5
O’
RGANISHDAN
MAQSAD
.
Ma’lumki insoniyat o’zining qadimgi tarixiga xamma
vaqt qiziqish bilan qaraydi. Bu davrni biz qadimgi
davr deb ataymiz. Bu davrda yashagan xalqlar o’z tili
madaniyatiga ega bo’lgan Mavzuni o’rganishdan
maqsad ushbu mavzuda o’zbek xalqining qadimgi va
o’rta asrlardagi madanoyati , ma’naviyati, milliy
fazilatlari , urf odatlari an’analari va asrlar davomida
qon-qoniga singib ketgan turmush tarzi , ma’naviyati
masalalari va ularning qay darajada madaniyatli
ekanligini o’rganish zarurati dolzarb mavzu
hisoblanadi. Navoiy ham bunga alohida e’tibor
qaratgan. Prezidentimiz ta’rifiga ko’ra tarixni
bilmasdan turib esa o’zlikni anglash mumkin
emasligini tushunish va tushuntirish lozim.
Wed
n
es
da
y,
M
ay
3
0,
2018
6
Alisher
Navoiy
(taxalluslari;
asl
ismi
Nizomiddin Mir Alisher) (1441.9.2. — Hirot —
1501.3.1) — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir,
davlat
arbobi.
Alisher Navoiyning ota tomondan bobosya
Amir Temurning Umar Shayx ismli o‘g‘li bilan
ko‘kaldosh (emikdosh) bo‘lib, keyinchalik
Umar Shayx va Shohruxning xizmatida
bo‘lgan. Otasi G‘iyosiddin Bahodir esa
Abulqosim
Boburning
yaqinlaridan;
mamlakatni idora etishda ishtirok etgan.
Onasi (ismi noma’lum) Kobul amirzodalaridan
Shayx Abusaid Changning qizi. Alisher
Navoiyning bolaligi Shohrux hukmronligining
so‘nggi yillariga to‘g‘ri kelgan.
7
U temuriyzodalar, xususan bo‘lajak
podshoh Husayn Boyqaro bilan birga
tarbiyalangan. 4 yoshida maktabga borib,
tez savod chiqarib, turkiy va forsiy tildagi
she’rlarni o‘qib, yod ola boshlagan. O‘zbek
tili bilan bir qatorda forsiy tilni ham
mukammal egallagan. 1447 yil 12 martda
mamlakat podshohi Shohrux vafot etgach,
taxtga da’vogarlar orasida o‘zaro kurash
boshlanadi. Urush-janjallar ko‘p kishilarni
Xurosondan turli tomonga ko‘chib ketishga
majbur etdi. Alisher Navoiylar oilasi o‘z
tinchligini ko‘zlab, Iroqqa ko‘chishdi
(1449).
8
Taf shahrida Alisher mashhur «Zafarnoma» tarixiy
asari muallifi, shoir Sharafiddin Ali Yazdiy bilan
uchrashadi. Bu uchrashuv bolada yorqin taassurot
qoldiradi. G‘iyosiddin Bahodir oilasi Hirotga, qariyb
ikki yil muddat o‘tgach, qaytadi. Abulqosim Bobur
G‘iyosiddin Bahodirni Sabzavor shahriga hokim qilib
tayinladi. Alisher Navoiy Hirotda qolib o‘qishni davom
ettirdi. Alisher Navoiy she’riyatga g‘oyat qiziqdi,
Sharq adabiyotini qunt bilan o‘rgandi. Oila muhiti
bolaligidayoq unda adabiyotga zo‘r havas tug‘dirgan
edi. Tog‘alari Mirsaid — Kobuliy, Muhammad Ali —
G‘aribiy yetuk shoir edilar. Alisher Navoiylar uyida
shoirlar tez-tez to‘planishib, mushoira qilishar,
adabiyot va san’at haqida suhbatlashar edilar.
9
Alisher Navoiy 10—12 yoshlaridan she’r yoza boshlagan.
Tarixchi Xondamirning yozishicha, yosh Alisher
Navoiyning iste’dodidan mamnun bo‘lgan mavlono
Lutfiy, uning:
Orazin yopqoch, ko‘zumdan sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘ach quyosh.
matla’li g‘azalini tinglab: «Agar muyassar bo‘lsa edi,
o‘zimning o‘n-o‘n ikki ming forsiy va turkiy baytimni shu
g‘azalga almashtirardim...» degan. Alisher Navoiy 15
yoshida shoir sifatida keng tanilgan. She’rlarini turkiy
(Navoiy taxallusi bilan) va forsiy (Foniy taxallusi bilan)
tillarida yozgan.
10
Alisher Navoiy 13—14 yoshlarida otasi hayotdan ko‘z
yumadi. Uni Abulqosim Bobur o‘z tarbiyasiga oladi,
katta badiiy iste’dodi uchun g‘oyat e’zozlaydi. 1456 yil
oktabrda mamlakat poytaxti Hirotdan Mashhadga
ko‘chiriladi, Abulqosim yosh Alisherni ham, o‘z
xizmatida bo‘lgan Husayn Boyqaroni ham Mashhadga
olib ketadi. 1457 yilning bahorida to‘satdan
Abulqosim Bobur ham vafot etdi. Alisher Navoiy
uchun bu, otasi vafotidan keyingi, ikkinchi og‘ir
judolik bo‘ldi. U Mashhad madrasalaridan birida
o‘qishini davom ettiradi. Do‘sti Husayn Boyqaro esa
Marv va Chorjo‘y tomonlarga omad qidirib ketadi.
Xurosonni
temuriylarning
yana
bir
vakili,
Movarounnahr hukmdori Sulton Abu Said egalladi va
poytaxtini Samarqanddan Hirotga ko‘chiradi.
11
Husayn Boyqaroning taxtni egallash yo‘lidagi birinchi
raqibi — Abu Sayd edi. Alisher Navoiy oilasining
xohish-rag‘bati Husayn tomonda bo‘lib, bu avvalo
ularning oilaviy yaqinliklari bilan izohlanardi; bundan
yangi hukmdor ham yaxshi xabardor edi. O‘rtadagi bu
vaziyat Alisher Navoiy hayotini murakkablashtirgan.
Alisher Navoiy Mashhadda oddiy bir mullavachcha
sifatida yashadi. Shoirning bu davrdagi ijodida o‘z
yurtini sog‘inib yozgan g‘azallari talaygina. Orada,
xususan, yoz fasllarida Hirotga borib-kelib ham
turgan. 1463 yilda esa u uzil-kesil Hirotga qaytdi.
Biroq bu yerda ahvol o‘zgargan, shahar xarobaga
aylangan edi. Xuroson poytaxtida Sulton Abu Said o‘z
tartibini o‘rnatgan, muhim vazifalarga u bilan
Movarounnahrdan kelgan kishilar tayinlangan,
Alisher Navoiy ga yaqin kishilar quvg‘in qilingan,
Husayn Boyqaro bilan birga ketgan tog‘alari —
Mirsaid va Muhammad Ali urushda halok bo‘lgan,
yashash uchun biron joy topish muammo edi.
12
Alisher Navoiyning o‘sha kunlardagi ahvoli uning
keyinchalik ustozi Sayyid Hasan Ardasherta
Samarqanddan yozgan maktubidagi she’riy satrlarda
nihoyatda ta’sirli va haqqoniy ifodalab berilgan. Bu
vaqtda mamlakatda taniqli shoir bo‘lib qolgan Alisher
Navoiyni Abu Sayd ta’qib qilib, Hirotdan chiqarib
yuboradi. Shoir Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi.
Alisher Navoiy Samarqandda 1465 yildan 1469 yilning
bahorigacha yashadi, Fazlulloh Abu Lays madrasasida
o‘qib, turli fanlarga oid bilimlarini yanada
chuqurlashtirdi. Samarqandning ko‘zga ko‘ringan
shoirlari — Shayxim Suhayliy, Mirzobek, Mavlono
Xovariy, Mir Qarshiy, Harimi Qalandar, muammogo‘y
Uloyi Shoshiy, olim Mavlono Muhammad Olim va
boshqa bilan hamsuhbat bo‘ldi va do‘stlashdi
13
Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o‘rta asrdagi
Uyg‘onish davrining boshqa ulug‘ zotlari singari butun
hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo‘lishi lozimligini
ko‘rsatdi. U o‘z davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka
qarshi kurashdi, amaldorlarning o‘z vazifalarini
suiiste’mol qilishlarini va ta’magirliklarini fosh etdi,
ojiz, muhtoj kishilarni o‘z himoyasiga oldi. Sulton
Husayn Boyqaro podshohlik qilgan, Alisher Navoiy
hukumatda bosh vazir vazifasini egallagantshllarda
hech bir mamlakatga qarshi bosqinchilik urushi olib
borilmadi. Bosh vazir Alisher Navoiy madaniyat va
san’atning chinakam homiysi sifatida taniladi. Uning
faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalarni to‘g‘ri hal
etishga intilish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy
qatlamlarga, barcha qavmlarga bir xil munosabatda
bo‘lish, hech qaysi birini kamsitmaslik, hammaning
manfaatiga barobar xizmat qiladigan jamoat binolarini
qurishga alohida e’tibor berish oldingi uringa chiqa
boshladi.
14
Xondamirning qayd qilishicha, 80-yillar davomida Alisher
Navoiy o‘z mablag‘lari hisobidan Hirotda va mamlakatning
boshqa shaharlarida bir necha Madrasa, 40 ta rabot, 17
masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ga yaqin
hovuz qurgan yoki ta’mirlattirgan. Ular orasida Hirotdagi
«Ixlosiya», «Nizomiya» madrasalari, «Xalosiya» xonaqohi,
«Shifoiya» tibgohi, Qur’on tilovat qiluvchilarga
mo‘ljallangan «Dorul-huffoz» binosi, Mar-vdagi «Xusraviya»
madrasasi, Mashhaddagi «Dorul-huffoz» xayriya binosi va
boshqa noyob me’morlik yodgorliklari bor. Bu davrda
Hirotda adabiy hayot jo‘sh urgan. Alisher Navoiy atrofida
Shayxim Suhayliy, Xoja Osafiy, Binoiy kabi o‘nlab shoirlar,
Hasan Noiy, Xoja Abdullo Marvoriy, Qulmuhummad Udiy,
Shohquli G‘ijjakiy kabi o‘nlab sozandalar, Mirxond,
Xondamir kabi tarixchilar, Sultonali Mashhadiy, Abdujamil
Kotib, Xoja Hofiz Muhammad, Sultonali Koiniy,
Muhammad Xandon, Mavlono Hijroniy kabi mashhur
kotiblar, Behzod kabi musavvirlar qizg‘in ijodiy mehnat
bilan band edilar.
15
Hirotda, umuman Xuroson mul-kida ma’naviy
hayotning baquvvat ustunlaridan Abdurahmon Jomiy
bilan Alisher Navoiy o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik —
ustoz-shogirdlik ko‘p masalalarda hamfikrlilikka olib
keldi. Alisher Navoiyning o‘zbek tilidagi dastlabki yirik
asarlaridan «Hiloliya» qasidasi Sulton Husayn
Boyqaroga bag‘ishlangan bo‘lsa, forsiy tildagi birinchi
yirik asari «Tuhfat ul-afkor» (1476) qasidasi Jomiyga
bag‘ishlangan
edi.
1470-yillarning oxirlarida Alisher Navoiy o‘zining
o‘zbek tilida yozgan she’rlaridan iborat ilk devoni —
«Badoe’ ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni tuzdi.
Mazkur devonda 777 g‘azal, 85 ruboiy, 52 muammo, 46
qit’a, 53 fard, 10 tuyuq, 10 lug‘z, 3 mustazod, 5
muxammas, 3 tar-je’band, 2 musaddas bo‘lib, bunday
mukammal devonni tuzish Navoiygacha kamdan-kam
o‘zbek shoiriga nasib bo‘lgan. Alisher Navoiy «Badoe’
ul-bidoya» tuzilgandan keyingi davrda yozilgan
o‘zbekcha she’rlari asosida 1480 yillarning oxirida
«Navodir un-nihoya» («Behad nodirliklar») devonini
tuzdi.
16
1841 — 82 yillarda Alisher Navoiy «Chixl hadis»
(«Qirq hadis» yoki «Arbain») asarini yozadi. Bunda
Muhammad payg‘ambar(sav) ning qirq hadisi to‘rtlik
bilan she’riy ifodalab berilgan.
Alisher Navoiy mansub adabiy hayotda she’riy
janrlardan g‘azal, qasida, ayniqsa muammo yozishga
qiziqish kuchli edi. Alisher Navoiy forsiy devoniga 373
muammo kiritgan. Shunday adabiy mayllar tufayli
1485 yil muammo yozish qoidalari haqida maxsus
«Mufradot» asarini yaratdi.
Alisher Navoiyda o‘zbek tilida «Xamsa» — besh doston
yaratish maqsadi yoshligidan bo‘lgan. Bu maqsadini
1483—85 yillarda amalga oshirdi. Asar o‘zbek
adabiyoti shuhratini olamga yoyib, jahon
adabiyotining durdonalaridan biriga aylandi.
17
«Xamsa»dan keyin Navoiy yana bir qancha asarlar
yaratdi. 1485 yil uzining mashhur «Nazm ul-javohir»
asarini yozdi, bunda birinchi xalifalardan bo‘lmish
Hazrat Alining 266 ta hik-matli gapi ruboyi tarona
(to‘rt misrasi ham qofiyalangan) shaklida bayon
etilgan. O‘sha Davr kitobxonlari, shu jumladan,
tarixchi Xondamir bu asarni g‘oyat yuksak baholagan.
Alisher Navoiyning insonparvarlik faoliyati, ilg‘or
qarashlari, uning obro‘-e’tibori xalq orasida tobora
ortib borishi o‘z manfaatlarini ko‘zlagan saroy
a’yonlari orasida norozilik tug‘dirdi. Ular shoir bilan
podsho orasiga nifoq solishga urindilar. Natijada 1487
yilda Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni vazifasidan
bo‘shatadi, bosh vazir vazifasini Muhammad
Majdiddin egallaydi.
18
Navoiy esa Astrobodga hokim qilib tayinlanadi.
Navoiy hokimlik qilgan 2 yil davomida Astrobod
shahri va viloyati obodonlashib, qo‘shni davlatlar bilan
yaxshi munosabatlar o‘rnatiladi, savdo ishlari yo‘lga
qo‘yiladi. Alisher Navoiy Astrobodda ham ko‘p yangi
she’rlar yozgan, Hirotdagi yor-do‘stlariga maktublar
yo‘llab
turgan.
Uning
Astroboddan
Husayn
Boyqaroning katta o‘g‘li Badiuzzamonta yozgan
maktubini davlatni boshqarish haqidagi risola, deyish
mumkin.
Alisher Navoiy doim Husayn Boyqaroni adolatli va
ma’rifatli hukmdor qiyofasida ko‘rish orzusi bilan
yashadi. Astroboddan Husayn Boyqaroga va boshqa
amaldorlarga yozgan maktublarida ularni insof va
adolatga chaqirar, davlat idora usulida mustahkam
tartib o‘rnatish va ayrim islohotlar o‘tkazishga undar
edi. Lekin Alisher Navoiyning istaklari to‘la amalga
oshishi qiyin edi.
19
Astrabodda Navoiy bilan Husayn Boyqaro
munosabatlariga putur yetkazuvchi gaplar yuzaga
kelgach, podshoh Alisher Navoiyning Hirotga
qaytishiga ruxsat beradi. Husayn Boyqaro Navoiyga
bir nechta yuksak lavozimlarni taklif qiladi. Alisher
Navoiy rozi bo‘lmagach, unga «Muqarrabi hazrati
sultoniy» («Sulton hazratlarining eng yaqin kishisi»)
degan rasmiy unvon beriladi. Bu bilan u davlatning
hamma ishlariga aralasha olar va podshoh bilan
ko‘rishish imkoniga ham ega bo‘lar edi. Binobarin,
saroy amaldorlari, shu jumladan, Muhammad
Majdiddin ham har bir muhim masalani ko‘p vaqt u
bilan kelishishga majbur edi
20
Navoiy o‘zbek tilida she’riyat nazariyasi, aniq-rog‘i,
aruz vazni qoidalari haqida «Mezon ul-avzon»
(«Vaznlar o‘lchovi») ilmiy qo‘llanmasini yaratdi. 1494
yilda turkiy tildagi maktublarini to‘plab «Munshaot»
(«Maktublar») majmuasini tuzdi. 1495 yil Jomiyning
«Nafahot ul-uns» asarini «Nasoyim ul-muhabbat»
(«Muhabbat shabadalari») nomi bilan tarjima qilib, uni
qayta ishlab, turkiy mashoyixlar haqidagi yangi ma’-
lumotlar bilan boyitdi. Shu boisdan «Nasoyim ul-
muhabbat»ga Alisher Navoiy ning mustaqil asari
sifatida
qarash
mumkin.
Alisher Navoiy 1491—92 yillardan boshlab turkiy tilda
yozilgan hamma she’rlaridan yangi, yig‘ma devon
tuzishga kirishdi va bu ish 1498—99 yilda nihoyasiga
yetdi.
21
Devonning umumiy nomi «Xazoyin ul-maoniy»
(«Ma’nolar xazinasi») bo‘lib, 4 qismdan iborat
bo‘lganligi uchun «Chor devon» deb ham atalgan.
Devon shoirning butun hayoti davomida yozilgan
she’rlarini qamrab olgan, ularda Alisher Navoiy ning
barcha davrlaridagi kayfiyati, dunyoqarashi, orzu-
umidlari ifodalab berilgan. Taxminan shu yillarda
Alisher Navoiy forsiy she’rlaridan tashkil topgan
«Devoni Foniy» («Foniy devoni»)ni, forsiy tildagi 2
qasidalar majmualarini tuzib, forsiy she’riyat taraq-
qiyotiga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shdi.
Xurosonda forsiyzabon xalqlar ko‘pchillikni tashkil
etganligi inobatga olinsa, Alisher Navoiyning bu tilda
ham samarali ijod qilgani mamlakat ma’naviy
ehtiyojini yaxshi his etganligini bildiradi.
22
1490 yillarning o‘rtalariga kelib mamlakatda ijtimoiy-
siyosiy tanglik kuchaya boshlaydi. Temuriylar xonadonida
hukmdor o‘g‘illari o‘rtasida yuzaga kelgan ziddiyatlar esa
bu tanglikni yanada kuchaytiradi. Har bir shahzodaning
o‘z tarafdorlari bo‘lib, ularni murosaga keltirish ko‘p vaqt
Alisher Navoiy zimmasiga tushar edi. Bosh vazir
Nizomulmulk esa 1496—97 yillarda bu oilaviy
mojarolarda bir tomonlama harakat qilib, Muzaffar
Mirzonkt onasi — Xadicha begimga yon bosadi. Shu
asosda Husayn Boyqaro bilan Astrobodda hokimlik
qilayotgan Badiuzzamon o‘rtasida harbiy to‘qnashuv yuz
berdi. Saroydagi fitna, jumladan, Nizomulmulkning
qabihligi natijasida Badiuzzamonning o‘g‘li, Husayn
Boyqaroning eng sevimli nabirasi, Navoiyning esa ixlos
qo‘ygan shogirdi Mo‘min Mirzo fojiali o‘ldiriladi. Bular
hammasi Alisher Navoiy hayoti va kayfiyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
23
Alisher Navoiyning she’riy dahosi 15-asr oxirlariga
kelib yana jo‘sh urdi. U 2 yil mobaynida 2 ta yirik asar
— «Lison ut-tayr» («Qushlar tili») dostonini va
«Muhokamat ul-lug‘atayn» («Ikki til muhokamasi»)
nomli ilmiy asarini yaratdi. Alisher Navoiyning
so‘nggi buyuk asarlaridan yana biri nasriy pandnoma
yusinida
yozilgan
«Mahbubul-qulub»
(«Qalblar
sevgani»)dir. U Sharq adabiyoti tarixida Shayx
Sa’diyning «Guliston», Kaykovusning «Qobusnoma»,
Nizomiy Aruzi Samarqandiyning «Chor maqola» kabi
asarlari qatorida turadi. Bu asarida Alisher Navoiy
o‘zining hayot yo‘lini, boshidan kechirgan turmush
mashaqqatlarini
yorqin
tasvirlab
bergan.
24
Zotan o‘zbek she’riyatida inson dardi va hasratlarini, o‘z
sevgilisiga talpinishlarini Navoiydan o‘tkazib ifodalagan
shoirni topish qiyin. Alisher Navoiy ning ishqiy mavzuda
yozgan she’rlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri
shundaki, ulardagi ko‘p g‘oya va timsollar, tasviriy detallar
an’anaviy xarakterga ega. Shu bilan birga ishq va ishqiy
obrazlar talqinida ham boshqa mumtoz ijodkorlar kabi
Alisher Navoiy ramziylikka ko‘p o‘rin beradi. «Yor» — bu
dunyo go‘zaligina emas, uningcha, bu — butun borliqni
yaratgan va hamma narsani harakatga keltirib turgan
Alloh hamdir. Shoir o‘zining tasavvufiy she’rlarida yorning
qoshi, ko‘zi, zulfi, sochi (va h.k.) deganda Allohning kuch-
qudrati, mehri, oliy darajadagi go‘zalliklarini ko‘zda tutadi.
Alisher Navoiyning barcha lirik janrlarga oid she’rlari
yuksak mahorat bilan yozilgan bo‘lib, inson manfaatlariga,
uning e’tiqodini mustahkamlashga, ruhini
sog‘lomlashtirishga xizmat qiladi. Uning falsafiy, axloqiy
mazmundagi hayot nafasi ufurib turgan har bir she’ri bu
janrning o‘lmas namunalaridir (yana q. «Xazoyin ul-
maoiiy»).
25
Ulug‘ shoir ijodining shoh asari «Xamsa» 5 dostondan
iborat. Bular «Hayrat ul-abror» («Yaxshilar hayrati»),
«Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ayi
sayyor» («Yetti sayyora»), «Saddi Iskandariy»
(«Iskandar devo-ri») dostonlaridir. Fors adabiyotidagi
xamsachilikka javob sifatida o‘zbek tilida birinchi
marotaba yaratilgan Alisher Navoiy «Xamsa»si bu
tilning cheksiz imkoniyatlarini amalda isbot etdi. 52
ming misradan iborat bu beshlik 15-asr islom
tafakkurining borliq va tabiat, inson va jamiyat,
axloq va kamolot haqidagi o‘ziga xos qomusi edi.
Shoir voqealarni qadim Sharq tarixining Xusrav,
Bahrom, Iskandar kabi nomlari afsonalar bilan
chulg‘angan shaxslar, Layli va Majnun kabi oshiqlar
hayotidan oldi. Ularga yangi mazmun berdi, turkona
ruh
kiritdi.
Davrning
dardli
masalalarini,
avlodlarning orzu va armonlarini ko‘tarib chiqdi
26
Alisher Navoiyning katta adabiy va tarixiy
ahamiyatga ega «Munshaot» asari uning turkiy tilda
o‘z zamondoshlari — podshohlar va shahzodalar, ilm
va adabiyot axdlari bilan olib borgan yozishmalari
majmuidan iborat, maktub janrining mukammal
namunalari sanaladi. Maktublarning miqdori turli
qo‘lyozmalarda turlicha, bir-birini to‘ldiradi. Alisher
Navoiy o‘zining forsiy maktublarini ham yig‘ib,
«Munshaot» tuzgan. Biroq u bizgacha yetib kelmagan.
Alisher Navoiyning eng muhim asarlaridan biri
«Vaqfiya» bo‘lib, bir qarashda, shoir va buyuk davlat
arbobining o‘zi kurgan imoratlariga vaqfi, ya’ni
rasmiy hujjatidek ko‘rinsa ham, aslida unda Sulton
Husayn Boyqaro davri davlat tizimi, Alisher
Navoiyning bu davlatni boshqarishdagi o‘rni, uning
tarjimai holi, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy qarashlari
katta bilimdonlik va aniqlik bilan yoritilgan.
27
Alisher Navoiy asarlari o‘nlab xalqlarning tillariga
tarjima bo‘lgan. Mac. «Majolis un-nafois» 16-asrdayoq
fors tiliga Faxriy bin Sulton Muhammad Amiriy,
Muhammad Qazviniy va Shohali Abduali Nishopuriy
tomonidan 3 marta tarjima qilingan. Alisher
Navoiyning boshqa tillarga tarjima qilingan dastlabki
badiiy asari «Sab’ai sayyor» bo‘ldi. Xristofor
Armaniyning 1557 yilda italyan tilida nashr etilgan
«Sarandib shohi uch o‘g‘lonining ziyorati» asarida
Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» dostonidagi
qoliplovchi hikoyasi — «Bahrom va Dilorom» hikoya
qilinadi. Bu asar nemis, frantsuz va golland tillariga
tarjima qilinib, 11 marta nashr etilgan.
Wed
n
es
da
y,
M
ay
3
0,
2018
28
X
ULOSA
Buyuk mutafakkir tilshunos olim, zullisonayn
ijodkor so’z mulkining sultoni bobokalonimiz
Alisher Navoiy ma’naviyat masalasiga katta
e’tibor qaratgan. Milliy g’oyamizning tarkibiy
qismiga kiruvchi “komil inson” g’oyasini Farxod
obrazida talqin qilib hamsashunoslikda ham tub
burilish yasagan. Uning qahramoni Farxod yovuz
dev, ajdarlar bilan kurashgan. Aslida ular inson
kamolotining kushandasi bo’lgan nafs, ochko’zlik,
tarbiyasizlik va savodsizlik edi. Alisher Navoiy
chin ma’noda ma’naviyat, o’zbek xalqining
kuychisi edi desak mubolag’a bo’lmaydi.Uning
asarlaridagi ma’naviyat masalasini o’rganish,
tatbiq etish dolzarb masalalardan bo’lib qoladi.
Wed
n
es
da
y,
M
ay
3
0,
2018
Dostları ilə paylaş: |