Suhbat — savol va javob shaklidagi dialogik ta'lim metodi.
Tamoyil (yunoncha «principium») — biror-bir nazariyaning asosi, negizi, asosiy
boshlang'ich qoidasi; boshqaruvchi g'oya, faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya — muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har
tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiyajarayoni-o'qituvchivao`quvchi(tarbiyachiva tarbiyalanuvchi)lar o'rtasida tashkil
etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni — shaxsning shakllanishiga qo'yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo'l) — tarbiya maqsadiga erishish yo'li;
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg'ulari va xulqiga ta'sir etish usullari.
Tarbiya nazariyasi-pedagogikaning muhim tarkibiy qismi; tarbiyaviy jarayon mazmuni,
shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o'rganadi.
Tafakkur ijtimoiy voqea-hodisalarning ongda to'laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining
yuksak shakli.
Tashhis -didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini
belgilash.
Ta'lim - o`quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko'nikma va
malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o'stirish va dunyoqarashlarini
tarbiyalashga yo'naltirilgan jarayon.
Ta'lim va tarbiya mazmuni - shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama
rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini
shakllantirish jarayonining mohiyati.
Ta'lim vositalari - ta'lim samaradorligini ta'minlovchi obyektiv (darslik, o`quv
qo'llanmalari, o`quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon,
videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, komputer va boshqalar) va subyektiv (o'qituvchining
nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.
Ta'lim jarayoni - o'qituvchi va o`quvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy
bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan pedagogik jarayon.