64
Shu vaqtdan boshlab Afg`oniston xanuzgacha davom etib kelayotgan urush olovi
ichida qoladi. Gap fuqoralar urushi haqida ham Afg`onistonga olib kirilgan sovet
qo`shinarlari bilan olib borilgan urushi haqida bormoqda. Mamlakatga kiritilgan sovet
qo`shinlarining soni qariyb 100ming kishini tashkil etadi, bundan tashqari SSSR
hukumati qo`shinlarni texnik va xarbiy jihatdan qurollantirgan edi, Sovet qo`shinlari
kiritishi nafaqat xato, balki qo`pol siyosiy kaltabinlik ham edi, desak xato bo`lmaydi.
U nafaqat ko`pchilik afg`onlarning SSSR dan ixlosini qaytarib qolmay, qabuldagi
B. Karamal hukumatini yakkalanib qolishga olib keldi. Bu hukumatni yakkalanib,
ijtimoiy tayanchini kengaytirishga, yangi tub islohatlar o`tkazishni va`da qilish
bilan xalqni o`z tomoniga og`dirishga qaratilgan kechikib qilingan urushlar ham,
Babrak Karamal yangi prezident Narjibullo bilan almashtirilishi ham natija bermadi.
Uzoqqa cho`zilgan urushi shaharlarning misli ko`rilmagan darajada vayron
bo`lishiga, aholini ommaviy tarzda Tojikiston, Eron va boshqa mamlakatga qochib
ketishiga majbur bo`lishiga ( qarshi 5 mln.kishi) olib keldi. Ammo eng muhimi u
turli-tuman afg`on etnoslarida millatchiliknni keskin o`sishi qurolli kurashda etnik,
qabilaviy va siyosiy guruhlarga tayanadigan turli xildagi aqidaparastlik, islom-
millati oqimlarning haddan tashqari kuchaytirishni yuzaga keltiradi.
Afsuski urushi 1988 yil oxirida 1989 yilning boshlarida sovet qo`1shinlarini
Afg`onistondan olib chiqib ketilishi va 1992 yili tashqaridan qo`llab quvvatlashidan
mahrum bo`lgan Najibullo hukumatining qulashi bilan to`xtagani yo`q.
Dostları ilə paylaş: