94
yaratildi. Partiya qo'milari ilgarigidek davlat, xo'jalik organari o'rnini egallab olmaydi,
endilikda aholi orasida faqatgina tarbiyaviy ishlari bilangina shug'ullana bordilar.
O'tkazilayotgan islohotlar tez orada o'zining ilk ijobiy istijolarini berdi. VI -esh yillik
(1981-1985yy) davomida sanoat ishlab chiqarishi yilligi o'rtacha 11 %dan o'sib berar
edi. 80 yillarda shahar va qishloq aholisining daromadlari deyarli ikki marta ko'paydi,
lekin bu ko'rsatkich boshqa davlatlar bilan solishtirganda
ancha pastligicha
qolayotgan edi.
1987 yilning kuzida XKPning XIII s'ezdi belib o'tdi, unda XXRda sotsializmning
boshlang'ich bosqichi to'g'risidagi nazariya ishlab chiqildi. Bu konstituttsiyaga ko'ra
Xitoyda sotsializm qurilishi uchta asosiy bosqichni bosib o'tishi kerak. 1990 yilga
kelib XXR YAIM 1980 yilga nisbatan ikki marta ko'paytirish va Xitoy axolisi asosiy
oziq-ovqat,va kartochka tizimidan foydalanmagan
xolda kiyim kechak bilan
ta'minlash lozimligi takidlandi.
Ikkinchi bosqich 1990-2000yillarni o'z ichiga olishi bu bosqichda YAIM (yangi ichki
maxsulot) 1990 yilga nisbatan ikki marta oshirishi va axoli turmushi o'rta darajaga
yetkazilishi ko'zda tutilidi.So'ngi bosqich anchagina uzoq davrni ya'ni 2000 yildan
2043 yilgacha (ya'ni XXRning 100 yilligi) bo'lgan davri o'z
ichiga olishi va bu
bosqich Xitoyni o'rtacha rivojlangan (dunyo o'lchovlari bo'yicha) mamlakatga
aylantirishi belgilandi.
Qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun 1980 yillarning oxirida iqtisodiy vaziyatni
barqarorlashtirish bo'yicha qat'iy choralar ko'rildi: ma'muriy usullar bilan eng muhim
tovarlarning narxlarini o'sishi
cheklab borildi, kapital qurilish ko'plab ob'ektlari
to'xtatib qo'yildi, bir qator qishloq xo'jalik tovarlarini xarid narxlari ko'tarildi.
Umuman olganda bu iqtisodiy rivojlanish uchun qo'shimcha imkoniyatlar berdi.
Ayni vaqtda davlat amaldorlari va partiya xodimlarining xususiy biznesga nisbatan
munosabatida suiste'molchiliklarni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga
95
oshirildi. Korruptsiya va poraxo'rlikda fosh etilgan
shaxslarga qattiq jazolar, uzoq
muddatni qamoqdan tortib ayrim hollarda esa xatto oliy jazo choralari qo'llanildi.
Dostları ilə paylaş: