1 shavkat zokirov


  Xitoydagi “Madaniy inqilob va uning oqibatlari”



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/41
tarix23.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#89369
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41
 


84 
Xitoydagi “Madaniy inqilob va uning oqibatlari”. 
Mao TSzedun armiyaning qo'llab-quvvatlashiga tayanib 60-yillarning birinchi 
yarmida o'z mavqesini yanada mustahkamlab oldi. Butun mamlaktada “Mao 
g'oyalarini o'rganish” kompaniyasi boshlandi” uning shaxsiga sig'inish muhiti yuzaga 
keltirildi. Mao TSzedun asarlari o'n millionlab nusxalarda chop etildi, rasmiy 
targ'ibotda ularni Buyuk kormchim deb atalib, ulardagi g'oyalarni o'rganmasdan turib 
inqilobni amalga oshirish mumkin emas deb targ'ib qilindi. Biroq Xitoy jamiyatini bu 
g'oyalarga ishontirish tobora qiynalishib bormoqda edi. YUzaga kelgan vaziyatda 
Mao TSzedun o'z taktikasini o'zgartirishga qaror qildi. 1964 yilning oxirida XKP 
Markaziy qo'mitasining yopiq yig'ilishida partiyada keng qamrovli tozalash 
o'tkazishni ko'zlagan navbatdagi kompaniyani tayyorlash haqidagi masala muhokama 
qilingan edi. Lyu SHaotsi va Den Syaonin bu yo'lni qo'llab-quvvatladilar, biroq Mao 
TSzedun o'z xatini TSzyan TSin va Lin Byao boshchiligidagi radikamar 
guruhiga..................... 
1966 yil mayida XKP Markaziy qo'mitasi siyosiy byuro yig'ilishda Mao TSzedun 
guruhining hokimiyat uchun kurash yangi kompaniyasining asosiy g'oyalari 
shakllantirildi. Unda bir qancha ko'zga ko'ringan partiya arboblari shu jumladan 
poytaxt shahar qo'mitasining birinchi kotibi Pen CHjen va Markaziy qo'mita bo'lim 
boshlig'i Lu Dini tanqid qilinib, o'z lavozimlaridan bo'shatildilar. XPK markaziy 
qo'mitasi qoshida bu vaqtga kelganda armiyada tuzilib bo'lgan “Madaniy inqilob” 
ishlari bo'yicha guruh tuziladi. Unga Mao TSzedunning eski tarafdorlaridan bo'lgan, 
uning sobiq shaxsiy kotibi CHen Boda boshchilik qilardi. Guruh boshlig'ining 
o'rinbosarlari etib TSzyan TSin va SHanxay shahar qo'mitasining kotibi CHjan CHun 
TSyaolar, guruhga maslahatchi etib Kan SHen tayinlandilar. Tez orada bu guruh oliy 
pratiya va davlat organlarini vakolatlarini o'zlashtirib qo'lida rayel hokimiyatni 
mujassamlashtirdi.


85 
May oxirida Pekin universitetida talabalarning radikal koyfiyatdagi qismi saflaridan 
xunvaybinlarning (qizil qo'riqchilar) birinchi otryadi tuziladi. Bir muncha keyinroq 
butun Xitoy bo'ylab yosh kam malakali ishchilar orasidan tszaofanlar (isyonkorlar) 
otryadlari tashkil qilindi. Mao TSzedun bu tashabbuslarni qo'llab quvvatlaydi.
1966 yilning iyun-iyulida Lao SHaotsi tarafdorlari xunveybinlar va izaofanlar xatti-
harakatlarini ularga qarama-qarshi yuqori malakali odimlardan iborat ishchi guruhlar 
tuzib jilovlashga urindilar. Biroq Mao TSzedun ularni tarqatib yuborilishini talab 
qiladi. 1966 yilning avgusti boshlarida Markaziy qo'mitaning XI Plenumi bo'lib o'tadi. 
Uning ishida Markaziy Qo'mita a'zolarining qatag'onlar tufayli qariyb yarmi ishtirok 
etmadi, biroq uning ishida xunveybinlar va “Madaniy inqilob” guruhi (MIG) a'zolari 
vakillari ishtirok etdilar. 
Plenumda Mao TSzedun “Madaniy inqilobni” avj oldirishni ma'qullovchi qarorni 
qabul qilinishiga erishadi. Plenumdan keyin ko'p o'tmay Pekin shahrida 
xunveybinlarning Mao TSzedun va Lun Byaolar bilan bir necha uchrashuv-
mintinglari bo'lib o'tadi.
Bu vaqtga kelib butun mamlakatda ularni soni qariyb 40 mln. Kishiga yetgan bo'lib, 
ularning yetakchilari burjua madaniyatining ko'rinishlariga qarshi kurashga; 
kutubxonalarni vayron qilish, san'at asarlarini yo'q qilishga chaqirdilarki, ularning 
o'rnini Mao TSzedunning daholigini ulug'lovchi yangi madaniyat namunalari 
egallashi kerak edi.
Ba'zi viloyatlarda xunveybinlar mahalliy rahbarlar va aholining qattiq qarshiligiga 
uchradi. 
Tanqidning asosiy zarbasi xunveybinlar tomonidan deb atalgan. XXR raisi Lyu 
SHaotsi va XKP markaziy qo'mitasining bosh kotibi Den Syaonin qaratildi va tez 
orada ular so'z lavozimlaridan chetlashtirildilar. 


86 
Rasmiy targ'ibot-tashviqot ta'siri ostida bo'lgan xunveybinlar va izofanlar Xitoyning 
madaniy merosiga qarshi shafqatsiz kurash olib bordilar. Ko'plab kitoblar, 
me'morchilik yodgorliklari yo'q qilindi.
Pekinda jahonning ko'plab xalqlari tillarida inson tafakkurini oliy cho'qqisi deb e'lon 
qilingan Mao TSzedun asarlaridan lavxalardan tarkib topgan to'plablar ulkan 
nusxalardan chop ettirilib tarqatildi.
“Madaniyat inqilob” yo'lini ma'qullanmagan “g'animlar” maxsus lagerlar qayta 
tarbiyalash uchun yuborildi. Ular maxsu lagerlarda og'ir jismoniy mehnatga duchor 
qilindi.
“Madaniy inqilob”ga qarshilikni sindirib tashlash uchun “hokimiyatni egallab olish” 
bo'yicha kompaniya avj oldirildi. 1967 yilning yanvarida shanxay shahrining 
izaofanlari “Madaniy inqilob” ishlari bo'yicha guruh”ning ko'rsatmasi bilan 
“kapitalistik yo'ldan boruvchilar hokimiyatini ag'darib tashlashga qaratilgan 
“inqilobiy isyon” ko'tarishga chaqirdilar. SHaharlar va viloyatlarda “tszaofanlar va 
xunveybinlarning hokimiyatni egallab olishlari boshlanib ketdi. YAnvar oyining 
o'rtalarida (1967y) Pekin shahrida ular 300 ta tashkilot va muassasalar ustidan 
o'zlarining nazaoratlari o'rnatgan edilar. Partiya qo'mitalari va hokimiyat organlariga 
17 yil davomida (ya'ni XXR e'lon qilingan vaqtdan boshlab) kapitalizmni 
restavratsiya qilishga urinishi ayblari qo'yildi. 
“Hokimiyatni egallab olish” armiya yordamida amalga oshirildi. Armiya qismlari bu 
jarayonga qarshilik ko'rsatishini bartaraf etish, kommunikatsiyalar ustidan nazoratni 
amalga oshirish, maxfiy hujjatlarni saqlash va tegishli joyga jo'natish ishlarini ham 
bajarar edi. “Isyonkorlar”ni qo'llab quvvatlash uchun maxsus qismlar ajratib beriladi, 
binbarin armiyada tszaofanlar va xunveybinlarning bosh boshdoqliklaridan muayyan 
darajadagi noroziliklar bo'lgani uchun shunday yo'l tutilgan edi. Biroq silliq tarzda, 
og'riqsiz “hokimiyatni egallab olish” rejasini amalga oshirish mumkin bo'lmadi. 
Ishchilarning norozilik kamayishlari kengayib bordi, ko'p joylarda xatto qattiq 


87 
to'qnashuvlar sodir bo'la boradi. YUzaga kelgan shunday murakkab vaziyatda Mao 
TSzedun va uning tarafdorlari 1967 yil yanvar oyining oxirlarida xunveybinlar va 
tszaofanlar, armiya, partiya va ma'muriy kadrlarni bir qismini “uch tomondan 
birlashtirish yo'lini e'lon qilishga majbur bo'ldilar. Matbuotdk “isyonkorlar” va 
posbonlarga kechagina o'zlari “ag'darib tashlagan kishilar bilan birlashishga 
qaratilgnan 
chaqiriqlar 
paydo 
bo'ldi; 
Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin