Darsning ta’limiy maqsadi: O‘quvchilarning son so'z turkumi haqidagi bilimlarini mustahkamlash va kengaytirish, tilshunoslikda tutgan o‘rni to‘g‘risida ma’lumot berish. Uning so’roqlari, gapdagi vazifasi haqida ma’lumot berish. Chama sonlardan nutqda o’rinli foydalanish malakalarini hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Kitoblarga bo’lgan ixloslarini oshirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Chiroyli va to’g’ri yozuv ko’nikmalarini rivojlantirish.
O‘quv jaravonini amalga oshtirish texnologiyasi
Uslub: Yangi bilimlar berish.
Shaki: Noan’anaviy.
Vosita: Mavzu yuzasidan plakatlar to‘plami, qog‘oz va markerlar, kompyuter, videoproyektor, ko‘rgazmali qurollar.
Usul: Savol-javob, aqliy hujum, muhokama, muzyorar, xronologik boshqotirma usullari va suhbat.
Nazorat: Og‘zaki, savol - javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
O’qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi. O’quvchi faolligini oshiradi. O’quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg’otadi. Bir darsning o’zida bir qancha o’quvchilar baholanadi. O’quvchilar tomonidan darsni mustaqil o’rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berish.