DARSNING BORISHI: Tashkiliy qism: salomlashish, davomat, dars shakli va o’yin shartlarini tushuntirish.
O’quvchilarni faollashtirish. O‘quvchilar uch guruhga (“Fonetika”, “Sintaksis”, “Leksikologiya”) bo‘linib, partalarga joylashadi.Aqliy hujum metodi orqali o’tilgan bilimlar esga olinadi va shu tariqa sinf o’quvchilari muhitga moslashtiriladi.
O’zbek tiliga “Davlat tili” maqomi qachon berildi?
1989 -yil 21-oktabrda berildi.
Me’yoriy hujjatlar qanday tilda olib borilgan?
Shundan boshlab ish qog’ozlari, me’yoriy hujjatlar o’zbek tilida olib boriladigan bo’ldi.
Til nima? Har qanday til o’zining qanday qurilishiga ega?
“Tezkor savollar“o’’yinini tashkil qilamiz. Har bir guruhga tezlik bilan javob uchun savollar o’qiladi. Ularning to’g’ri javoblari rag’batlantiriladi.
1-guruhga savollar: Fonetika nimani o’rganadi?
Nechta unli tovush bor?
“Bilan” so’zi ko’makchimi yoki bog’lovchi?
Ismlar tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
“Ittifoq” so’zini egalik qo’shimchalariga qo’yib bering.
2-guruhga savollar: Jarangsiz jufti yo’q jarangli undoshlarni sanab bering.
“Gultojixo’roz” tuzilishiga ko’ra qanday so’z?
Kelishik qo’shimchalarini sanang.
Madina chiroyli va ozoda kiyinadi. Qaysi bo’lak uyushgan?
Do’st, o’rtoq, hamfikr. Ushbu so’lar shakl va ma’no munosabatiga ko’ra qanday so’zlar?