1 shavkat zokirov



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/41
tarix23.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#89369
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41
 
 
 


51 
Afg`oniston 1945-2010 yillarda 
Ikkinchi jahon urushidan so`ng Afg`onistondan ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Ikkinchi 
jahon urushining oxiriga kelganda Afg`oniston qoloq agrar mamlakatligicha 
qolmoqda edi. Shug`ilanadigan yerlarning 75 foizi yirik zamindorlarga tegishli bo`lib, 
ular odatda o`zlari xo`jalik yurtmay yerni dehqonlarga asoratli ijaraga berar edilar. 
Yirik chorva egalari yaylovlarning katta qismini va chorva mollarini o`z qo`lida
edilar. 
Afg`oniston aholisining keng qatlamlari aholini yomonlashuvi sharoitida 
mamlakatda ichki siyosiy vaziyat keskinlashdi. Bu esa 1946- yilda hukumat 
almashinuvi zaruriyatini keltirib chiqardi. Iste`foga chiqqan Muxammad Xoshim 
o`rniga uning ukasi Shoh Muxammad hukumat rahbari ( shohning amakisi) 
lavozimini egalladi. 
Mamlakatda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini xorijga chiqarish chetdan 
keltiriladigan tovarlar qiymatini qoplashning yagona manbai edi. Tamaki savdo 
mahalliy yirik sarmoyadorlarni asosiy faoliyat sohasi bo`lib, ular keng
imtiyozlardan foydalanar edilar. Ommaviy iste`mol tovarlarini ishlab chiqarishda 
hunarmandchilik xamon asosiy o`rnini egallaydi.
Birlashgan mahalliy yirik sarmoya Afg`onistonni rivojlantirgan davlatlar bilan 
iqtisodiy munosabatlar xarakterini o`z foydasiga tubdan o`zgartirishga qodir emas 
edi. Garchi hukumat eksportini rag`batlantirishga intilganiga qaramay importning
umumiy salmog`i muntazam oshib bordi. Sanoat qurilishining qamrovi va sur`atlar 
yetarli emasligicha qolmoqda edi. 
Urushdan keyingi davrda g`arb davlatlari birinchi galda AQSH Afg`onistonga 
ekspansiyani kuchaytirdilar. 
Afg`on tashqi savdoda o`z pozitsiyalaridan foydalanib AQSH 1946-yil 
Afg`onistonga Amerika kompaniyasi “ Marrison-Nadsen” bilan mamlakat janubida 


52 
irrigatsiiya tarmoqlari va yo`llar qurilishi haqidagi ahdlashuvni qabul qildiradi.
Belgilangan muddatga (1949 y) shartnoma belgilangan shularni tugata olmaydi va 
afg`on hukumatidan qo`shimcha mablag`lar talab qiladi, natijada Afg`oniston 
AQSHdan qarz (zaym) olishga majbur bo`ladi. 
1949 va 1954 yillarda berilgan amerika zaymlari (umumiy qiymati 39,5 mln dollar) 
Qabul ro`znomasi “Aniyo” yozganidek mamlakatning qo`l va oyog`ini bog`lab 
Afg`oniston uchun foydali bo`lmagan sharoitlarda berilgan edi. Shuningdek bu 
vaqtda afg`on Aqshga eksporti miqdori qisqaradi, bu esa mamlakat g`aznasiga 
valyuta tushumlarini kamaytirishga olib keladi. 1951 va 1953 yillarda AQSH 
Afg`oniston bilan “ texnik xamkorlik” deb atalgan ahdlashuvni tuzadi. 
Urushdan keyingi yillarda Afg`oniston umuman olganda o`tkir iqtisodiy 
qiyinchiliklarni o`z boshidan kechirar, bular esa mamlakatda ijtimoiy ziddiyatlarini 
keskinlashtirar edi. 12 mln aholining asosiy qismi (90 foizi) dehqonlardan iborat 
bo`lib, qishloqda yarim feodal munosabatlar dehqonlarni zamindorlarning yerlarini
tabaqa yomonlashib borayotgan asoratli ijara sharoitlarida ishlashga majbur etardi. 
Chorvador ko`chmanchi va yarim qabilalarda (2mln.dan ortiq) ishlab chiqarishini
munosabatlarining nihoyatda qoloq shakllari va urug`chilik qoldiqlari saqlangan
bo`lib, ayni vaqtda mamlakatda unga ko`p bo`lmagan o`ziga to`y dehqonlar qatlami 
qishloq - qishloqlarga aylanganmoqda edi.
Afg`onistonda sanoat ishlariga ko`p bo`lmay, ular siyosiy kurashda ishtirok
etmas, ularning norozilik chiqishlari iqtisodiy ahamiyat kasb etardi. 
Yarim feodal, yirik zamindorlik yer egaligi bilan yaqin aloqada bo`lgan yirik 
afg`on sarmoyasi mayday va o`rta burjuaziy manfaatlarni kamsitar edi. Shuning
asosida urushdan keyingi yillarda afg`on burjuasining shirkatlar zo`ravonligidan va
yirik sarmoya hamda katta yer egalari qo`lida butun hokimiyatni to`planib 
qolganidan qog`ozi bo`lgan shu qatlam qarashlarining ifodalagan ijtimoiy oqimlar 
shakllandi. 


53 
1947 yilda “ Uyg`oq yoshlar” deb atalgan harakatlar payida bo`ldi. Mana shu 
harakat asosida vujudga kelgan siyosiy guruhlar dasturiy hujjatlarida burjua- 
demokratik harakterdagi talablar ilgari surildi. 1952 yili navbatdagi chaqiriq Xalq 
kengashiga deputatlar sayloviga tayyorgarlik va uni o`tkazish davrida oshkora 
shakllarda namoyon bo`ldi. Saylov o`tkazish tartiblardan qog`ozi bo`lgan 
muholifatchi oqimlar qatnashchilari 1952 yil mayda Qabulda namoyon o`tkazadilar. 
Shundan keyin hokimyati tomonidan qatag`onlar boshladi. 
Yirik zamindorlar va yirik sarmoya blokidan iborat Afg`onistonning hukmron 
doiralarini ichki siyosati uning mamlakatda iqtisodiy va siyosiy pozitsiyalarini 
mustahkamlashga qaratiladi. Shu bilan birga urushdan keyingi dastlabki yillardayoq
o`sib ketgan ijtimoiy ziddiyatlarni yumshatishga urinib ko`rilgan edi. 1947-1948 
yillarda tashqi savdodagi shirkatlardan ba`zi manapol xuquqlari rasman bekor 
qilinadi. Biroq iqtisodiy qayta o`zgartirishlarining keng dasturi bilan
mustahkamlanmagan alohida tadbirlar ijtimoiy muommolarni xal qila olmasdi. 
1945-1910 yillarda Afg`onistonning tashqi siyosati. 
Afg`onistonning mustaqil rivojlanishi manfaatlari rivojlangan davlatlarning 
mustamlakachilik intilishlari bilan qarshi kurashchi, tinchlikparvar tashqi siyosat 
o`tkazishi zarur qilib qo`yadi. Urushdan keyingi dastlabki davrdagi Afg`onistonning
tashqi siyosat asosini betaraflik ( ) siyosati tashkil etdi. Shunga qaramay
imperiya davlatlari bu mamlakatini o`zlarining harbiy siyosiy doiralariga tortishga 
intildilar. Buning uchun mustamlakachilar masalasidagi Afg`on-Pokiston
ziddiyatlaridan foydalanmoqchi bo`ldilar. 
Afg`oniston- Pokiston munosabati bilan keskinlashdi. Bu xol amalda Afg`onistonni 
iqtisodiy qamal qilishini bildirardi. Bunday sharoitda Afg`oniston sobiq SSSR bilan 
transit haqida (1955 yil) ahdlashuv tuzadi. 
1955 yil noyabrda Qobul shahrida yig`ilgan katta jarga xalqlarning 
adolatli talablarini qo`llab- quvvatlashini bildirdi, shuningdek Pokistonda ga`rb 


54 
davlatlarining harbiy chora-tadbirlari munosabati bilan Afg`oniston suverenitetini 
hikoya qilish uchun uning mudofaa qobilyatini mustahkamlash zarurligini
ta`kidladi. 
1956-1958 yillardagi muommosi bo`yicha Afg`oniston- Pokiston 
muzokaralari natija bermadi. 1961 yil sentabrda Pokiston hududidagi afg`on 
elchixonalari va savdo agentliklarini yopilishi munosabati bilan Afg`oniston va 
Pokiston o`rtasidagi dimlamatik munosabatlari uzildi. 1963 yil mayidagina Eron 
shohi vositchiligida ikkala mamlakat o`rtasidagi diplamatik munosabatlar va savdo- 
iqtisodiy aloqalarini tiklash haqida ahdlashuvga erishiladi. 
1946-yildan BMT a`zosi bo`lgan Afg`oniston Osiyo va Afrikaning
mustamlakalikka ancha qat`iy qarshi chiqayotgan mamlakatlar sirasiga kirardi. 
Afg`on hukumati bir necha marta mustamlaka zulmiga qarshi kurash olib 
borayotgan xalqlar bilan birdamligini betoqat beradi, shuningdek dunyoda yadro 
qurolini ta`qiqlash, umumiy qurolsizlanish to`g`risidagi takliflar qo`llab 
quvvatlaganligini bildiradi.
XX asr 50-60 yillarda Afg `onistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol. Ijtimoiy 
ziddiyatlarni o`sib borishi. 
Ijtimoiy norozilik o`sib borayotgan 1953 yil sharoitida hukumatni shohning 
ammavachchasi, tajribali siyosatchi Muhammad Dovud boshqarardi. Dovud
hukumati mamlakatni iqtisodiy rivojlanishi juda katta ahamiyat berib, boshqariladigan
iqtisodiyot siyosatini e`lon qiladi. Uning doirasida davlat- kapitalistik tipdagi muhim 
qayta o`zgarishlar jumladan tashqi savdo ustidan nazoratni kuchaytirish, ya`ni 
banklarni shuningdek kridetga koonstrativlari tashkil qilish yo`li bilan kredit tizimini 
kengaytirish, davlatning ishtiroki sharoitlaridagi kredit qurilishi dasturini
kengaytirish ishlari amalga oshirildi. 


55 
Afg`onistonda 1960 yillarning boshlarida amalga oshirilgan iqtisodiy chora-
tadbirlar jamiyat xayotidagi patriarxal-feodal sarqitlarni barxam topishiga 
ko`maklashar edi. Fabrika-zavod ishlab chiqarishi va qurilishni sezilarli darajada 
o`sishi mehnat bazasini kengaytiradi, iqtisodiy rayonlarni shakllanishini, 
umummilliy bozorni yuzaga kelishini jadallashtiradi. Ayni vaqtda mamlakatni 
kapitalistik evolyutsiyasi ijtimoiy ziddiyatlarni chuqurlashib borishi bilan 
tasniflanadi. 
Muxammad Dovud xukumati o`rniga hokimiyatga ilgari tog` ishlari va sanoat 
vaziri lavozimida bo`lgan Muxammad Yusuf boshchiligidagi yangi Vazirlar
Mahkamasi keladi. Iqtisodiy siyosatida o`zgarish bo`lmadi, boshqariladigan iqtisod
siyosatining tog`riligi va bundan buyon ham uni amalga oshirilishini davom ettirish 
haqida e`lon qilinadi. Davlat boshqaruvi tuzilishida birmuncha o`zgarishlar yasash
yangi konstitusiyani ishlab chiqarish va qabul qilish bo`yicha ko`rilgan chora 
tadbirlar 
hukumat 
faoliyatining 
ustvor 
yo`nalishlari 
bo`lib 
qolaveradi. 
Afg`onistonning yangi konstitutsiyasi loyihasi 1964 yilning sentabrda bo`lgan loya 
jirg`aning ( milliy, so`zma-so`z vakillik sezdi) yig`ilishda tasdiqlanadi, 
oktabr oyida esa qirol tomonidan imzolanadi va kuchga kiradi. Yangi konstitutsiya
Afg`onistonning konstitutsiyasi- monarxiya tuzimini tasdiqladi, shohning qonun 
chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud xokimiyati sohasidagi oliy vakolatlarini e`tirof etdi. 
Ammo endilikda qirol oilasi a`zolariga parlamentda va Oliy sudda rasmiy
lavozimlarni egallash taqiqlab qo`yildi. Asosiy qonunning oldingisidan asosiy farqi 
ham shunda bo`lib, Afg`oniston fuqorolariga bir hatar huquqlar: so`z, matbuot, 
yig`ilishlar qilish erkinligi berildi, qonun oldida fuqorolarning teng huquqliligi e`lon 
qilindi. 
Mamlakatning 4 yilga saylanadigan deputatlardan iborat quyi palata (xalq 
kengashi) va tarkibini uchdan ikki qismi deputatlar ichidan bevosita qirol tomonidan
tayinlanadigan va uchdan bir qismi to`g`ridan-tog`ri saylovlar asosida


56 
shakllantiriladigan yuqori palata (senat) tarkib topgan ikki palatali parlamenti 
tuziladi. Konstitutsiyaga ko`ra qirol parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega 
bo`lib, hukumat o`z navbatida xalq kengashiga xisob berishi lozim edi. 
Konstitusiya tomonidan mamlakat fuqorolariga jamoat tashkilotlari va siyosiy
Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin