Oliy ta'lim-o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi
negiziga asoslanib, ikki bosqich (bakalavriat
hamda magistratura)da tashkil etiladigan hamda mutaxassisliklar yo'nalishlari bo'yicha xalq
xo'jaligining turli sohalariga oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlab beruvchi ta'lim bosqichi.
Oraliq nazorat — o`quvchilartomonidan o`quv materialining muayyan bob yoki bo'limlari
bo'yicha o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Pedagogika (yunoncha «paidagogike» bo'lib, «paidagogos» — bola, yetaklayman) —
ijtimoiy tarbiyaning
umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga
muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning
mohiyati va muammolarini
o'rganadigan fan.
Pedagogika tarixi — ta'lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy
davrlarda yetakchi o'rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o'rganadi.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari — shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo'nalishlarda
chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, obyektiv va subyektiv
omillarini aniqlovchi
pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini
maxsus tekshirish va bilish
usullari.
Dostları ilə paylaş: