Oila pedagogikasi


Metod-yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo'li» kabi ma'nolarni  anglatadi.  Metodika (fan sifatida)-



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/68
tarix18.03.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#88576
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
Oila pedagogikasi fanining oquv uslubiy majmuasi.

Metod-yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo'li» kabi ma'nolarni 
anglatadi. 
Metodika (fan sifatida)-xususiy fanlarni o'qitishning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganadi. 
Mehnat tarbiyasi-shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli 
munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko'nikma va malakalarini 
shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik laoliyat jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi. 
Mimozara (tarbiya metodi sifatida)-tarbiyalanuvchilarga hissiy-og'zaki ta'sir ko'rsatish 
asosida ularda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo'naltirilgan bahs-munozara usuli. 
Nazorat (ta'lim jarayonida)— ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini 
aniqlash, o'lchash va baholash jarayoni. 
Nafosat didi-shaxsning buyum yoki hodisaga nisbatan munosabat bildirish turi, obyektiv 
nafosat o'lchovi. 
Nafosat madaniyati — go'zallikni his etish, undan zavqlanish, mavjud go'zalliklarni asrash 
va boyitish yo'lida o'zlashtirilgan bilim hamda amalga oshiriladigan nafosat faoliyatini tashkil 
etish darajasining sifat ko'rsatkichi. 
Nafosat ongi — go'zallik, go'zallikni his etish, lining mohiyatini anglash, nafosat his-
tuyg'usi, nafosat didi kabi tushunchalarning ongda aks etishi. 
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya— lotincha «estezio» go'zallikni his qilaman) — 
o`quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go'zalliklarini 
anglash, idrok etish va to'g'ri tushunishga o'rgatish, ularning badiiy didini o'stirish, ularda 
go'zallikka muhabbat uyg'otish, ular tomonidan go'zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalashga 
yo'naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. 
Oila — kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy 
mas'uliyat hamda o'zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin