Oila pedagogikasi


Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

 
Oila pedagogikasining tarixiy ildizlari


Xalq donishmandalari oila muammosi va tarbiyasi haqidagi qarashlari juda uzoq tarixiy 
ildizga egadir. Xalq og‘zaki va yozma yodgorliklarida: maqol, hikmat, ertak, aytishuvlarda 
oila, ota –ona, oilaviy barqarorlik o‘zaro munosabat masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. 
Ota – ona behad bo‘ladi xursand,
Farzand bo‘lolsa munosib farzand!
Javhar Zamindar. 
Namozi bomdoddin keyin volidangni 
Ziyorat qil va xizmatida bo‘l.
Rushtiy. 
Oila va undagi tarbiya usul, vosita va omillari ko‘proq yozma pandnomalarda
Kaykovusni 
«Qobusnoma», 
«Saodatnoma», 
Zahiriddin 
Muhammad 
Boburning 
«Boburnoma»si, «To‘ti shohnoma», «Odobnoma» kabilarda oila muammosiga doir masalalar 
ilmiy va nazariy, amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Mutafakkir va ma’rifatparvarlarni ijodiy faoliyatida oila muammosi asosiy o‘rin 
egallagan. Buning sababi bo‘lajakoila pedagogikasi fanini mazmundorligini ta’minlovchi 
badiiy adabiyot, san’at asarlari, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlardir.
Oila tarbiyasidagi bolalar xayotini tug‘ri uyushtirish, ularni vaqtdan tugri va unumli 
foydalanishning asosiy garovi ekanligini ota-onalar o‘z farzandlariga o‘qtirishlari lozim. Oila 
tarbiyasi masalalari bo‘yicha maxsus Abu Ali Ibn Sino «Tadbir al-manozil» nomli asarini 
yozgan. Unda olim ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi vazifalarini yoritgan. Asarda oilada 
ota-onaning vazifasi, burchiga va oila munosabatlariga to‘xtalar ekan, ayniqsa ota-onalarning 
oilada mehnatsevarligi bilan farzandlarini xam kasb va hunarga o‘rgatish borasida muhim 
fikrlar bayon etadi. 
Ibn Sino tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy masalalarga keng o‘rin berilgan. 
Ota oilada o‘z farzandlariga har tomonlama yurish-turishda, nutq odobida, so‘z 
madaniyatida, o‘zaro muomala jarayonida eng muhimi amaliy ish faoliyatida to‘g‘rilik va 
xaqqoniylik, samimiylikka namuna bo‘lmog‘i kerak. Oilada farzand tarbiyasining to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yishning asosiy vositasi uning ma’naviy olamida e’tiqodni shakllantirish, deb hisoblagan edi 
olim. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin