O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-Farmoni va Prezident Shavkat Mirziyoyevning o‘zbek tiliga davlat maqomi berilganining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi “Milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusidagi ma’ruzasi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-martdagi “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti universitetida 2023-yil 20-may kuni “O‘zbek folklori va shevalari tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya, yangicha yondashuv”mavzuida Xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.
Konferensiya oflayn va onlayn formatda ishlaydi.
Mazkur xalqaro konferensiyada quyidagi shoʻbalar faoliyat koʻrsatadi:
o‘zbek folklorshunosligining dolzarb masalalari;
o‘zbek folklorining o‘rganilish tarixi;
o‘tmish va zamonaviy folklor asarlari tadqiqi;
folklor hamda mumtoz va hozirgi o‘zbek adabiyoti;
qardosh xalqlar folklori va adabiy aloqalar;
o‘zbek adabiy tili va shevalari munosabati;
til nazariyasi va dialektologik tadqiqot metodlari;
o‘zbek shevalarini areal o‘rganish, tarixiy dialktologiya;
o‘zbek tili korpusi va dialektologiya, dialektologiya va lingvo-kulturologiya.
dialektal leksikografiya, toponimiya va terminologiya.
folklorshunoslik va dialektologiya fanlari ta’limi.
Konferensiya materiallarini tayyorlash uchun talablar: Maqola hajmi 7 betdan, tezis hajmi 3 betdan kam bo‘lmasligi lozim va elektron variantda taqdim etiladi.
Maqola matnlari va tezislar o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, turk, rus, ingliz tillarida qabul qilinadi (barcha turkiy tillarda). Microsoft Word muharriridan foydalangan holda Times New Roman shrifti, 14 kegl, 1,5 interval oralig‘ida, pastdan va tepadan 2,0 sm, chapdan 3,0 sm, o‘ngdan 1,5 sm qoldirilgan holda yoziladi. Barcha havolalar katta qavs ichida ko‘rsatiladi: namuna [Rahmatov 2001:15].
Ma’ruza mavzusi ona tili va ingliz tillarida, dastlab ona tilida, keyingi qatorda ingliz tilida qalin harflarda yoziladi. Undan keyingi qatordan o‘ng tomonda kursivda 12 shrift, oralig’i bir intervalda muallifning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va lavozimi, keyingi qatorda ish joyi, shahri va elektron pochtasi, telefonlari ko‘rsatiladi.
Talabga javob bermaydigan tezislar anjuman dasturiga va to‘plamga kiritilmasligini hamda mualliflarga qaytarilmasligini ma’lum qilamiz.
Anjuman materiallari 2023-yil 10-maygacha qabul qilinadi. Anjuman materiallari elektron shaklda e’lon qilinadi.
Manzil: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti. 100100. Toshkent, Yusuf xos Hojib koʻchasi, 103-uy.