Oila pedagogikasi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

Ta'lim menejeri-ta'lim muassasasi faoliyatini zamonaviy menejment qonuniyatlariga 
muvofiq boshqaruvchi mutaxassis. 
Ta'lim metodlari - ta'lim jarayonida qo'llanilib, uning samarasini ta'minlovchi usullar 
majmui. 
Ta'lim muassasasi Ustavi - ta'lim muassasasiga rahbarlik mohiyatini yorituvchi hamda 
uning faoliyatini boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat. 
Ta'lim mazmuni - davlat ta'lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma'lum 
sharoitda muayyan fanlar bo'yicha o'zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlarmohiyati. 


Ta'lim maqsadi (o'qish, bilim olish maqsadi) - ta'limning aniq yo'nalishini belgilab 
beruvchi yetakchi g'oya.
Ta'limning sinf-dars tizimi - dars shaklida muayyan o`quvchilar guruhi bilan o`quv 
rejasiga muvofiq tuzilgan aniq jadval bo'yicha olib boriladigan ta'lim jarayoni.
Ta'lim tizimi - davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta'lim-tarbiya 
berish yoiida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta'lim muassasalari majmui. Ta'lim shakli
ta'lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) - o'zaro bog'langan ko'plab elementlar (tarkibiy qismlar) 
o'rtasidagi mustahkam birlik va o'zaro yaxlitlik.
Tiflopedagogika - (yunoncha typhlos - ko'r) - ko'rish qobiliyati buzilgan bolalarni o'qitish, 
tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini o'rganuvchi fan; korreksion pedagogika 
(defektologiya)ning muhim sohasi.
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarda 
belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Topshiriq - o`quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko'nikmalarini 
shakllantirish maqsadida qo'llaniladigan usul.
Tushuntirish - o`quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida 
bayon qilish.

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin