va “TBC bank”lar raqamli bank sifatida ro‘yxatga olindi. Shuningdek, 2021-yil 1-
noyabrdan boshlab “Apelsin” ilovasini raqamli bank sifatida ishlatila boshlandi [7].
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga
bankka kelmasdan turib, masofaviy
xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizning
deyarli barcha tijorat banklari tomonidan bank mobil ilovalari joriy etilgan.
Shuningdek, bir necha to ‘lov tashkilotlarining mobil ilovalari faol ishlamoqda. Bu esa,
aholiga bankka
tashrif buyurmagan holda, qulay, tezkor va ishonchli to ‘lov
xizmatlaridan foydalanish imkonini bermoqda.
Tijorat banklari va to ‘lov tashkilotlarining mobil ilova xizmatlaridan
foydalanishning afzalliklari quyidagilar:
- uydan chiqmasdan to ‘lovlarni amalga oshirish;
- infeksiya ehtimoli mavjud bo‘lgan naqd pul mablag‘larisiz xaridni amalga
oshirish;
- daromad va xarajatlarni kuzatib borish;
- vaqt va transport xarajatlarini tejash va xavfsizlikni oshirish.
O ’zbekiston tijorat banklarining likvidlilik ko’rsatkichlarini
yaxshilashda
raqamli bank xizmatlaridan foydalanish orqali qator ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Biroq, xalqaro moliya bozorlarida, shuningdek mahalliy bozorlarda raqobatning
chuqurlashuvi tijorat banklari likvidliligini boshqarish yuzasidan dolzarb
masalalarni
yuzaga chiqarmoqda. Xususan, tijorat banklari o ’z majburiyatlarini uzluksiz va to ’liq
ta ’minlashda, bank aktivlari tarkibida yuqori likvidli qimmatli qog’ozlarning mavjud
emasligi va investitsion operatsiyalarni amalga oshirishdagi muammolar shular
jumlasidandir [6].
Likvidlik termini moddiy qiymatliklarning va boshqa aktivlarning tezda
sotilishini va pulga aylanishini ifodalaydi. Bankning likvidligini, shuningdek, ko’pgina
hollarda naqd pul mablag’larni O ’zbekiston Respublikasi
Markaziy bankidan yoki
korrespondent banklardan sotib olish qobiliyati deb ham baholashadi. To’lig’icha bank
likvidligi deganda likvid aktivlarini sotish, pul mablag’larini Markaziy bankdan sotib
olish va aksiyalar, obligatsiyalar, depozit va omonat sertifikatlari hamda boshqa qarz
instrumentlarini emissiyasini amalga oshirish imkoniyatlari nazarda tutiladi.
Biroq, raqamli iqtisodiyot sharoitida ko’plab moliyaviy texnologiyalarning kirib
kelishi tijorat banklarining likvidliligining yaxshilanishiga olib kelmoqda, ya’ni
aholining bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish hamda bank mijozlarining bankka
bo’lgan ishonchini oshirish uchun masofaviy bank xizmatlarini
taklif qilish orqali
banklar ko’plab depozit pul mablag’lari qabul qilmoqda. Bu garchi bankning
majburiyatini oshirsada, biroq aktivlarini ko’payishiga hamda ko’proq pul
mablag’larini aylantirishga yordam beradi.
Bank majburiyatlari (mlrd so'm)
180000
160000
140000
120000
100000
80000
60000
40000
20000
0
20 1 8 yil
2 0 1 9 yil
20 2 0 yil
2021 yil
2022 yil
■ Jami depozitlar
■ Jismoniy shaxslar
■ Yuridik shaxslar
Dostları ilə paylaş: