1960 yillarning yarmi va 1970 yillarda ichki qarama-qarshiliklarni
o'sib borishi
Mustamlaka davrida ijtimoiy ziddiyatlar ikkinchi o'ringa surib qo'yilgan,
hindlarning aksariyat ko'pchiliginimilliy ozodlik g'oyasi birlashtirgan edi.
Mustaqilikni qo'lga kiritilishi manfaatlarni aksariyati, turli ijtimoiy-siyosiy
kuchlarining kurashini yuzaga chiqara bordi. HMKga turli indusporast partiyalar ham,
107
kommunistik, sotsialistik, xalq dehqon-ishchi partiyalari ham guruhlar muxolifatda
edilar. Ijtimoiy masalalarda Hindiston milliy kongresining pozitsiyasi tahdidga
uchradi. Ishsizlik, oziq-ovqat yetishmasligi sharoitida kelib chiqqan norozilik hind
jamiyatining ko'plab guruhlarini, birinchi navbatda, ishchilar, hunarmandlar, mayda
xizmatchilarni qamrab oldi.
Zamindorlarning yer islohotini hayotga tadbiq etilishiga qarshilik ko'rsatishi
dehqonlar harakatini qo'paytirdi.
HKMda bu partiya bog'langan yirik sarmoyadorlar va zamindorlardan tarkib
topganziyolilar, shahar va qishloq burjuaziyasi, mehnatkashlar ommasiga bu partiya
bilan bog'langan turli ijtimoiy qatlamlarning bir-biriga mos kelmaydigan manfaatlarni
ifodalovchi turli guruhlar mavjud edi. Aslida HKMning kuchi ana shu xilma-xillikka
asoslangan bo'lsa-da, (umummilliy obro'-e'tibor) ayrim vaqtda uning ichki zaifligi
ham ana shu holat bilan aloqador edi. Birlikni ushlab turishga mustaqillik uchun
umumiy kurash an'analari, umumiy manfaatlarni tushunish va shuningdek, Javoxarlal
Neru shaxsiy yordam berib kelardi. Buyuk siyosiy yetakchining fazilatlari, uning xalq
orasidagi obro'-e'tibori, mulkdor qatlamlar orasidagi ta'siri va xalqaro e'tirof unga
Kongres va mamlakatda jipslashtiruvchi funktsiyani amalga oshirish imkoniyatini
berardi. 1964 yil Javoxarlal Neruning vafot etishi HKMda turli-tuman guruhlarning
faollashuviga olib keldi.
1967 yil saylovlari HKMning eng ta'sirchan partiya holati saqlanib qoldi.
Parlament va SHtatlarning qonunchilik palatalarida o'rinlarning bir qismini
yo'qotilganligini ko'rsatdi. Parlamentda o'ng partiyalar va kommunistlarilgariga
qaraganda ko'p mandat va o'rin oldilar, HKMning mahalliy mamlakatlarida ichki
partiyaviy kurash keskinlashdi. 1966 yildan hukumatga boshchilik qilayotgan Indira
Gandi (J.Neruning qizi) va uning kongresdagi va uning tashkilotlar tarafdorlari
Kongress obro'-e'tiborini tiklashga intilib, mayda ishlab chiqarishni rag'batlantirish va
108
dolzarb sektori faoliyati sohalarini kengaytirishga qaratilgan yangi islohotlar o'tkazish
yo'lini e'lon qildilar.
Indira Gandi 14 ta yirik banklari undan so'ng ulgurji savdoni mahalliylashtirish
haqida qonun qabul qilindi. Bu qonunlarni amalga oshirish jarayonida butun
mamlakat bo'ylab banklarning filiallari tashkil etildi, bu esa bank depozitlarini
kuchaytirishga, davlat sektorini rivojlantirishga mablag'lari ko'payishiga olib keldi.
SHuningdek, hukumat tomonidan monopoliyalar faoliyati cheklandi, uncha katta
bo'lmaganer uchastkalariga soliqlar kamaytirildi, eng yirik yer hajmi kamaytirildi. Bu
chora-tadbirlar HKM obro'-e'tiborini mustahkamladi, bu uning muddatidan ilgari
1971 yil saylovlarida namoyon bo'ldi. Saylovlardan so'ng progressiv islohotlar davom
ettirildi, biroq bu rejalarni hayotga tadbiq qilish bilan bog'liq davlat apparatlarining
o'sishi, byurokratiya ta'sirini kamaytirishga va davlat sektorining samaradorligini
inobatga olib keldi. Bundan tashqari Bangladesh davlatini tashkil etishga va
millionlab qochoqlarni Hindistonga oqib kelishiga olib kelgan Pokiston bilan bo'lgan
urush (1971 yil), 1972-1975 yillardagi qurg'oqchiliklar, undan keyin esa 1973-1974
yillardagi neft inqirozi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotga haddan tashqari
salbiy ta'sir ko'rsatdi.
1970 yillarning o'rtalarida mamlakatda siyosiy kurash keskinlashdi. Muxolifchi
kuchlar hukumatni favqulodda holat joriy qilishga majbur etgan tartibsizliklarni
keltirib chiqardilar. Bunday sharoitlarda bir qator siyosiy partiyalar (ko'proq
konservativ yo'nalishdagi) “Janata porti” deb nomlangan blokni tuzishga muvaffaq
bo'ldilar. U 1977 yildan parlament saylovlarida g'alaba qozondi. Hindiston Milliy
Kongress mustaqillik yillarida ilk bor mag'lubiyatga uchradi.
Biroq saylovlardan keyin ko'p o'tmay muholifatchi kuchlarning birlashuvi va
ularning saylovdagi muvaffaqiyatining ishonchsiz xarakterda ekanligi ma'lum bo'ldi.
Hukumatni qilinishining o'zidayoq kelishmovchiliklar yuzaga keldi. Keng xalq
ommasi berilgan vazifalar bajarilmay qoldi, oziq-ovqat, sanoat tovarlarini narxlari
109
o'sib, soliqlar va inflyatsiya oshib bordi. Bularning barchasi Indira Gandi va uning
HMK(I)dagi tarafdorlariga 1980 yildagi saylovlarda g'alaba qozonish imkonini berdi.
Hindiston rivojlanishining zamonaviy bosqichi (1980 yillarning boshtdan)ning asosiy
natijalari
1980 yildagi saylovlarda g'alaba qozongan Indira Gandi boshchiligida hukumat
tuzgan HMK(I) favqulodda murakkab muamolarni xal etilishi zarur edi. Uning oldida
mamlakat iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, ijtimoiy ziddiyatlar, etnodiniy
adovat, markaziy hokimiyat va shtatlar o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni yumshatish
kabi muammolar turardi.
HMK(I)ning hokimiyatga kelishi 1979 yildagi qurg'oqchilik va jahon bozorida
neft narxini keskin ko'tarilib ketishi bilan bog'liq yangi qiyinchiliklar sharoitida sodir
bo'ldi.
Import energetika resurslari uchun harajatlar oshib ketdi. YUzaga kelgan
vaziyatdan chiqish uchun Hindiston hukumati yirik miqdorda kredit olish uchun
Halqaro Valyuta Fondi (XVF) bilan muzokaraga kirishdi. XVF quyidagi dasturni:
importni erkinlashtirish,. Narx-navo ustidan nazoratni bo'shashtirish, iqtisodiyotning
davlat xarajatlarini qisqartirish, soliqlarni kamaytirish va boshqa chora-tadbirlarni
amalga oshirish sharti bilan 5 mlrd dollar miqdorida kredit ajratdi. 1981 yili bu dastur
hayotga tadbiq qilina boshlandi, biroq belgilangan muddat tugagamasdan turib uning
bajarilishi to'xtatib qo'yildi, binobarin, u kutilgan natijani bermadi, balki faqat tashqi
qarzlarni ko'payishiga olib keldi. Bu vaqtga kelib mamlakat faqatgina 3,9 mlrd
dollardan foydalangan edi.
Iqtisodiy muammolar sharoitida 1980 yillarni birinchi yarmida Panjob va ba'zi
boshqa shtatlarda terrorchilik xurujlari va tartibsizliklar ko'payib bordi. Sikx
ekstremistik tashkilotlari (Panjob aholisining yarmidan ko'pi - sikxlar XV-XVI asr
110
bo'sag'asida yuzaga kelgan diniy targ'ibot izdoshlari )ni tuzish shiorini ilgari sudilar.
1984 yilning iyunida hukumat qo'shinlariga sikx terrorchilari ular o'rnashib olgan
sinkxlarning muqapddas qadamjosi - Amratsar shox Oltin ibodatxonasidan qurol
kuchi bilan siqib chiqarishga to'g'ri keldi. Oltin ibodatxonani shto'rm qilinishi o'z
qadamjolarini oyoq osti qilinishi sifatida qabul qilgan sikxlarning noroziligini
uyg'otdi.
1984 yilning 31 oktyabrida yovuzona suiqasd natijasida taniqli davlat arbobi,
mamlakat milliy birligining kurashchisi Indira Gandi halok bo'ldi. Suiqasd
tashkilotchilari mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishni, Hindistonni parchalashni
niyat qilgan edi. Ammo endi Bosh vazir Rajiv Gandi (1944-1991) - Indira Gandining
o'g'li, ichki va tashqi siyosatda J.Neru va I.Gandi boshlagan yo'lga sodiqligini
ko'rsatdi. 1984 yilning dekabridagi o'tkazilgan parlament saylovlarida HKM(I) da
to'la g'alaba qozondi.
Hukumat qonunchilik va tartib-intizomni ta'minlash yuzasidan keskin soralar
ko'rdi. U mamlakat birligini yanada mustahkamlashi, separatli elementlar bilan
kurashishni o'z ichki siyosatidagi asosiy vazifalardan deb bildi. Hind jamiyatidagi
“eski dushmanlar” qashshoqlik, ishsizlik, savodsizlik va turli xil kasallaiklarni
tugatishga kirishdi.
1980 yillarning o'rtalarida ichki siyosiy vaziyat g'oyat keskinlashdi. Mamlakat
hududiy yahlitligi va birligiga tahdid soluvchi separatchi kuchlarning qo'poruvchilik
faoliyati kuchaydi. Aholi ko'pchilik qismining, asosan qishloq aholisining
qashshoqlashuvi muammosi o'tkirlashdi, bu muammo ko'pchilik hind dehqonlarining
yersizligi va juda kam yerga egaligidan kelib chiqdi. SHaharlarda 20 milliongacha
ishsizlar armiyasi to'planib qoldi.
Rojib Gandi hukumati iqtisod sohasida iqtisodiyotni erkinlashtirish va uni jahon
xo'jaligiga integratsiyalashuv yo'liga qaytdi. Importda cheklovlar yumshatildi, ishlab
chiqarish va mahsulotlarni taqsimlash ustidan davlat nazorati pasaydi. Bu sanoat va
111
qishloq xo'jaligi ishlab chiqarilishining o'sishiga olib keldi, YAIM (yalpi ichki
mahsulot)ning yillik o'sishi 5,8 foizni tashkil etdi. Biroq iqtisodiy rivojlanishning bu
sur'atlari butun aholi turmush farovonligini jiddish oshirishni ta'minlay olmadi. 1990
yillarning boshlarida mamlakatning tashqi qarzi oshishiga olib kelgan salbiy
tendentsiyalar paydo bo'ldi. 1980-1981 yilda Hindistonning tashqi qarzi 25 mlrd
dollarni ya'ni YAIM ni 12 foizini tashkil qilgan bo'lsa, 1990-1991 yilda bu
ko'rsatkich82 mlrd dollarni ya'ni mamlakatni YAIM 24 foizini tashkil qildi. Bularni
bergan 1991 yil Fors ko'rfazidagi urush munosabati bilan kelib chiqqan navbatdagi
inqirozi bilan murakablasha bordi. Hindistonda o'tkir moliyaviy inqiroz yoyila bordi,
pulning qadrsizlanishining o'sishi (yiliga 16%) boshlandi. Bundan tashqari 1980
yillarning oxiri - 1990 yillarning boshlari siyosiy beqarorlik biln kechdi. 1991 yili
saylov kompaniyasi vaqtida Tamil (Hindistonning janubidagi xalq) terrorchilari
tomonidan Rajib Gandi o'ldirildi. Narosimxa Rao Hindistonning Bosh vaziribo'ldi.
HMK hukumatining iqtisodiy siyosati o'rta yo'ldagi yangi me'yoriy va bozor
iqtisodiyoti tamoyillarini uyg'un tarzda qo'zda tutuvchi yo'ldan rivojlanishni ko'zladi.
Hind rahbariyati kambag'allikda yoki qashshoqlikda yashayotgan yuz millinlab
kishilarning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq sohalarni (ijtimoiy soha, qishloq va
chekka rayonlarni rivojlantirish, infrastruktura) davlat yo'li bilan rejalashi saqlab
qoldi. Ayni vaqtda davlat tuzilmasini bir qismi uning tasarrufidan chiqarish, davlat
sektoridagi bir qator korxonalarning samaradorligini oshirish va davla byudjetiga
moliyaviy tushumlarni ko'paytirish maqsadida aktsionerlashtirish bo'yicha chora-
tadbirlar ko'rildi. Hind bozori bir qator erkin import uchun ochib qo'yiladi, ulkan
byurokratik eksporti va davlatni iqtisodiyotga aralashuvi qisqartirildi. Bularning bari
iqtisodiyotning yiliga 5,6 foiz, sanoatni 7,5 foiz, eksportni 13 foiz o'stirishni ko'zda
tutuvchi 1992-1997 yillarga mo'ljallangan sakkizinchi besh yillik rejasini iqtisodiy
restogratsiyasini belgilab berdi. Reja umumiy bajarildi, iqtisodiyot sur'atlari o'sa
bordi, biroq ular ijtimoiy muammolarni xal etish uchun yetarli bo'lmadi, ishsizlik
112
saqlanib qolmoqda, binobarin qashshoqlikni qisqartirish uchun barqaror asos
yaratilgan edi. Eng muhim muammolar ham yechilmay qolishi 1996 yil maydagi
navbatdagi parlament saylovlari HKM partiyasini mag'lubiyatga uchrashiga olib
keldi.
Biroq jamiyat islohotlarini qo'llab-quvvatlashdan bosh tortdi. Garchi 1996-1998
yillarda uch marotaba hukumat almashgan bo'lsa-da ularning katta o'zgartirishlarni
davom ettirdilar. To'g'ri, birlashgan frontning dastlabki ikki hokimiyati islohotlarini,
iqtisodiyotini birmuncha katta liberalolashtirishdan voz kechmadilar.
HMK(I) hukumati qiyinchiliklarni bartaraf qilolmadi. Ayni vaqtda amaldorlar o'z
hukumat vazifalarini suiste'mol qilib, korruptsiya bilan shug'ullanayotganligi
to'g'risida dalillar ochildi. Bu hukumron partiya apparatiga dog' boo'lib tushdi.
Bularning barchasi keng omma orasida orasida norozilik to'g'dirdi va jamiyat turli
qatlamlari tanqidiga uchradi. 1989 yilda, saylovlar arafasida, muxolifatdagi katta
Dostları ilə paylaş: |