120
AQSH ning to'g'ridan-to'g'ri qarshilik ko'rsatishiga qaramay 1956
yilning oktyabrida
ikki o'rtada tinchlikni tiklanganligi elon qilgan va uzoro munosabatlarni
normanlashtirish uchun asos yaratgan SSSR va Yaponiyaning qo'shma deklaratsiyasi
imzolandi. Muzokaralar chog'idagi bergang vadasiga ko'ra SSSR Yaponiyani BMTga
kirish xaqidagi iltimosini qo'llab-quvvatladi. 1956 yilning dekabrida Yaponiya
BMTga azo bo'ldi.
Qo'shma deklaratsiyaga Yaponiyani sobiq SSSRga bo'lib xududiy davolariga daxldor
modda kiritilgan bo'lib bunga ko'ra SSSR tinchlik shartnomasi imzolangandan so'ng
janubiy Kurildagi ikki orolni berishga rozilik bildirgan edi.
Yaponiyaning tashqi siyosati bu yillarda garchi ilgaridek AQSHning tashqi siyosati
izdan borsada sezilarli darajada faollashdi. Yaponiyaning o'zida
amerikaga qarshi
kayfiyatlar keng ko'lam kasb eta bordi. 1952 yilda mamlakatda anchagina unumdor
yerlarni egallagan va tinch axolisini turmushiga qiyinchiliklar tug'dirayotgan 675 ta
AQSHning xarbiy obektlari joylashgan edi.
Yaponiyani Osiyodagi AQSHning xarbiy-siyosiy yo'liga ittifoqchi sifatida
qo'shilganligi va Yaponiya xududlarini harbiy maqsadlarda foydalanishga
amerikaliklarga g'oyat katta xuquqlarni berilishini
xisobga olib SSSR Janubiy
Kurildagi ikki orolni Yaponiyaga berish extimoli haqidagi o'z vadasini bekor qildi.
AQSH Yaponiya bilan harbiy-siyosiy ittifoqni yaratar ekan uning tig'ini sobiq Sovet
Ittifoqiga qaratdi. 1951 yilgi shartnomani ratifikatsiya qilar ekan SSSRga Kuril
orollari va Jnubiy Soxyalinni berishi haqida gapirilgan YAlta shartnomasi qoidalarini
AQSH senati shubha ostida qoldirishga intildi. SHu vaqtdan boshlab Xoboman
SHikotan va boshqa ikkita Kuril orollari Sovet ittifoqi bilan Yaponiya o'rtasidagi
ziddiyatlar manbai va ular munosabatlarini normallashuvi yo'lida to'siq bo'lib keldi.
Natijada sobiq SSSR o'zining tinch okean flotini va yerdagi xarbiy qismlarini
kuchaytirdi. Ular strategik yadro qurollari bilan
taminlangan edi va oqibatda
Yaponiya ustida yangi yadroviy zarba xavfi joyda bo'ldi.
121
Biroq 50-yillardagi Yapon-amerika shartnomalarini tuzilishi Yapon iqtisodiyotini
rivojlanishiga qudratli turtki berganligi ham etirof etish kerak zero Yaponiya Amerika
bozoriga kirib borish xuquqini qo'lga kiritgan edi. Qisqa vaqt ichida Yapon sanoati
o'ta talabchan raqobat muhiti kuchli bo'lgan AQSH bozorining etirofiga sazovor
bo'ldi. Xozirgi vaqtda xech qaysi mamlakat amerika bozorida Yaponiya bilan raqobat
qila olmaydi.
1953-1954 yillardagi inqirozi xodisalardan so'ng Yaponyada “
Dzimu gullab
yashnashi” nomini olgan iqtisodiy ko'tarilish boshlandi. U 1957 yilga qadar davom
etib urugidan itingi mamlakat iqtisodiyoti strukturasini shakillantirishiga sezilarli tasir
ko'rsatdi. Bu yillardagi Yapon iqtisodiyotining ko'tarilishini asosiy omillaridan biri
asosiy kapitalni ommaviy ravishda yangilash bo'lib keldi. Tez rivojlanishning boshqa
muhim sababi AQSH va G'arbiy Yevropa mamlakatlaridagiga nisbatan anchagina
past ish haqqi to'lanadigan yuqori malakali ishchi kuchining mavjudligi bo'ldi. Ishlab
chiqarishning o'sishiga shuningdek yer isloxati natijalari
va shaxar axolida
romadlarining o'sishi yuzaga keltirgan ichki bozorni kengayishi xam ko'maklashdi.
CHet el ilmiy - texnika yutuqlaridan baxramand bo'lishi Yapon iqtisodiy o'sishining
xarakterli jixati bo'lib keldi. Yaponiya nafaqat xorijdan eng yangi texnikani
keltiribgina qolmay balki texnologiyalarga patent va litsenziyalarni ko'plab sotib olish
yo'liga o'tdiki bu bilan ilmiy-texnik tadqiqotlar uchun sarflanadigan vaqtni va
mablag'larni iqtisod qildi.
1960 yillardan boshlab Yaponiyaning iqtisodiy qudrati sezilarli darajada o'sdi 1970
yilga kelib qattalistik dunyoda ikkinchi (AQSHdan so'ng) o'ringa chiqib oldi. Bu
davrda bir yarim partiyaviylik tizimi uzil - kesil shakillandiki unda doimiy tarzda
xokimiyat tepasida turib kelgan liberyal demokratik
partiya doimiy tarzda
muxolifatchilikda bo'lgan konservatorlardan xokimyatni olib qo'yishgan bir necha
o'ng yilliklar davomida real imkoniyatga ega bo'lmagan Yaponiya setsiyametik
Dostları ilə paylaş: