Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi



Yüklə 389,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix21.03.2023
ölçüsü389,5 Kb.
#88952
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
(2 soat) 
 
R e j a : 
 
1. Turkiy tillarning morfologik tuzilishi. 
2. Turkiy tillarda so`z tarkibi. 
3. Turkiy tillarda kelishik kategoriyasi. 
4. Turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi. 
5. Turkiy tillarda egalik kategoriyasi. 
Turkiy tillarda grammatik shakllar evolyutsion yo`l bilan rivojlanishda davom 
etgan. To`rkiy tillarda tarixan grammatik kategoriyalarning rivojlanishi leksik 
shakllarga nisbatan juda sekin yuz beradi. 
Turkiy tillar ham genetik, ham tipologik jixatdan bir-biriga yaqindir. Turkiy 
tillar tillarning morfologik tasnifiga ko`ra, agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. 
Agglyutinativ tillarda qar bir grammatik ma'no, odatda, aloxida affiks bilan 
ifodalanadi. Agglyutinativ tillarga turkiy tillar, ugor-fin tillari, iberiy-kavkaz tillari, 
dravid tillari kiradi. Turkiy agglyutinativ tillarning o`ziga xos morfologik 
xususiyatlari mavjud bo`lib, ular kuyidagilardan iboratdir: 
1. So`z doimo o`zakdan boshlanib, u o`zgarmasdir. O`zakka qo`shilgan affiks 
uni fonetik jihatdan o`zgartirmaydi. 
2. So`z shakllarini xosil qilish affikslar vositasida amalga oshiriladi. 
3. Bir so`zning turli shakllari fakat bir o`zakdan hosil qilinadi, bunda 
suppletiv shakllar mutlaqo ishtirok etmaydi. 
4. So`zda o`zak va affiks organik birikib ketmaydi, ular orasidagi chegara 
aniq va ravshan bo`ladi: ishladi so`zida ish-o`zak, -la -fe'l yasovchi affiks, -di -
zamon yasovchi affiks. 
5. Har bir grammatik ma'noni ifodalash uchun aloxida affiks so`z o`zagiga 
ko`shiladi: so`zlashganlar, qishloqdagilar kabi. 
Turkiy tillarda so`z tarkibi 
Turkiy tillarda so`z tarkibi o`zak va affiksdan iboratdir. Turkiy tillarda fonetik 
jixatdan o`zakning quyidagi ko`rinishlari mavjud: 
1. Faqat bir unlidan iborat bo`lgan o`zak: u, o kabi. 
2. Bir unli va bir undoshdan iborat bo`lgan o`zak: ol, ot, bu shu, na, ma. 
3. Bir unli va ikki undoshdan iborat bo`lgan o`zak: bosh, qo`l, don, ont, ost, 


ust; ona, ota, o`qi. 
4. Bir unli va uch undoshdan iborat bo`lgan o`zak: to`rt, tort 
5. Ikki unli va ikki undoshdan iborat bo`lgan o`zak: bola; dala. 
6. Ikki unli va uch undoshdan tarkib topgan o`zak: tomon, somon. 
O`zak ko`rinishlaridan uchinchisi (SGS) ko`p tarqalgandir. Qolganlari juda 
kam darajada uchraydi. 
Turkiy tillardagi o`zakning strukturasi va taraqqiyoti haqida turli xil fikrlar 
mavjud. V.L.Kotvich yuqorida ko`rsatilgan o`zak tiplari turkiy tillarda azaldan 
mavjud desa (34:30). N.A.Baskakov o`zak ko`rinishining uchinchi tipi (SGS) 
turkiy tillar uchun xarakterli va qolgan barcha ko`rinishdagi o`zaklar shu tipning 
taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgan deydi. (8:141). Turkolog A.Zayonchkovskiy 
qamma tip o`zaklar 
ikkinchi tip (SG) o`zaklarning taraqqiyoti natijasida yuzaga kelganligini 
o`kdiradi (25:28-35, 47:39-44). 
Demak, turkiy o`zak qaqida uch xil fikr mavjud bo`lib, ulardan uchinchisini 
haqiqatga yaqin deb hisoblaymiz. Chunki hozir uch tovushga ega bo`lpsh 
anchagina o`zaklar kadimgi turkiy obidalar va "Devonu lug`otit turk"da hamda 
o`g`uz gurux, tillarida ikki tovush (SG) xolida uchraydi. 
Masalan: sa (sana), ba (bog`la), yu (yuv); ol (bol). 
Turkiy tillar taraqqiyotining xamma bosqichlarida yangi so`z o`zakka affiks 
ko`shish bilan hosil qilingan. 
Turkiy tillarda affikslarning turlaridan biri o`zakdan keyin ko`shiluvchi 
postfikslar mavjud. Affiksning prefiks, infiks kabi turlari turkiy tillarda yo`q. Faqat 
boshqa tillardan o`zlashgan so`zlardagina prefikslar mavjud. 
Turkiy tillarda kelishik kategoriyasi. Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar mikdor 
jiqatidan uncha farq qilmaydi. O`zbek, qorakalpoq, turkman, ozarbayjon, tatar, 
gagauz tillarida oltita, kozoq tilida yettita, xakas va chuvash tilida sakkizta, yokut 
tilida to`qqizta kelishik mavjud. 
Bu tillardagi ortiqcha kelishik shakllarining aksariyati mazkur tillar 
taraqqiyotining keyingi davrida vujudga kelgandir. 
Turkiy tillarda hozir ishlatiladigan va ishlatilmaydpgan kuyidagi kelishiklar 
hamda ularning shakllari bordir: Bosh kelidshk, uning ko`rsatkichi yo`q. 
Karatkich kelishigi. Turkiy bobo til davrida bu kelishikning funktsiyasi izofa 
konstruktsiyasi orqali amalga oshirilgan. Karatqich kelishigi va uning shakli 
keyingi davrning maxsulidir. Qaratqich ko`rsatkichi -nii, -in genetik jix,atdan 
bog`lik, bo`lgan -ninki, -inki, -ki affikslarining shakllanishiga ta'sir qilgai. Menin 
shakln msnink tarzida talaffuz etilishi bir I unlisining orttirilishiga sabab bo`lgan, 
natijada meninki shakli yuzaga kelgan, ya'ni butun bir affiks -ki affiksi urchib 
chiqkdn. Bu affiksning eski shakli -qaratqichning -npn shaklidan -ninki, -in 
shaklida bo`lganki, biz buni hozirgi turkman tilida va o`g`uz lahjasining Hazorasp-
Yangiarik shevasida kuzatamiz: turkman tilida: meninki, seninki, apaminki, 
kakaminki; Xazorasp shevasida: apaminki, apamki, kabi. 
Bo` shaklning aslida qaratqich affiksiga bevosita aloqasi bo`lganligini tarixiy 
yodnomalardan to`plangan faktlar ham taslik^shnli (15:47; 42:50). Masalan, 
"Bobirnoma"da ul qal'a bobomnin durur kabi shakllar bobomnikidir shakli bilan 


bir xil fukntsiyada kelgan. 
Meninki shaklidan ajralib chiqqan (qaratqichdan urchigan) -ki affiksi 
analogiya qonuniga muvofiq o`z ma'nosini asosan saqlagann holda, ot 
kategoriyasidagi boshkd so`zlarga qam ko`shilib, biror predmetga qarashlilik, 
munosabat ma'nolarini x,am ifoda zta boshlagan. Bu affiks til taraqqiyotining
so`nggi davrlarida, o`rin kelishigi affiksi 
li shakli bilan ifodalangan. Bu kelishik shakllari turkiy tillar tarakqiyotining 
keyingi davrida ko`makchilardan va boshqa til elementlaridan vujudga kelgan 
(5:48). 
Masalan, qozoq tilidagi nominativ kelishik shakli -men, -pen bilan 
ko`makchisining tarak,k,iyotidan kelib chpk.qai: bnlan > menei meI kabi. 
Turkiy tillarda chiqish-o`rin kelishigi -gaG`-g), -daG`-de shakllarigl ega 
bo`lR1b, u qadimgi turkiy tilda ham x,ozirgi ma'nosila ko`llanilgan: tabg`ach 
qag`anta (xitoy qoqonidan), kozda yash (ko`zda yosh). Bu shakllar qozirgi yokut, 
tofalar tilida partitiv ma'noni ifodalash uchun xizmat qiladi: yokutcha u:ta bas 
(suvdan ol), malta yurt (o`tindan kes); tofalarcha sug`da val (suv keltir), neshta van 
(o`tin ber). 
Xulosa qilib aytganda, turkiy tillar taraqqiyoti natijasida, asosan olti kelishik 
shakllari tobora stabillashib bormokda. 
Turkiy tillarda grammatj son kategoriyasi. Grammatik son kategoriyasi 
odatda birlik va ko`nlik shakllarining oppozitsiyasidan tashkil topadi. Turkiy 
tillarda ko`plik -lar va uning turli variantlari yordamida ifodalanadi. Lekin bu shakl 
chuvash tilida yo`q. Turkiy tillarda -lar affiksi olmagan otlar umumlashgan 
predmet nomini bildiradi. Masalan, kitob, daraxt so`zlari yakka kitob, daraxtni 
qam, kitob, daraxtlar yig`indisini ham ifoda eta oladi. Shunga asoslanib ba'zi 
tadqiqotchilar -lar affiksi ko`shilmagan shaklni noaniqson shakln deb 
xdsoblaydilar (36:80). Ko`plik shakli -lar faqat ot turkumidagi so`zlarga emas, 
balki barcha mustaqil so`z turkumlariga ham ko`shilib keladi. Ko`plikning takror 
vositasida ifoda etilishi ham turkiy tillarda keng tarqalg`an: o`zbskcha: dasta-dasta 
gul, no`g`oycha shay-pay (choy-poy). 
Shuni aytish kerakki, qadimgi turkiy yodnomalar tilida -lar affiksi nihryatda 
kam ishlatilgan. Jamlik ko`plikni nfodalovchi -z, -kG`, -kG`, -l, -m, -n, -r, -s, -ch, -
sh ko`rsatkichlari ko`llanilgan. 
-z ko`rsatkichi kishilik olmoshlari tarkibida ko`plikni ifodalayln, chunki 
qadimgi turkiy biG`G`mi, si o`zagiga qo`shilgaidir: biz, siz. Bu olmoshlar 
ksyinchalik hurmat ma'nosini ifodalab, ikkimchi shaxs birlikda ko`llanila 
boshlagach, ko`plik uchun -lar shaklini ko`shganlar. • Ba'zi tilshunoslar -G`iG`z 
ko`rsatkichiii ikkilik son shakli leb hisoblaydilar. Masalan, turk tilida ikiz (egiz), 
gez (ko`z), geguz (ko`kraq), tiz (tizza), omuz (elka), tatar tilida myogez (shox) 
kabi. 
-kG`-k ko`rsatkichi qadimgi turkiy bobotil davrida ko`plik ma'nosida 
maqsuldor ko`llanilgan. Hozirgi turkiy tillarda -kG`-kG` ko`rsagkichlp ba'zi 
so`zlargina saqpanib qolgan: yokut tilida talax, kumax, ko`miqtilida talak, ko`mak, 
shor tilida kumaq, boshqa turkiy tillarda tok, kum. Dastlab talak so`zi tollar, kumak 
so`zi kumlar ma'nosida ishlatilgan. 


-L ko`rsatkichi jamlov ko`plik ma'nosini ifodalovchi jamlovchi affiks -la, -len 
tarkibida saqpangan. K^iyoslang: o`zbek tilida ikevle. ikevlen; oltoy tilida yekile, 
uchule, uyg`ur tilida ikkilen, hakas tilida altalan (oltovlon). 
-M ko`rsatkichi jamlov, jamlov-ayiruv ma'nosini ifodalashga xizmat qilgan va 
xozirgi turkiy tillarda bu shakl tartib sonlarni ifodalovchi -shchi, -imchi, -lamchi, -
lemchi affikslari tarkibida sakG`tngan. Masalan, ozarbajon tilida birimji, ikimji, 
uchumji, beshlemchi kabi. Bu so`zlar dastlab ikkilik va jamlik ma'nosini 
ifodalagandir (35:50). 
-N ko`rsatkichi jamlik ma'nosini ifodalovchi olmoshlar tarkibida keladi: 
kadimgi turkiy tilda barsh (qamma), ko`miq tilida barsh (qamma). Kddimgi turkiy 
tillarda ko`plik formasi -aG`n ko`llanilgan: oglan (o`g`illar), yeren (erlar), kfqsh 
(qizlar) kabi. 
Bundan tashqari, jamlik ko`plikni ifodalovchi -len, -gun affikslari tarkibida 
kelgan. O`zbek tilida ikegun, uchegun kabi (64:153). 
-R ko`rsatkichi jamlov ko`plikni ifodalab, turkiy tillarning barchasida 
ishlatiluvchi -lar va chuvash tilidagi ko`plik shakli -sar tarkibida keladi. Masalan, 
tuva tilida adshar - otlaring, hakas tilida kimener - kelmanglar, oltoy tilida adagar - 
otanglar, dolngar -yo`linglar, qirg`iz tilida alasshar - olinglar, chuvash tilida 
xar'nzar -xur'nsar - qayinlar. 
-S ko`rsatkichi turkiy tillarda juda kam ko`llaniladi, uni chuvash tilida 
ko`plikni ifodalovchi -serG` -zarG` -sem tarkibida ko`ramiz: yo`ldashsem - 
o`rtoqdar, purz'm'r - hammamiz. 
-Ch ko`rsatkichi va -Sh ko`rsatkichi ham jamlov ko`plikni ifoda etadi. Xullas, 
turkiy tillarda ko`plikni ifodalovchi -lar, -ler, -sar, -sem affikslarining xarakteri 
x,aqida fikr bildirilgan bo`lsa ;am, jamlov-ko`plikni ifodalovchi ko`rsatkichlar 
haqida starli daraj; da mulohaza yuritilmagan. 
Turkiy tillarda egalik kategoriyasi. Egalik kategoriyasi qdrashlilik ma'nosini 
ifoda egadi. Egalik kategoriyasining shakllari uch shaxsga va birlik hamda o`plik 
songa tegishlidir. 
Birlik sonda 
1-shaxs: -m, -mm, -im 
2-shaxs: -n, -sh, -in, -g`, -gg`, -ig 
3-shaxs: -g, -i, -sm, -si 
Ko`plik sonda 
1-shaxs: -bp, -biz, -gbp, -mbiz 
2-shaxs: -np, -niz, -shiz, -iniz, -g`gz, -ig`iz 
3-shaxs: -m, -i, -sm, -si 
Egalik kategoriyasinikg shakllari qaratqich kelishigi shakli bilan chambarchas 
bog`liq, Egalik shakli bilan ko`llangan so`z old! da juda ko`p xrllarda qaratqdch 
kelishigidagi so`z keladi. Ular belgili yeki belgisiz xolatda bo`lishi mumkin. 
Masalan: (mening) uyim, (sening) uying, (uning) uyi; kitobxonlar uyi. Shuning 
uchun ba'zi tadqiqotchilar chgalik kategoriyasini qaratqich kelishigi bilan bog`liq 
xrlda o`rganadilar. Ularning fikricha, dastlab turkiy tillarda prefiks va karatqich 
kelishigining yo`qligi egalik shakllarini keltirib chiqargan (55:277). 
Egalik shakllari kishilik olmoshlari asosida shakllangan. Masalan: men-m, 


sen-ng, biz-miz, siz-ngiz kabi. Shuning uchun ham egalik affikslari bir vaqtning 
o`zida shaxs va son ma'nolarini ifodalaydi. Masalan, uyim so`zidagi -im birinchi 
shaxs birlik sonni ifoda etadi. 

Yüklə 389,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin