Jazolash- tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish usuli.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so'zining tarjimasi bo'lib, yig'ilma, omma, birgalikdagi
majlis, birlashma, guruh kabi ma'nolarni anglatadi) — bir necha a'zo (kishi)lardan iborat bo'lib,
ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh.
Jamoa an'analari-jamoa a'zolari tomonidan birdek qo'llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan
odat.
Jamoaning norasraiy tuzilmasi — jamoa a'zolari o'rtasidagi shaxslararo ma'naviy-
psixologik munosabatlarning umumiy tizimi, shuningdek, jamoada mikroguruhni tashkil
qiluvchi ayrim shaxslar o'rtasidagi tanlash munosabatlarining mazmuni.
Jamoaning rasmiy tuzilishi-turli ко'rinishdagi jamoa faoliyatini yo'lga qo'yishning
tashkiliy jihatlari.
Jinsiy tarbiya-o'zida shaxsni jinsiy jihatdan chiniqtirish, ularni tozalik va ozodalikka
o'rgatish, o'z sog'ligi uchun g'amxo'rlik qilish va mas'uliyatli bo'lishni ta'minlashga qaratilgan
pedagogik faoliyat mazmuni.
Jismoniy tarbiya-o`quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy
va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo'naltirilgan pedagogik
jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Joriy nazorat-ta'lim jarayonida o`quvchilar tomonidan o`quv dasturida belgilangan
muayyan mavzularni o'zlashtirilish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash,
baholash shakli.
Idrok — aniq maqsadga yo'naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha adapto — moslashish) — anomal bolalar individual yoki
guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv — ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi asosida shaxsning
hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.