Oilada bola bilan tarbiyachi o‘rtasida juda yaqin va samimiy munosabat o‘zining
tabiiyligi va oddiyligi, mazmundorligi, iliqligi, hech qanday rasmiyatchilikning yo‘qligi
bilan
ajralib turishi lozim.
Oila odamzod o‘zining dastlabki ijtimoiy yo‘lini bosib o‘tadigan eng muhim soxadir.
Bunday oilada ota-onalar bilan bolalar o‘rtasida ma’lum ma’noda izzat hurmat va dildan
ishonch kabi chegara bo‘ladi.
Oilada bolalarning o‘zga bir oilada yotib qolishiga hech bir holda sira yo‘l qo‘ymasligi
kerak, bola yotib qoladigan joy aniq tanish va ishonchli bo‘lgan taqdirdagina istisno bo‘lishi
mumkin. Oilada farzand yaxshi tarbiyalansa, ota-onaning baxti, yomon farzand esa ota-onaga
kulfat keltiradi.
Oila va jamoatchilik hamkorligi yosh avlodni muvaffakiyatli
tarbiyalashning asosiy
shartlaridan biridir, ota-ona e’tiboriga oladigan alohida ahamiyat berish kerak bo‘lgan narsa
bolaniyoshligidan boshlab biror-bir ishga o‘rgatish, unga o‘ziga xos yumush berib, ishga
odatlantirishdir. Vaholanki bola ham ish o‘rganadi, ham jamiyatda, oilada o‘z o‘rnini topishga
harakat qiladi.
Bolada mehnatga munosabat, ota-onasiga munosabati, oila a’zolariga nisbatan
fikri, dunyoqarashi o‘zgaradi.
Oila boshlig‘i ota – ona bola tarbiyasi haqida yetarlicha amaliy va nazariy bilimlarga ega
bulishi kerak. Agar ularda yetarlicha bilim ko‘nikma va malaka bo‘lmasa u oila a’zosiga ya’ni
farzandlariga yaxshi tarbiya bera olmaydi. Oiladagi yomon tarbiya faqat oilanining o‘ziga xos
bo‘lmasdan balki qo‘ni-qushni va mahallalardagi tarbiyaga ham salbiy ta’sir qiladi.
Dostları ilə paylaş: