131
avtomobil, xalq iste'moli mollari, radioelektron mahsulotlar ishlab chiqarish bilan
shug'ullanadi. To'ytepa va Toshkentning «Ko'kcha» dahasida kurilgan to'qiimachilik
korxonalari mahsulotlari chetga eksport qilinayotir. Farg'ona va Namangan
shaharlarida ham shunday korxonalar barpo etiladi. SHuningdek, Koreya
Respublikasining 19 ta kompaniyasi O'zbekistonda o'z vakolatxonasini ochgan. 1994
yildan buyon iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiq, masalalari bo'yicha O'zbekiston-
Koreya va Koreya-O'zbekiston qo'shma qo'mitasi ishlab kelayotir. O'zbekistan Tashqi
iqtisodiy faoliyat Milliy banki Koreya Respublikasining 10 ta banki bilan vakillik
munosabatlari o'rnatgan. Koreya Xalqaro xamkorlik agentligi (KOICA) bir necha
yillar davomida respublika vazirliklari va idoralari bilan yaqindan ish olib bormokda.
SHu tashkilot orqali o'zbek yigit-qizlari muntazam ravishda Koreya Respublikasida
malaka oshirayotir. Toshkent Iqtisodiyot universitetida va Moliya instituti huzuridagi
litseyda kompyuter sinflari tashkil etilgan. O'zbekistondagi
boshqa litsey va
kollejlarni o'quv asbob-uskunalari bilan jihozlash loyihasi amalga oshirilayotir.
Koreya Respublikasi Maorif vazirligining 1992 yil maydan beri ishlayotgan
Toshkentdagi koreys ta'lim markazida oliy o'quv yurtlari muallimlari va talabalari
uchun tanlov asosida malaka oshirish yo'lga qo'yilgan. 1993 yil martida Toshkent
SHarqshunoslik institutida koreyashunoslik fakulteti ochilgan. O'zbekistan Jahon
tillari universitetida «Koreys tili markazi», Samarqand Davlat
chet tillari institutida
«Koreys tili va madaniyati markazi» ishlaydi. Koreya Respublikasining
O'zbekistondagi elchixonasi bu markazlarni eng yangi adabiyot, video hamda audio
kassetalar bilan jihozladi.
Ikki mamlakat o'rtasida madaniy aloqalar tobora kengayib borayotir. O'zbek
madaniyat va san'at arboblarining Koreya Respublikasida o'z mahoratlarini namoyish
etishi, O'zbekistonda koreys madaniyati haftaliklarini o'tkazish odat tusiga kirib qoldi.
1998 va 1999 yillardagi ana shunday haftalik doirasida Toshkentda koreys kitoblari
va fotosuratlari ko'rgazmasi uyushtirildi. Sport turlari va koreys an'anaviy o'yinlari
132
namoyish etildi. Kinofilmlar ko'rsatildi, nihoyat Alisher
Navoiy nomidagi teatrda
mashhur koreys ashula va raqs ansambllari katta kontsert berishdi
2005 yil 10 may kuni ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Koreya Respublikasi
Prezidenti No My Xyon O'zbekistan Respublikasiga keldi. YUksak martabali
mehmon No My Xyon va mamlakatimiz rahbari I.A.Karimov ikki mamlakat
o'rtasidagi barcha sohalarda amalga oshirilayotgan do'stona aloqalarni mustahkam
rivojlantirish, ikki mamlakat ishbilarmonlari va tadbirkorlari
uchun yanada keng
imkoniyatlar yaratish, ilm-fan, ta'lim, sog'liqni saqlash kabi ijtimoiy masalalarda
hamkorlik qilish yuzasidan suhbatlashdilar. Mehmon mamlakatimizning osori-
atiqalari bilan tanishar ekan, dunyoga mashhur Samarqand
shahri va uning tarixiy
obidalarini ko'rib, hayratini yashira olmadi hamda mamlakatimizning yuksak
ma'naviyat, madaniyat, tarixga ega ekaniga yana bir bor amin bo'lganini, bunday
xalqning kelajagi ham buyuk bo'lishiga ishonchi komil ekanini qayta-qayta ta'kidladi.
O'zbekistan Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oqsaroy qarorgohida Koreya
Respublikasi ishbilarmon doiralarining vakillarini qabul qiildi. Erishilgan yutukdarda
to'xtab qolmasdan, hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish
har ikki davlat
uchun xam foydali ekanligini ta'kidladi va Koreya ishbilarmonlari hamkorligimizni
yanada mustahkamlashga chaqirdi.
Dostları ilə paylaş: