RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary
Scientific Journal June, 2022
196
ABSTRAСT
Zoology classes and extracurricular activities. They allow students to develop
their scientific worldview, prepare them for professional orientation and practical life.
The main purpose and tools of teaching Zoology.
The purpose of the zoology course is to provide students with a general knowledge of
animals, prepare young people
for independent life and labor, nurture the spirit of
kindness towards Mother Nature and el - yurt.
Key words: Zoology, lesson, pupil, occupation.
Hikoya metodi. Hikoya dars metodlarini ko‘zi ojiz o‘quvchilar obrazli va izchil
bayon qilishdan iborat. Zoologiyani o‘qitishda ko‘zi ojiz o‘quvchilar
bu metod
yordamida hayvonlar tuzilishi va hayot kechirishini tasvirlash,
hayvonlar hayotiga
tegishli o‘qituvchining o‘zi bilgan, eshitgan voqealarni hikoya qilib berish orqali
amalga oshiriladi. Zoologiyani o‘qitishda hikoya metodi sof holda qo‘llanmasdan balki
boshqa metodlar; suhbat, ko‘rgazmali, muammoli izlanish, namoyish qilish, amaliy va
boshqa metodlar bilan birga qo‘shib olib boriladi. [2]
Hikoyaning samarasi
o‘qituvchining mavzuni to‘g‘ri tanlashi, muammoni qo‘ya bilishi bilan bog‘liq.
Masalan, sudralib yuruvchilarni o‘rganishda ularning
tashqi tuzilishi suvda va
quruqlikda yashovchilardan qanday farq qilishini aniqlashni o‘quvchilar o‘rtasiga
tashlash mumkin. Hikoya metodi o‘qituvchidan nutqning ravon bo‘lishi, so‘zlarni
adabiy tilda to‘g‘ri talaffuz etishni, fikrni qisqa va aniq ifodalanishni talab etadi.
Hikoyaning ayrim qismlari badiiylashgan yoki badiy adabiyotlardan olingan misollar
bilan boyitilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, xivchinlilar
mavzusida uyqu kasalligi
qo‘zgatuvchisi se - se pashshasi orqali tarqalishi pashsha faqat tropik Afrikada
uchrashini tushuntirishda fransuz fantast yozuvchisi Jyul Vernning “Kapitan
Grant
bolalari” asaridan misol keltirish mumkin.
Suhbat metodi. Suhbat o‘quv materialini ko‘zi ojiz o‘quvchilarning faol
ishtirokida savol - javob orqali o‘rganishdan iborat. Buning uchun o‘qituvchi suhbat
mavzusini aniqlab, o‘quvchilar savol va vazifa qo‘shadi. O‘quvchilar esa savollarga
javob berish uchun o‘z
bilimlarini ishga solishadi, faol fikr yuritishadi, ko‘pincha
berilgan savollarga ijodiy yondoshishga harakat qilishadi. [3] Odatda suhbat shaklida
dars olib borish uchun o‘quvchilar dars mavzusi bo‘yicha biroz bilimga ega bo‘lishlari
zarur. Masalan, baliq, kaptar yoki itni ko‘pchilik o‘quvchilar yaxshi bilishadi. Shuning
uchun bu hayvonlarni suhbat orqali o‘rganish juda qulay. O‘quvchilar ko‘rmagan, lekin
ular eshitgan hayvonlar ( masalan, ayiqlar, kitlar ) ni ham suhbat orqali o‘rgatsa bo‘ladi.
Suhbatni mavzuni tushuntirishdan oldin kirish so‘z bilan boshlash mumkin.
Bunday
suhbat yangi mavzuni oldingi o‘tilgan darslar bilan bog‘lash uchun o‘ tkaziladi. Dars