41
bo’yicha) o’zlarini variantlarini tavsiya qildilar. HTML tili teglarini qo’llash
bo’yicha yagona bir qarorga kelish payti yaqinlashgan edi.
World Wide Web Consortium (qisqacha–WZS) deb nomlangan tashkilot
HTML standarti (spetsifikatsiya)ni yaratish ishlarini o’ziga oldi. Uning vazifasiga
brauzerlar tadqiqotchi kompaniyalarning har xil takliflarini hisobga olgan holda
tilning zamonaviy rivojlanish imkoniyatlari darajasini aks ettiruvchi standartni
yaratish kiradi. Spetsifikatsiyaning tasdiqlash sxemasi quyidagilardan iborat: WZS
konsortsiumi standart loyihasini tayyorlaydi. Muhokama qilingandan so’ng, uning
ishchi (draft) varianti chiqariladi, so’ngra uni ma`lum bir davrga yana muhokama
qilish uchun tavsiya qilinadi. Istagan xohlovchi odam
HTML standartining yangi
teg va versiyalari muhokamasida ishtirok etishi mumkin. Muhokama davri
tugagandan keyin, standartning ishchi varianti tavsifnoma hisoblanadi, ya`ni
HTML spetsifikatsiyaning rasmiy tan olingan varianti bo’ladi. Qabul qilingan
standart Document Type Definition (hujjat xilini aniklash) yoki DTD deb ataladi.
Internetda birinchi marta ko’rsatilgan (taqdim qilingan) HTMLdagi DTD–
standartning 1.0 versiyasi bo’ldi. So’ngra 1995 yil noyabr oyida WWW uchun
ancha aniq va o’ylab qilingan 2.0 versiya yaratildi.
1996 yil sentyabr oyida bir necha oylik muxokamadan so’ng 3.2 versiya
tasdiqlandi (3.0 versiya nashr qilinmadi).
1997 yil iyun oyida HTML–standartining 4.0 versiyasi e`lon qilindi va 1997
yil dekabrida rasmiy standartga aylandi. Bugun bu qabul qilingan standartlarning
eng oxirgisidir.
Umuman, HTML hujjat standart hisoblanishi uchun yana prolog
(muqaddima) ham kerak. Hujjatga qanday ishlov berishiga qarab u o’rnatiladi.
Prolog quyidagi ko’rinishga ega:
Prolog bu maxsus ko’rinishga ega bo’lgan yolg`iz teg.
Bu teg ochuvchi
oldida HTML–hujjatning eng oldiga o’rnatiladi va HTML 4.0–
spetsifikatsiyasiga qat`iy mos kelgan holda rasmiylashtirilgan hujjat hisoblanadi.