Yuqori riskli (venture capital), ya’ni
venchurli moliyalashtirish natijalarini
noaniqligi, mavhumligi, tahlikaligi,
qaltisligi, xavf-xatarliligi yoki riskliligi bilan
tavsiflanadi. Bir so’z bilan ifodalaganda,
investitsiyalarni moliyalashtirishni risklilik
darajasi yuqori bo’lganligi bilan
xarakterlanadi. Bunda qo’ldan keladigan
investitsiyalarni kelajakda maqsadlariga
erishish imkoniyatlari past bo’lishi, yoki
umuman qo’yilayotgan maqsadni qo’lga
kiritilishi noaniq bo’lishi, yoki umuman
kiritilayotgan kapital yo’qotish
imkoniyatlari yuqori ekanligi
oldindan
noma’lum bo’lishi bilan aniqlanib turadi.
Venchurli investitsiyalarni qimorga tikish,
kazino, ruletka kabi o’yinlarga mablag’
tikish bilan taqqoslash mumkin bo’lgan
investitsiyalardir. Venchurli investitsiyalar
o’zlarining oqibatlarini noma’lum ekanligi
bilan ajralib turadi.