Research and education issn: 181-3191 volume


RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022



Yüklə 191,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix20.03.2023
ölçüsü191,1 Kb.
#88894
1   2   3   4
195-198

RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2022
 
 
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal June, 2022 
197
 
oxirida o‘tkaziladigan yakuniy suhbatda esa mavzuni o‘rganish yakunlanadi. 
Tekshirish maqsadida o‘tkaziladigan umumlashtiruvchi suhbatda esa o‘tilgan mavzu 
takrorlanishi va mustahkamlanishi bilan birga o‘quvchilar bilimi baholanadi. Suhbat 
qiziqarli bo‘lishi bilan birga mavzuni yaxshi o‘zlashtirishga imkon berishi, 
savollarning muammoli qo‘yilishi katta ahamiyatga ega. Masalan, qushlarning tashqi 
tuzilishini o‘rganishda suhbatni "qushlar tashqi tuzilishining qaysi xususiyatlari ularni 
havoda uchishga moslashganligini ko‘rsatadi ? " mazmunidagi savol bilan boshlash 
mumkin. Bunday savol o‘quvchining fikrlashini faollashtirib, uning diqqatini dars 
materialiga qaratadi. o‘quvchilar qushlar gavdasining pat bilan qoplanganligi, qanoti, 
dumi, tishlar o‘rniga muguz tumshug‘i bo‘lishini yaxshi bilishadi. Lekin qushlarning 
parvoz qilishi patlarining tuzilishi, ular gavdasining shakli va yengil bo‘lishi bilan 
bog‘liqligini bilmasliklari mumkin. 
Amaliy metod. Mazkur metodlar yordamida tayanch - harakatlanishida nuqsoni 
bor o‘quvchilar tajriba o‘tkazish, kuzatish va taqqoslashni o‘z ichiga oladi. Bu 
metodlar hayvonlar ustida tajriba o‘tkazish, ularning hayoti va xatti harakatlarini 
kuzatish, tuzilishi va hayot kechirishini taqqoslash, ularni yig‘ ish, kolleksiyalar 
to‘plash, aniqlovchi yordamida aniqlash, rasm chizish va boshqa vositalar orqali 
amalga oshiriladi. [4] 
Ko‘rgazmali metodlar. Bu metodlar yordamida tayanch - harakatlanishida 
nuqsoni bor O‘quvchilar tirik va tabiiy obyektlarni tayyor kolleksiya, quruq va ho‘ l 
preparatlar, jadvallar, rasmlar, o‘quv kino va vidieofilmlar, kompyuter, elektron 
darsliklar, multimediyalar namoyish qilish, modellashtirilgan elektron dasturlar va 
boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi. O‘quv jarayonida ko‘rgazmali metodlar 
hikoya, suhbat, amaliy muammoli va boshqa metodlar bilan olib boriladi. Mantiqiy 
metodlar induktiv, deduktiv, qiyoslash, tahlil qilish, umumlashtirish kabi metodlarni 
o‘z ichiga oladi. Induktiv metod hususiy tushunchalardan umumiy tushuncha hosil 
qilishdan, deduktiv metod esa aksincha, induktiv yo‘l bilan olingan tushunchalarni 
kengaytirib, boshqa obyekt va hodisalarga nisbatan qo‘llashdan iborat. Solishtirish, 
qiyoslash metodi yordamida tayanch - harakatlanishida nuqsoni bor o‘quvchilarda 
biologik obyekt va hodisalarni o‘zaro taqqoslash orqali ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va 
farq qiluvchi belgilarni aniqlashdan iborat. Zoologiya darslarida bu metod orqali 
hayvonlarning tuzilishi, hayot kechirishi va xatti harakatlari solishtirilib, ularning 
o‘zoro qarindoshlik munosobatlari, turli sistematik guruhlar uchun umumiy bo‘ lgan 
qonuniyatlar o‘rganiladi. Tahlil qilish metodi yordamida tayanch - harakatlanishida 
nuqsoni bor o‘quvchilar o‘rganilgan hayvonlar va ular hayoti to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni tahlil qilish, ular o‘rtasidagi umumiy belgilarga asoslanib, ularni 
tarkibiy qismlar va guruhlarga ajratishdan iborat.[5] 



Yüklə 191,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin