gimnaziyaning o`quv rejasini va universitetning 
o`quv ishlari tartibini ishlab chiqdi, bu o`quv yurtlarida o`qitish printsiplari va metodlarini 
ko`rsatib berdi. Lomonosov 1758 yilda "Akademiya gimnaziyasi tartib-qoidalari"ni tuzib bu 
qoidalarda u o`rta maktablar umumiy ma`lumot beradigan hamda hamma tabaqa bolalari o`qiy 
oladigan bo`lishi kerak, degan fikrni qattiq himoya qildi. 
Lomonosov gimnaziya va universitetlar uchun bir qator darsliklar tuzdi. Uning 
"Ritorika"(1748) va "Rus tili grammatikasi"(1755) nomli kitoblari 50 yil davomida umumiy 
ma`lumot maktablari uchun eng yaxshi darslik bo`lib xizmat qilib keldi. 
Moskva universitetining hamda universitet qoshida gimnaziyaning ochilishida M.V. 
Lomonosovning xizmati kattadir. Bu universitet va gimnaziya Rossiyada fan, maorif hamda 
madaniyat tarixida katta ahamiyatga ega bo`ldi. 
K.D.Ushinskiy. 
K.D.Ushinskiy ta`limotida tarbiyaning xalqchilligi haqidagi g`oya eng asosiy g`oyadir. Har 
bir mamlakatda bolalarning tarbiyalash tizimi xalqning rivojlanish sharoitlari, uning ehtiyoj va 
talablari bilan belgilangan. Hamma uchun umumiy bo`lgan birgina tug`ma moyillik borki, 
tarbiya hamisha shunga tayanishi mumkin: bu biz xalqchillik, deb atagan narsadir. Xalqning o`zi 
tomonidan yaratilgan va xalqchillik asosida qurilgan tarbiya shunday kuchga egaki, bunday kuch 
abstrakt g`oyalarga asoslangan yoki boshqa xalqlardan olingan eng yaxshi tizimlarda ham 
yo`qdir. Ushinskiyning pedagogika tizimida ona tilining tarbiyaviy yutug`i va ta`limiy ahamiyati 
ham tarbiyaning asosi bo`lgan xalqchillik bilan chambarchas bog`liqligidadir.
A.S.Makarenko 
Makarenko - pedagog san`atkor, u dunyo ahamiyatiga ega bo`lgan yuksak badiiy 
pedagogik asarlarni yozgani uchungina emas, balki o`z qo`l ostidagi tarbiyalanuvchilarga, 
tarbiya jarayonida shablon ва trafaretlarga hech bir yo`l qo`ymasdan ijodiy munosabatda bo`la 
olganligi uchun ham san`atkor pedagogdir. 
V.A.Suxomlinskiy 
V.A.Suxomlinskiy ijodiy tajribasidan kasb-hunar faoliyati xususiyatlari yoki jiddiy 
vaziyatlar paydo bo`lganda foydalanish mumkin. V.A.Suxomlinskiy yozuvchi G.Medinskiyga 
yozgan xatlaridan birida: "Men insonga qat`iy talabchan bo`lish, takomillashtirish va o`z-o`zini 
takomillashtirishning 
qat`iy 
qoidalari 
tarafdoriman. 
Talabchanlik 
saxiylikning, 
insonparvarlikning ikkkinchi tomonidir". Ishonch vа talabchanlik Suxomlinskiyning ijodiy 
merosida to`laqonligicha ochib beriladi. Masalan, farqni birinchi o`ringa nimani-yaxshiliknimi 
yoki qat`iylikni qo`yishda, deb biladi. U shaxsning faoliyatda shakllanishini nazarda tutgan 
holda, tarbiyachi ijod haqida o`ylab, uni tashkil etar ekan, butun samaradorlik bolaning ichki 
holatini hisobga olish mahoratiga bog`liqligini hamisha esda tutishi lozimliginita`kidlaydi. 
Suxomlinskiy o`qituvchi faoliyatining diqqat markazida bola, uni yangichasiga kuzatish, 
shogirdlarning ma`naviy bilim boyligi haqida g`amxo`rlik qilishturishi kerakligini 


ta`kidlaydi.Suxomlinskiy o`qituvchining o`z ustida ishlashiga ham e`tiborni qaratib, ta`lim 
psixologiyasini va o`qituvchи psixologiyasini bilib olishga intilish,o`z malakalarining 
rivojlanishini kuzatish istagi, bilim doirasini kengaytirishga, adabiyotni o`rganishga intilishi 
kerakligini ta`kidlaydi. 
Suxomlinskiy o`qituvchilarning tadqiqotchilik ishiga qo`shilish jarayoni shu qadar ko`p 
qirrali va individualligini e`tiborga olib, o`qituvchining ayni o`z ustida ishlashi uning ijodiy 
kuchlarini rivojlantiradi, ijodiyizlanishlaryo`nalishinibelgilabberishiniuqtiradi

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin