Oila pedagogikasi


O'z-o'zini tahlil (nazorat) qilish



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

O'z-o'zini tahlil (nazorat) qilish-o'z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini 
tahlil qilish, mavjud sifatlami boyitish yoki salbiy odatlami bartaraf etishga qaratilgan faoliyat 
usuli
O'z-о'нш qayta tarbiyalash-shaxsning o'zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli 
sifatlami yo'qotish, ulami bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayoni.
O'qituvchi (pedagog)-pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo'nalishlari bo'yicha maxsus 
ma'lumot, kasbiy tayyorgarlik va ma'naviy-axloqiy sifatlarga ega hamda ta'lim muassasalarida 
faoliyat ko'rsatuvchi shaxs. 
O'qish-ma'lum usullar yordamida tashkil etilgan bilimlarni o'rganish jarayoni; o`quvchilar 
tomonidan o`quv faoliyati usullarini egallab olishga yo'naltirilgan faoliyat. 
O`quv dasturi-muayyan o`quv fani bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalar mazmuni
umumiy vaqtning mavzularni o'rganilishi bo'yicha taqsimlanishi, mavzularning ketma-ketligini 
belgilash hamda ularning o'rganilish darajasini yorituvchi me'yoriy hujjat. 


O`quv rejasi- ta'lim muassasasida o'qitiladigan o`quv famarining tartibi, ularning o`quv yili 
bo'yicha taqsimlanishi, har bir o`quv faniga ajratiladigan haftalik va yillik o`quv soatlari, 
shuningdek, o`quv yili tuzilishini belgilovchi me'yoriy hujjat. 
O`quv fani-ta'lim muassasalarida o`quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga 
muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo'yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish
ko'nikma va malakalarni shakllantirishni ta'minlovchi manba. 
O`quvchilar jamoasi- ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb etuvchi umumiy maqsad va 
birgalikdagi faoliyatga asosan jipslashgan o`quvchilar birlashmasi, guruhi. 
O`quv qo'llanmasi-1) maium o`quv fanlari bo'yicha metodik materiallar, tushuntirishlar, 
tavsiyalarni yorituvchi hamda o'qituvchi yoki o`quvchilar uchun mo'ljallangan manba; 2) 
muayyan fan bo'yicha tayyorlangan hamda metodik jihatidan o`quv-tarbiyaviy jarayonda 
bevosita foydalanish imkonini beruvchi qo'shimcha o`quv materiallari. 
Hikoya — o'qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki 
qismlarga bo'lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo'li bilan ixcham, qisqa va izchil 
bayon qilinishi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin