116
kosmetika, elektronika, choy, kimyo preparatlari, paxta va paxta maxsulotlari, metall,
qurilish mollari, ipak, jun, charm maxsulotlari va boshqalar tashkil qiladi. Tovar
ayirboshlashda avia xizmatlar aloxida o'rin tutadi. 1992 yili Dexli shaxrida
«O'zbekistan xavo yo'llari" Milliy aviakompaniyasining vakolatxonasi ochildi.
Xozirda mazkur aviakompaniyaning xavo laynerlari xaftasiga 4 marta Xindistonga
parvoz qilmoqda. Bugunga kelib, O'zbekistan Respublikasida 5 ta xind kompaniyasi
va tashkilotining vakolatxonasi, Xindiston Respublikasi investorlari ishtirokida
tashkil etilgan 45 ta korxona faoliyat olib borayapti. SHundan 26 tasi qo'shma
korxona, 19 tasi esa 100% xind sarmoyasi jalb etilgan korxonalardir. 2005 yil 12
yanvarda O'zbekistan Respublikasiga Hindiston ishbilarmon doiralari vakillari tashrif
buyurdilar va mamlakatlarimiz o'rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion, ilmiy texnikaviy
hamkorlik masalalariga doir xukumatlararo komissiyaning beshinchi yig'ilishi bo'lib
o'tdi.
Dostları ilə paylaş: