Matlab tizimining imkoniyatlari


 Borland Delphi 7 tizimida ishlash



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/24
tarix18.03.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#88606
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
 
2.3. Borland Delphi 7 tizimida ishlash. 
Elektron darslikning asosiy bajaruvchi va boshqaruvchi qismi Borland 
Delphi 7 dasturlashtirish tilida, undagi matnlar Web sahifalar va HTML uchun 
mo’ljallangan Macromedia Dreamweaver, tasvirlar Adobe Photoshop dasturida
animatsiyalar Macromedia Flash dasturlarida yaratilgan.
Quyida elektron darslikning boshqaruvchi qismi Borland Delphi 7 
dasturlashtirish tilida qanday yaratilganligi bilan tanishamiz. Dastlab Borland 
Delphi 7 dasturi ishga tushiriladi Pusk 

Programmы 

Borland Delphi 7 

 
Delphi 7. Delphi 7 dasturida yangi bajariluvchi (.exe) dastur yaratish uchun 
File

New

Application buyruqlar ketma-ketligi tanlanadi (2.22-rasm).


43 
2.22-rasm. File

New

Application buyruqlar ketma-ketligi tanlanlash 
Delphi dasturlashtirish tilining interfeysi dasturning asosiy menyusi, 
piktografiya ko’rinishidagi buyruq tugmachalari majmuasi va komponentlar 
palitrasi joylashtirilgan, ob`ektlar inspektori, ob`ektlarni daraxt ko’rinishida 
tasvirlash qimi, dastur kodi (komandalari)ni yaratish va tahrirlash oynasidan 
tashkil topgan [40].


44 
2.23-rasm. Delphi dasturlashtirish tilining interfeysi 
Dasturning asosiy menyusi orqali yaratiladigan elektron darslik va uning 
qismlari ustida bajariladigan amallarni mos menyu va ost menyular orqali bajarish 
mumkin. Dasturchiga qulay bo’lishligi uchun eng ko’p foydalaniladigan buyruqlar 
piktografiya ko’rinishidagi buyruq tugmachalari majmuasi joylashtirilgan bo’lib 
unda yangi dastur yaratish, ochish, saqlash, yordam, ishga tushirish, dasturni 
(vizual)forma shaklda ko’rish, dasturni (kodini)matn shaklda ko’rish tugmachalari 
mavjud. Asosiy oynadgi komponentlar palitrasi dasturlashtirish tilining eng ko’p 
ishlatiladigan qismi bo’lib, biz yaratadigan elektron darslikda ishlatadigan 
tugmachalar, menyular, kiritiladigan matnlarni, audio, video, va rasmlarni 
tasvirlash boshqarish ob`ektlarini komponentlar palitrasidan olib ishlatamiz.
Quyidagi rasmda tasvirlangan ob`ektlar nazoratchisi (Object Inspector) ham 
Delphi dasturlashtirish tilining asosiy qimlaridan biridir. Biz yaratadigan 
dasturimizda foydalaniladigan har qanday ob`ekt (tugma, matn, tasvir, ovoz, 


45 
videolarni boshqarish ob`ekt)larning bir nechta hususiyatlari bo’lib, biz ularni 
ob`ektlar nazoratchisi orqali o’zgartirishimiz mumkin. Obetlar nazoratchisi ikki 
qimdan iborat birinchi qismida tanlangan ob`ektning hususiyalari (Properties, 
svoystva)joylashgan. Ob`ektlarning hususiyatlari yordamida ularning sarlavhasini 
(Caption), yuqori chap burchakdan boshlab necha nuqta pastda (Top), o’ngda 
(Left) bo’lishligini, bo’yi (Height) va eni (Width) qanday o’lchamda bo’lishligini, 
forma qanaqa rangda bo’lishligini va shunga o’xshash boshqa hususiyatlarni 
o’zgartirishimiz mumkin. Ikkinchi qismida esa tanlangan ob`ekt bilan bajariladigan 
xodisalar (Events, sobыtiya) ro’yxati keltiriladi. Masalan, OnClick xodisasi - 
tanlangan ob`ekt ustida sichqoncha chap tugmasi bosilganda faollashadi va 
OnClick xodisasida dasturchi ko’rsatgan amallarni bajaradi. OnCreate xodisasida
tanlangan ob`ekt yaratilayotganda qanday amal bajarilishi kerakligini, OndblClick 
xodisasida ob`ekt ustida sichqoncha chap tugmasi ikki marta bosilganda qanday 
amal bajarilishi kerakligini ko’rsatiladi (2.24-rasmga qarang). 
2.24-rasm. OndblClick xodisasida ob`ekt ustida sichqoncha chap tugmasi 
ikki marta bosilganda qanday amal bajarilishi kerakligi 
 


46 
Dasturni(komandalari)ni yaratish va tahrirlash oynasi dastur bajaradigan 
amallar ketma ketligini o’zida mujassamlashtirgan va dasturchining dastur matnini 
kiritish va tahrirlash oynasi hisoblanadi. Bu matn dasturlash tilining maxsus qonun 
qoidalariga asoslangan xolda dasturning ishlash algoritmi kiritiladi. Delphi 
sistemasida Turbo Pascal dasturlashtirish tilining zamonaviy ko’rinishi bo’lgan 
Object Pascal dasturlashtirish tilining maxsus qonun qoidalariga amal qilinadi. 
Delphi dasturi yangi dasturning boshlang`ich qismi o’zi yaratadi (2.25-rasmga 
qarang). Bunda yaratiladigan dasturning talablaridan kelib chiqqan xolda kerakli 
o’gartirishlar kiritishi yoki qo’shimchalar qilinadi. 
2.25-rasm dasturning boshlang`ich qismi 
Delphida dasturlashtirish jarayonida operatorlarni kiritish yoki xatolarini 
to’g`rilash uchun xuddi MS Worddagi kabi tahrirlash ishlari bajariladi. YOzilgan 


47 
dasturdagi operatorlarnivazifasi va turiga qarab Delphi sistemasi avtomatik tarzda 
operatorlarni qalin, qiya yoki boshqa rangda tasvirlaydi. Bu esa dasturni 
tahrirlashda va tushunishda katta yordam beradi. 
Delphida File


Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin