23
tasvirlangan. Adabiy
ijoddagi ichki kechinmadagi o`zgarishlar, xavotir, ichki
muammolar,
bolalik xotiralari, tushlarni qo`shgan xolda
psixoanalitik
ro`hshunoslar tamonidan tahlil qilinadi.
Dinamik-mo’ljaldagi artterapiya doirasida ijodiy, integral, faol artterapiyalar
ajratib ko`rsatiladi. Artterapiya vositalariga uymakorlik, chekanka, mozaika, g`anch,
rasm, mato va jundan narsalar yasash, to`qish, tikish, kuydirib yasash kabi kiradi.
2. Geshtal`t-mo’ljalldagi artterapiya. Bu turdagi artterapiyani ko`rib
chiqishdan
maqsadlar:
«Men» - funktsiyasini davolash yoki tiklash;
mijozga ramziy obrazlar yordamida shaxsiy kechinmalarni tushinish va uni
tushinishga yordam berish;
ijodiy ko`chni, aslini,
qobiliyatini ochish, qalb egiluvchanligini uyg`otish.
Artterapiyaning geshtal`t-mo’ljaldan yondoshish yo`llari bu - rasm chizish, to`qish,
qag`oz, buyoq, yog`och, toshlardan foydalanib yasash, so`hbatlar, hikoyalar yozish,
kuylash, kuy tanani ohanga most tebratish.
Artterapiya mashg`ulotlari 2 xil yo`l
bilan o`tkaziladi:
1- variant. Mijozga tayyor materialdan o`z rasmlaridan aniq mavzuga buyum yasash
imkoniyati beriladi. Bunda ajoyib, g`ayrioddiy ranglar uyg`o`nligi, o`ziga xos shakllar
va syujetning o`ziga xos tamonlarini ko`rish mumkin. Bularning barchasi mijozning
olamni sezish xususiyatlari, uning hislari, kechinmalari bilan bog`liqdir. Artterapiya
bu holatlarda qo`shimcha diagnostika materiallarini olishga yordam beradi,
bular
mijoz muammolari haqida ma`lumotlarberadi.
2- variant. No`ananaviy mashg`ulot, mijoz mavzu, material hisoblarini o`zi tanlaydi.
Mashg`ulot ohirida mavzu bajarish usullari muhokama qilinadi va hakozo. Ko`pgina
mualliflar tamonidan mijozlarning ko`ndalik hayotga moslashishdagi artterapiya
rasminita`qidlashadi.
Artterapiyada asosiy o`rin psixologning o`ziga beriladi. Mashg`ulotni olib
boruvchining asosiy vazifasi - birinchi bosqichda mijozning hali ko`nikmagan
mashg`ulotlari oldidagi tortinish va ikkilanishni yengishdir. Bu narsalarga ko`pincha
sekin-asta boriladi. Ayrim mualliflar artterapevt sanab o`tilgan barcha ijodiy ishlarni
24
o`ziga ham mukammal
bilishi kerak deb hisoblasa, ayrimlari u bir yoki bir nechta
faoliyatni mukammal bilib, u yordamida mijozning ichki qobiliyatini ochib bera olsa
bas deb hisoblaydi. Faol ijod mijozning tinchib, zo`riqishini pasaytiradi.
O`ziga bo`lgan ishonchni oshirishda guruhning boshqa a`zolari va
ruhshunosning ijobiy, ko`tarinki muomalasi muhim o`rin tutadi. Ijobiy xissiyotlar,
o`z-o`ziga ishonch g`azabnoklikni
pasaytiradi, «men boshqalardan kam emasman»
degan baholashni ko`taradi. Xissiyotlarga berilish goho, mijozning yanada faol,
to`g`ri harakatlariga yo`l ochadi.
Artterapiyaning yana
bir asosiy maqsadlaridan biri, mijozning san`at va
qobiliyatlarining ochilishi orqali o`z-o`zini idrok eta olish, va atrof-muxitdagi haqikiy
xarakatlarga to`g`ri ta`rif berishdir. Artterapiya - bolalarga 6 yoshdan tavsiya etiladi,
chunki bu yoshda bolalar ko`pgina qobiliyatlari namoyon bo`la boshlaydi. Ular
o`yinlar orqali tezroq kirishadilar. O`smirlarda esa ko`proq bu tasviriy san`at
yordamida amalga oshiriladi.
Artterapiya chet el psixologiyasida yosh miqyosidagi guruhlarga bo`linib olib
boriladi: 6 yoshlilar, o`smirlar va kattalar uchun. Keyingi paytlarda bu usullar keksa
yoshdagilarda ham qo`llanilyapti. Rasmlar ishlash yo`li bilan davolovchi
mashg`ulotlar siqilish, xissiyotlarning susayishi, toqatsizlanish, yolgizlik xissi, oilaviy
ko`ngil to`lmaslik, rashq,
asabiylik, xavotir, o`ziga ishonchsizlilik kabi
yetishmovchiliklarni bartaraf etadi. Artterapiyaviy usullardan foydalanish
psixologga mijoz bilan aloxida shug’ullanishni, asta-sekin guruhlarda shug’ullanishni
o`tkazishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: