ishlab chiqarish — kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek, ularningtayyorgarlik sifati va
saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talabJarni belgilaydigan asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash
tizimini moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan ta'minlash jarayonining faol ishtirokchisi.
Kasb-hunar kolleji — o`quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va ko'nikmalarini
chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo'yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash
imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat ta'lim standartlari doirasida o'rta maxsus, kasb-hunar
ta'limini beruvchi, yuridik maqomga ega ta'lim muassasasi.
Kategoriya — fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio»-o'rnini to'ldirish, tenglashtirish)-oliy nerv
faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning buziigan yoki rivojlanmagan
funksiyalarining o'rnini to'ldirish yoki qayta qurish.
Korreksiya (yunoncha «correctiio» — tuzatish) — pedagogik uslub va tadbirlardan iborat
maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchilikiarini
qisman yoki to'liq tuzatish.
Korreksion (maxsud) pedagogika (defektologiya-yunoncha «defectus»-nuqson, kamchilik,
«logos»-fan, ta'limot)-rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual
tarbiyalash va o'qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning
individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini
o'rganuvchi fan.
Korreksion-pedagogik faoliyat-yaxlit ta'lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab
psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi
pedagogik tizim.
Korreksion-tarbiyaviy ishlar-shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko'ra umumiy
pedagogik ta'sir ko'rsatish chora-tadbirlari tizimi.