96
Den Syaonin 1997 yili vafot etdi. U Xitoy tarxida hozirgacha muvaffaqitli davri etib
kelayotgan davlatning yangi yo'li va islohotlari ramzi bo'lib qoldi.
1970 yillar oxirida va ayniqsa 1982 yildan (L.I.Brejinov vafoti) keyin XXR va sobiq
SSSR munosabatlarida ijobiy siljishlar sodir bo'ldi. Bir qator chegara masalalri,
xususan sovet Xitoy chegarasini sharqiy uchastkasiga, doir muammolar hal qilindi.
SSSR parchalanib ketgandan so'ng XXRning Rossiya
bilan munosabatlari tez
rivojlana boradi. 1992 yil oxirida Rossiya rahbari B.N. Yeltsin rasmiy vaizit bilan
Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif asnosida 20 dan ortiq hujjatlar,
shu jumladan O'zaro munosabatlarning asoslari haqida qo'shma deklalartsiya
imzolandi.
O'z navbatida XXR raisi TSzyan TSzemin 1990 yillarda bir necha marta rasmiy vizit
bilan Moskvaga tashrif buyurdi.
Xususan 1994 yilgi uning viziti chog'ida Rossiya-Xitoy chegaralarining g'arbiy
uchastkalari haqidagi ahdnoma imzolandi.
1970 yillarning oxiridan boshlab shuningdek Xitoy-Amerika
munosabatlari ham
rivojlanib bordi. 1978 yili ikki mamlakat o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
Asta-sekin iqtisodiy va harbiy hamkorlik kengayib bordi. Ikki tomonlama
munosabatlarga tayvan muammosi hamon salbiy ta'sir ko'rsatar, AQSH garchiTaybey
rejimi bilan rasmiy siyosiy aloqalarni to'xtatsada u bilan keng qamrovli
munosababtlarni qo'llabquvvatlashni davom ettirmoqda edi.
1977 yil XXR bilan Yaponiya o'rtasida
tinchlik shartnomasi imzolandi, bu ikki
tomonlama munosabatlarni yangi darajasiga ko'tarish imkonini berdi. Ilgari vaqtdan
boshlab davom etib kelayotgan baxsli chegara muammolari va Tibet masalasi tufayli
Xindiston bilan munosabatlar bir qator sovuqligicha qolayotgan edi.
Biroq XXRning Vetnam bilan munosabatlari to 1990 yillar boshlariga qadar keskinlik
saqlanib keldi.
97
SSSR tomonidan qo'llab quvvatlangan VSR rahbariyati 1977
yildan boshlab
hokimiyatda Pol Potning so'l radikal rejimi qaror topgan Kombodja tufayli Xitoy
bilan jiddiy to'qnashuvga bordi. XXR Vetnamni o'z xududidan etnik Xitoyliklarni
(Xuatsyao) ta'qib
qilishda aybladi, Kombodjaga Vetnam qo'shinlari kiritilishi va Pol
Pot rejimi ag'darib tashlangandan so'ng o'zaro chegara xudadi qurolli to'qnashuvni
keltirib chiqardi. Ikki mamlakat o'rtaisdagi munosabatlar 10 yildan ortiq vaqt
davomida amalda juda ham past darajada qolib ketdi. Faqatgina sotsialistik lagerning
barham topgandan keyin ikkala mamlakat siyosiy murosaga kelish yo'llarini izlay
boshladilar.
Dostları ilə paylaş: